O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
16.04.2019

EKSPORT HAJMI ORTMOQDA

Buxoroda faoliyat yuritayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi «Gala River» O‘zbekiston – Qozogiston qoshma korxonasi yildan-yilga rivojlanmoqda.

Qishloq xojaligi mahsulotlari, jumladan, uzumni qayta ishlaydigan mazkur korxona sexlaridagi zamonaviy asbob-uskunalar ish unumdorligini yanada oshirishga xizmat qilayotir. Shu jihatdan korxona uchun 2018 yil oziga xos yangilanish davri boldi.

— Mamlakatimizda tadbirkorlikni qollab-quvvatlash doirasida kichik biznes uchun qulay investitsiyaviy muhit yaratilgani ishlab chiqarishni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda muhim omil bolmoqda, deydi Gala River qoshma korxonasi rahbari Hayit Sherov. Asaka bankning Buxoro filiali orqali Osiyo taraqqiyot banki liniyasi boyicha olingan 1,1 million AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablagi hisobidan 2018 yil fevral oyida Italiyaning uzum shinnisi ishlab chiqarish texnologiyasi ornatildi. Oradan olti oy otgach, uzumni birlamchi qayta ishlash liniyasi ham texnologik yangilandi. Buning samarasida korxonaning qayta ishlash quvvati 7 ming tonnadan 12 ming tonnaga oshdi. Mehnat unumdorligi osdi. Ishchi-mutaxassislarga yanada qulay mehnat sharoiti yaratildi.

Eng muhimi, mahsulot sifati keskin yaxshilandi. Energiya tejamkor texnologiyalar xarajatni kamaytirishi evaziga uning tannarxi barqarorlashdi. Bular, tabiiyki, ishlab chiqarilayotgan uzum shinnisining jahon bozorida raqobatbardoshligini taminlayotir. Natijada korxonaning eksport salohiyati ortmoqda. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot toliq eksport qilinmoqda.

Otgan yili korxona qozogistonlik buyurtmachi sheriklarga 1 million 984 ming AQSh dollardan ziyod uzum shinnisi eksport qildi. Bu oldingi yildagidan 867 ming 774 AQSh dollariga kopdir. Boshqacha aytganda, korxonada eksport hajmi bir yilda 70 foiz oshgan.

Gala-Riverning 50 kishidan iborat jamoasi yanada yuqori natijalarga intilmoqda. Bunda ishchi-mutaxassislarning oz ishini puxta ozlashtirgani va pirovard mehnat natijasidan manfaatdorligi oshib borayotgani muhim ahamiyatga ega.

Mazkur korxonada sherik ishonchi hamisha qadrli, degan shiorga amal qilinadi. Shuning uchun qayta ishlovchilar qozogistonlik hamkorlar ishonchini qozonib kelmoqda. Jamoa joriy yilda kamida 2,3 million AQSh dollari miqdorida uzum shinnisi eksport qilishni rejalashtirgan.

Erkin YoDGOROV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: