O'zb  
 
16.04.2019

Kvon Yon U: FAOL MADANIY ALOQALAR VA AMALIY IQTISODIY MUNOSABATLAR MANFAATLI HAMKORLIK RUHIDA RIVOJLANMOQDA

O‘zbekiston va Janubiy Koreyani tarixiy aloqalar, mustahkam dostlik, strategik sheriklik va ozaro manfaatli hamkorlik aloqalari boglab turadi. Ushbu mamlakat Ozbekistonning asosiy xorijiy hamkorlaridan biri sifatida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayoni va eksportni oshirishga yonaltirilgan keng kolamli dasturlarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil noyabr oyida Janubiy Koreyaga oliy darajadagi tarixiy tashrifi yakunida erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimizning ozaro manfaatli hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga kotarish va aniq amaliy mazmun bilan boyitish imkonini berdi.

Shu kunlarda Koreya Respublika Prezidenti Mun Chje Inning Ozbekistonga tashrifi kutilmoqda. Ushbu tashrif arafasida Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U OzA muxbiriga intervyu berdi.

— Elchi janoblari, Ozbekiston bilan Janubiy Koreya ortasidagi tarixiy, madaniy hamkorlik, uning istiqbollari haqida suhbatlashsak.

Zamonaviy davlatchiligimiz tarixida Koreya Respublikasi bilan Ozbekiston Respublikasi ortasida 1992 yil 29 yanvarda diplomatik munosabatlar ornatilgan. Otgan 27 yil mobaynida hurmat va ishonchga asoslangan ozaro manfaatli hamkorlik aloqalari rivojlandi va mustahkamlandi.

Dostlik rishtalari tarixiga nazar soladigan bolsak, ikki tomonlama munosabatlar bundan 1 ming 400 yil muqaddam ornatilganiga guvoh bolamiz. Afrosiyob devorida aks etgan suratlarda VII asr ortalarida Samarqand hukmdorining qadimgi Koreya Choson elchisini qabul qilish marosimi mamlakatlarimiz ortasida azaldan bordi-keldilar bolgani, hamkorlik va savdo aloqalari rivojlanganidan dalolat.

Yaqin tarixdan ma’lum, davr taqozosi bilan 75 ming nafardan ziyod koreys millatiga mansub inson Ozbekistonga kochirilgandi. Osha kezlarda mehmondost Ozbekiston xalqi koreys diasporasini oz oga-inisidek qabul qilgan. Shu tariqa odamiylik va mehr-oqibat asosida mustahkamlangan rishtalar sabab koreys hamyurtlarimiz ham Ozbekistonni vatan tutib, uning taraqqiyotiga munosib hissa qoshishga intildilar. Bugungi kunda diplomatik munosabatlarda kuzatilayotgan faollikka ushbu diaspora vakillarining ham munosib hissasi bor.

Xalqlarimizning madaniyati oxshash, ota-ona va yoshi ulug insonlarga hurmat, ilm olishga bolgan etibor, urf-odat va ananalardagi yaqinlik, mehnatsevarlik har ikki xalq tabiatida insoniylikning oliy mezoni sifatida baholanadi. Hozirgi kunda qariyb 70 ming nafar ozbekistonlik talim olish, mehnat faoliyatini olib borish asnosida Koreya Respublikasida istiqomat qilmoqda. Ozbekistonda esa koreys tili va madaniyatini organishga bolgan qiziqish yuqori. Bu kabi omillar sabab, mamlakatlarimiz ortasidagi faol madaniy aloqalar va amaliy iqtisodiy munosabatlar manfaatli hamkorlik ruhida rivojlanib boraveradi.

Mamlakatlarimiz munosabatlarining bugungi holatidan kelib chiqib hamkorlikning qaysi yonalishlarini ustuvor deb hisoblaysiz?

Diplomatik munosabatlar ornatilgandan shu kunga qadar tashkil etilgan oliy darajadagi uchrashuvlar, ular natijasida imzolangan manfaatli loyihalar tufayli ikki tomonlama munosabatlarning mustahkam asosi yaratildi. Bugungi kunda mamlakatlarimiz investitsiyalar, sanoat, savdo, sogliqni saqlash va talim, davlat boshqaruvi kabi sohalar, shuningdek, uzoq muddatli taraqqiyotni taminlashning ustuvor yonalishlari boyicha faol hamkorlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda Koreya Respublikasi Yevroosiyo mintaqasida tinchlik va farovonlikni taminlashga ozining munosib hissasini qoshish maqsadida Shimoliy iqtisodiy hamkorlik siyosatini ilgari surmoqda. Bunda Ozbekiston Respublikasi uning muhim sherigi sifatida qayd etiladi. Chunki, mamlakatimiz Koreya yarimorolida yadro qurolidan xoli hudud va hamkorlik muhitini yaratayotgan bir sharoitda, Ozbekiston Respublikasi ham Markaziy Osiyo mintaqasida qoshni davlatlar bilan dostona munosabatlarni yolga qoyish orqali ozining tinchlikparvar siyosatini namoyish etmoqda. Afgon muammosini hal etish boyicha xalqaro tashabbuslarni ilgari surmoqda. Shu bois mamlakatlarimiz Yevroosiyo mintaqasida tinchlik va farovonlikni ornatishda ideal hamkorlar bola olishiga ishonchim komil.

Ozbekiston Respublikasi bilan yaqin ozaro munosabatlarga asoslangan barcha muhim tarmoqlardagi aloqalar jadal rivojlanib, ikki tomonlama hamkorlik xalqaro maydonda ham ishonchli sheriklik ruhida amalga oshiriladi, degan umiddaman.

Ozbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohani modernizatsiya qilish, ushbu sohada mamlakatlarimiz hamkorligini yanada kengaytirish borasidagi imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan vaqtdan boshlab mamlakatning yangilangan tashqi va ichki siyosatidagi muhim yonalishlar qayta belgilab olindi. Davlatning raqobatbardoshligini taminlaydigan mustahkam asos barpo etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Ozbekistonda 2019 yil Faol ivestitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, deb elon qildi. Bu, oz navbatida, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ortasidagi manfaatli, shu bilan birga, mutanosib davriylikni yaratish imkonini berdi. Ushbu say-harakatlar mamlakatni orta va uzoq muddatli rivojlantirish uchun zarur bolgan oqilona qadamdir.

Qayd etish joiz, Ozbekistondagi islohotlar siyosati xorijiy investitsiyalar, xususan, koreys sarmoyadorlarini mamlakatingizga jalb qilishga ijobiy tasir korsatmoqda. Aksariyat koreys tadbirkorlari amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, davlat boshqaruvidagi, valyuta siyosati va viza tartibidagi ozgarishlar natijasida yurtingizda ishbilarmonlik muhiti yaxshilanayotganini alohida etirof etmoqda. Mazkur chora-tadbirlar Koreya Respublikasi kompaniyalarining Ozbekistonga yanada koproq kirib kelishiga turtki berishiga ishonaman.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil noyabr oyida Koreya Respublikasiga davlat tashrifi chogida umumiy qiymati 10 milliard AQSh dollaridan ortiq 60 dan ziyod hujjat imzolangandi. Ushbu kelishuvlarning bugungi kundagi ijrosi haqida toxtalib otsangiz.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Koreya Respublikasiga davlat tashrifi tarixiy va muvaffaqiyatli boldi. Mazkur tashrif ikki mamlakat ortasidagi strategik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi. Ushbu tashrif yakunlari boyicha ikki davlat rahbarlari ishtirokida 9 ta hujjat imzolandi. Bu ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishdagi meyoriy-huquqiy asosni yanada mustahkamladi.

Buning samarasida mamlakatlarimiz ortasida iqtisodiyot sohadagi hamkorlik munosabatlari yanada rivojlanmoqda. Hamkorlik, ayniqsa, avtomobilsozlik, energetika, shaharsozlik sohalarida yanada faollashdi. 2018 yilda mamlakatlarimiz ortasida ozaro tovar aylanmasi hajmi 2 milliard AQSh dollaridan ortdi. Bunda Ozbekiston hududida faoliyat yuritayotgan 600 ta koreys kompaniyasining ham munosib orni bor. Raqamlarda aytganda, Ozbekistonga 2018 yilda investitsiya kiritgan xorijiy kompaniyalar orasida koreyalik ishbilarmonlar 4-orinni qayd etdi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning Ozbekistonga tashrifi kutilmoqda. Ushbu tashrifdan qanday natijalar kutilyapti.

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning Ozbekistonga kutilayotgan davlat tashrifi mamlakatlarimiz ortasidagi strategik hamkorlikni, energetika, transport, AKT, sogliqni saqlash, talim kabi muhim sohalardagi sheriklikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Milliy siyosat falsafasi borasida hamfikr bolgan ikki davlat rahbarlari ortasidagi ishonch va dostlik rishtalari ozaro manfaatli bolgan sohalardagi munosabatlarni har tomonlama taraqqiy ettirish uchun asos boladi.

Ushbu tashrif xalqlarimiz ortasida qaror topgan hurmat va ozaro ishonchni madaniy almashinuvlar orqali mustahkamlash uchun ham muhim poydevor yaratish imkonini beradi.

OzA muxbiri

Ulugbek ShONAZAROV

yozib oldi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: