O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
16.04.2019

AVLODIMGA SOZ QOLSIN...

Qozoq adabiy tili va yozma adabiyotining asoschisi, buyuk shoir, mashhur oqin va jamoat arbobi Abay (Ibrohim Qo‘nonboyev) 1845 yilning 10 avgustida Qozogistonning Yettisuv viloyati Chingiztog (hozirgi Abay) tumanida boy chorvador xonadonida dunyoga keldi. U 10 yoshida Ahmad Rizo madrasasiga kirib, u yerda uch yil ta’lim oladi. Keyinchalik «Prixodnaya shkola»da oqib, rus tili va adabiyotini organadi va rus tili orqali rus hamda garb adabiyoti vakillarining ijodi bilan yaqindan tanishadi.

Otasining xohishi bilan Ibrohim 15 yoshida el biylatish mansabiga otirib, el-ulusni boshqaradi. El-ulus tashvishi bilan yashayotgan yosh Ibrohim otasidan yashirib, sherlar yozib yuradi. U 1886 yilda sherlarini Kokboy yozgan sher nomi bilan, biroz vaqt otib Abay taxallusi ostida elon qila boshlaydi. Keyinchalik esa u Masud (1887), Iskandar (1901) nomli chuqur didaktik va marifiy mazmundagi dostonlarini, Qobusnoma, Guliston, Mahbub ul-qulub kabi axloqiy, falsafiy xarakterdagi Nasihatlar asarini yaratadi. Xalq kuylarini sevgan Abayning ozi ham olanlariga xalqona uslubda bir qator kuylar bastaladiki, shoirdan qolgan 27 ta kuy qozoq musiqa merosining oltin xazinasidan mustahkam orin olgan. U kuyga solgan olanlar oqinlar tomonidan sevib ijro etilayapti.

Hayot va ijod mashaqqatini birday kotarishga intilgan oqinning 1895 yili Peterburgdagi harbiy maktabda oqib yurgan istedodli ogli Abdurahmon bevaqt vafot etadi. Qattiq qayguga botgan ota jigarbandini yangi yilga mengzab, ozini esa eski yilga qiyoslab, ramziy manoda ogriqli bayt yozgan:

Yangi yilning boshi edi,

Men eskining songi edim.

1904 yilda shoirning yana bir sevimli ogli Magaviya ham olamdan otadi. Oilada roy bergan bu fojiali yoqotishlar sabab, u toshakka mixlanib qoladi va tabiblar nazoratidan, olam va odamlardan voz kechib, Yuragim mening qirq yamoq, Xiyonatkor olamdan deya oh chekkan Abay 1904 yilning 23 iyulida vafot etadi. Ammo ulug oqindan ozi bir sherida umid va ishonch bilan Avlodimga soz qolsin deb yozganidek, soz, olanu nasihatlari, tarjimalari yodgor bolib qoldi, uning ushbu bebaho merosini dunyo xalqlari oqib-organmoqda.

Abay Alisher Navoiy Majolis un-nafoisda malik ul-kalom deb sharaflagan Abulqosim Firdavsiy ijodi bilan madrasa tahsili davrida yaqindan tanishadi, bu holat keyingi ijodiga orinli tasir qiladi. Ozining etirof etishicha, u Shohnomani oqib-organgan. Xususan, bu muazzam asardagi Aql vasfi nomli dastlabki bob tasiri Abayning sher, doston, nasihatlarida yaqqol seziladi, hatto, bir sherida oqinlarga qarata Oqinlarga yalinaman aqlga kir degan murojaati ham berilganini koramiz. Fikrimiz isboti uchun komilligu xislatlar boshi bolmish aqlning poetik talqini berilgan ayrim baytlariga murojaat qilsak:

Sezgisi chuqur hamda aqli borga,

Bari aniq korinar oylaganda.

***

Aqlli qora qilni qirqqa bolar,

Har narsaga oziday baho berar.

***

Uch narsa odamzodning xosiyati,

Zor gayrat, yorqin aql, iliq yurak.

Abay barcha ulug ijodkorlar qatori xalq ogzaki ijodidan boy manaviy oziq olgan. Uning ijodida bunday adabiy tasir Sharq xalqlari maqollari va afsonalaridan unumli foydalanishida aniq korinadi. Xususan, maqol adibning sheriy va nasriy asarlarida keng qollangan bolib, har ikki turda ham u irsoli masal sanatining gozal namunalarini ijod qilgan. Ming kun sinmas, bir kun sinar koza, Ota bilan olishgan — odam emas, Bir toysang chala boylik Bir Xudodan boshqaning bari ozgarar, Kok Tangri davlati, Ozingda yoq bolsa, otang ham dushman, Egan ogiz uyalar, Erning moli elda, xohlaganda qolda, Ishning omadi oz vaqti, Dosti yoq bilan sirlash, dosti kop bilan siylash, Yaxshiga yaqin bol, yomondan yiroq kabi. U Nasihatlar asarining Uchinchi sozida folklorshunos, elshunos sifatida Ishi bilan emas, kishisi bilan ulug degan mashhur maqolni saylov jarayoni misolida sharhlasa, Ottiz yetinchi sozda esa Abayning maqolga yaqin ruhni beruvchi 20 ta ogiti joy olgan. Shu orinda mutafakkir adibning nasihatga yogrilgan, xalq sherlari ohangida yozilgan bazi maqolbob baytlariga quloq tutaylik:

Hunari bor hech kimga qaram bolmas,

Erinchak hech qachon ham odam bolmas.

Yoki:

Qasam urgan quvlardan nari yurgin,

Tinib oqmas suvlardan nari yurgin.

Abay ijodida qollangan afsonalarni quyidagicha talqin qilishimiz mumkin: Birinchidan, afsonalarning malum bir ildizlari asosida u Masud va Iskandar dostonlarini yaratgan bolsa, ikkinchidan esa, u goyo afsonalarni sherlarining mazmun va mundarijasiga sochib yuborgandek tuyuladi.

Jumladan, Abay tortta faslga bagishlab turkum sherlar yozar ekan, sherlari ichida sahro bahorini tarannum etgan Koklam (1890) nomli sheri alohida ahamiyatga ega. Oqin ushbu sherida Chingiztog etaklariga kirib kelgan koklam faslini bor boyi bilan tasvirlar, betakror chizgilar yaratar ekan, sher mazmuniga mashhur Quyosh va Yer afsonasining mazmunini ham mahorat bilan singdirib yuborganini koramiz. Chunonchi: goyo Quyosh Yerga oshiq bolib, uni kop sevar emish, u Yer atrofida ortanib, kuyar emish, Oshiq Quyosh oltin chodiriga kirib, tun boyi Yer visoliga koz tutar emish. Saharda quchoq ochib, sevgani Yerni muhabbat olovida ortar emish. Bu birinchi lavha. Ikkinchi lavhada esa Quyoshga oshiq Yer ham qish boyi Quyoshni mushtoqlik bilan izlar emish, uni kutaverib sochlari oqarar emish, goyo qishda yerni qor bosar emish.

Abay ijodidagi yorqin ramziy obrazlardan biri Olan obrazidir. U Olan alifbesining asoschisi sifatida Olan alifbesidan boshlay senga deya, Olanning quyidagicha talqinlarini ijod qiladi: Qozoqqa shirin-shirin olan aytdim, Olanda hech kim menga teng kelmadi, Men olanni yozaman tushunganga, Avlodimga bir saboq bermoq uchun, Men olanda afsona kuylamadim, Olan bor olanlarning olanidir singari.

Malumki, Abay oz hayoti va ijod yoli bilan soz iqlimida alohida hurmatga ega soz sanatkori bolib, u olan, doston, hikmat janrida samarali qalam tebratdi. Xalq hayotini chuqur bilgan xalqparvar shoir olga surgan tushunchada birlik kabi umuminsoniy goyalari bilan olamga va avlodlarga samimiy sozlarini ayta oldi.

Burobiya RAJABOVA,

OzFA Ozbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: