O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.04.2019

OZBEKISTONDA QOZOGISTON YILI OChILDI

u qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozogiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev 2017 yilda oliy darajadagi muloqotlar songgida 2018 yilda Qozogistonda Ozbekiston yili va 2019 yilda Ozbekistonda Qozogiston yilini otkazishga kelishib olgan edi.

Bu xalqlarimiz ortasidagi hamkorlik tarixida noyob voqea sifatida qardoshlik munosabatlarini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

«Ozbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida 15 aprel kuni Ozbekistonda Qozogiston yilining rasmiy ochilish marosimi boldi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qosim-Jomart Toqayev nutq sozladilar. Davlat rahbarlari Qozogistonda Ozbekiston yili doirasida faollashgan madaniy-gumanitar aloqalar xalqlarimizni yanada yaqinlashtirganini ta’kidladilar. Mazkur yirik tadbir xalqlarimiz ortasidagi hamkorlikni mustahkamlab, azaliy dostlikni uluglashdek mushtarak maqsadlarga erishishda muhim orin tutishini qayd etdilar.

Ozbekistonda Qozogiston yilining ochilishi strategik sheriklik munosabatlari tobora mustahkamlanib, ishonch va ozaro qollab-quvvatlash kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Ushbu muhim voqea xalqlarimiz ortasidagi abadiy va samimiy dostlik, madaniy va manaviy yaqinlik ramzidir, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qozogiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Ozbekistonda Qozogiston yili doirasida otkaziladigan tadbirlar qardosh xalqlarimiz madaniy aloqalarini yanada mustahkamlashini qayd etdi.

Ozbekiston Respublikasida Qozogiston yili ochiq, deb elon qilindi.

Malumki, Qozogistonda 2018 yilda keng nishonlangan Ozbekiston yili doirasida iqtisod, turizm va madaniy-gumanitar sohalarda koplab tadbirlar, marifiy uchrashuvlar, turli festival va ijodiy kechalar otkazildi. Ikki mamlakat sanat namoyandalarining ozaro tashriflari amalga oshirildi. Ozbek Milliy akademik drama teatri, Navoiy viloyati ijodiy jamoalarining gastrol safarlari qoshni Qozogiston viloyatlarida katta qiziqish bilan qarshi olindi.

Bugungi kunda mamlakatlarimiz oliy talim tizimida hamkorlikka oid 50 dan ziyod bitim va kelishuvlar amal qiladi. Mamlakatimizdagi 400 ga yaqin maktabda qozoq tili oqitiladi, oliy talim muassasalarida qozoq tili, matematika, fizika va boshqa fanlar boyicha pedagog kadrlar tayyorlanadi. Chimkent shahrida 2018 yilning may oyida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dostlik aloqalari qomitasi va Qozogiston xalq assambleyasi ortasida hamkorlik togrisida memorandum imzolandi. Bu ikki mamlakat hududida ozbek va qozoq tillarini organishdagi hamkorlikni amaliy mazmun bilan boyitish imkonini berdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 13 martda "Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qononboyev ijodiy merosini keng organish va targib qilish togrisida"gi qarori qabul qilindi. Shuning barobarida Qozogistonda soz mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi katta tantana qilindi. Bu adabiyoti va madaniyati bir daryodan suv ichgan, azaldan qavmu qarindosh bolgan xalqlarimiz hayotidagi muhim voqeadir. Mamlakatimizda Qozogiston adabiyoti va madaniyati markazining ochilishi esa ushbu sohadagi hamkorlik bardavomligining yana bir tasdigi boldi.

Dostona munosabatlarni mustahkamlashda Ozbekiston — Qozogiston parlamentlararo dostlik guruhlari ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, 2018 yil noyabr oyida ikki mamlakat parlamentlari quyi palatalari ortasida hamkorlik memorandumi imzolanishi qonun ijodkorligi munosabatlarida yangi davrni boshlab berdi. Bu, oz navbatida, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning huquqiy asoslarini mustahkamlashda muhim omil bolayotir.

Mamlakatimizda Qozogiston yiliga katta tayyorgarlik korildi. Uning doirasidagi tadbirlar sanat, fan, talim va tadbirkorlik sohalari vakillariga ozaro manfaatli aloqalarni yolga qoyish, bilim va tajriba almashish uchun yangi ufqlar ochadi. Madaniyatlarimiz bir-birini boyitishiga, xalqlarimiz yanada yaqin bolishiga xizmat qiladi.

Bu yil Ozbekistonda Qozogiston yilining keng nishonlanishi hududlar ortasidagi madaniyat, ijtimoiy-gumanitar hamkorlikni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqadi, dedi Qozogiston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Aristanbek Muhamediuli. Koplab madaniy tadbirlar, ikki mamlakat sanat ustalari va teatr jamoalarining gastrol safarlari tashkil etiladi.

Butun dunyoda mamlakatlarimizning boy tarixi bilan tanishish, betakror urf-odat va ananalarini organish, memoriy yodgorliklari misolida asriy tamaddun yutuqlaridan bahramand bolish istagida bolgan sayyohlar soni yil sayin ortib bormoqda. Shu bois ham bugun turizm sohasidagi hamkorlik biz intilayotgan muhim yonalishlardan biri bolib qolmoqda.

Ozbekistonda Qozogiston yili doirasida otkaziladigan qoshma tadbirlar va loyihalar ayni shu kabi hamkorlik uchun ham mustahkam asos bolib xizmat qiladi.

Ochilish marosimi katta konsert dasturi bilan davom etdi.

Shu bilan Qozogiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning Ozbekiston Respublikasiga tashrifi yakunlandi.

Z.JONIBEKOV,

U.ShONAZAROV,

OzA muxbirlari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: