O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Dekabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
25 26 27 28 29 30 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
16.04.2019

Odamlar salomatligida iqtisodiyotning orni

qay darajada muhimligini rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham ko‘rish mumkin

Hayot darajasining inson salomatligiga, dunyoqarashiga, kayfiyatiga ta’siri haqida juda kop gapirish mumkin. Keling, ushbu omilni sogliqni saqlash tizimi bilan bogliq jarayonlar misolida korib chiqaylik. Bu borada otgan yillar davomida amalga oshirilgan keng kolamli ishlar joriy yilda ham izchillik bilan davom ettirilmokda. Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yilida sogliqni saqlashga yonaltirilishi kozda tutilgan mablaglar 11 trillion somdan iborat bolib, bu otgan yilga nisbatan taxminan 20 foizga kopdir. Shunga qaramasdan, joylardagi holat siyosiy partiyalar faollari va deputatlardan iborat ishchi guruhlar tomonidan monitoring qilinganda sohada yechilmagan muammolar borligi aniqlanmoqda. Shu orinda aholi salomatligi darajasini belgilaydigan, ogir kasalliklarning paydo bolishi va yoshlar ortasida tarqalishiga sabab bolayotgan bazi bir omillarga iqtisodiy tahlil nuqtai nazaridan yondashib koraylik. Nega deganda barcha mamlakatlardagi ijtimoiy holat iqtisodiy taraqqiyot darajasiga bogliq.

YuNISEF xalqaro tashkilotining xulosalariga kora, Ozbekiston aholisining tortdan bir qismi ozining kundalik ehtiyojlarini past darajadagi daromad hisobiga qondirar ekan. Xosh, bu mablaglar mavjud narxlar doirasida inson organizmini yetarli darajada oqsillar, uglevodlar, vitaminlar bilan taminlashga xizmat qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari, dorivorlar va gigiyenik tovarlar sotib olishga yetadimi?

Yuqoridagi raqamlar magzini chaqib korsangiz mamlakatimizda qon aylanish tizimi kasalliklaridan vafot etganlarning korsatgichi nima uchun yuqori ekanligini tushunib olasiz. Bir yoshgacha bolgan bolalarning olimiga asosiy sabab perinatal davrida sodir bolgan holatlardan, birinchi navbatda ayollarning kamqonligidan kelib chiqishini ham tushunish qiyin emas. 12 yil avval respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlariga bagishlangan yigilishda respublika aholisining eng kop va eng kam daromadlarga ega qatlamlarining farqi 9 baravarga yetganligi togrisida malumot berilgan va ayrim choralar belgilangan, bir necha yillar davomida muayyan darajada ijobiy natijalarga erishilgan ham edi. Ammo jahon moliyaviy inqirozining yangi silkinishi tasirida 2014 yildan boshlab mamlakatimizga mehnat muhojirlari tomonidan jonatiladigan pul otkazmalari keskin kamaydi, bu esa daromadlardagi tabaqalanishni qaytadan kuchaytirib yubordi. Bugungi kun nuqtai nazaridan daromadlar ortasidagi farqni bartaraf etishga qaratilgan etibor talab darajasidami yoki yoqmi degan savol kopchilikni qiziqtirishi shubhasiz. Albatta, davlat tomonidan ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan aniq choralar belgilangan, faqat ular yetarli darajada ishlashi lozim.

Galla yetishtirish borasida yetakchi mamlakatlar olimlari bugdoyning ortacha hosildorligi 30-35 sentnerdan oshsa, uning tarkibi buzilishi va sifati pasayishini takidlashadi. Bizlar esa hattoki eng past tabiiy unumdorlikka ega bolgan yerlardan kimyoviy vositalar yordamida ikki baravar koproq hosil olishga harakat qilamiz. ...Yonida yosh bolasi bor hasharchi ayol fermerdan ish haqi evaziga kartoshka bera qoling, deb iltimos qildi. Uning javobi bunday boldi: «Singlim, sizning yordamingiz tufayli hosilni oz vaqtida yigib oldim, men sizdan minnatdorman, lekin pul evaziga kartoshka olishingizni ravo kormayman. Hosil yaxshi bolishi uchun men bor pulimga kimyoviy vositalar sotib olib yerga soldim va men uning tarkibida kraxmaldan kora zaharli moddalar koproqligini bilaman. Qarindoshlarim yoki qoshnilarim kasallikka uchramasligi uchun men bu kartoshkalarni iloji boricha uzoqroq joylarga jonatishim kerak...»

Dehqonchilik qilinadigan maydonlarda kimyoviy vositalardan foydalanish meyorlari ilmiy jihatdan nechoglik asoslangan va kopchilik holatlarda agronomsiz faoliyat korsatayotgan fermer xojaliklarida agrotexnik qoidalarga rioya qilish talablari qay tarzda va kim tomonidan nazorat qilinadi? Modernizatsiyaga muhtoj kimyo zavodlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mineral ogitlar qay darajada standartlar talabiga mos keladi? Bunday holatlar nafas olish va ovqat hazm qilish organlari kasallanishi, allergik kasalliklarning tarqalishiga asosiy sabab bolib xizmat qilmayaptimi?

Tan olish kerak, bozorlarimizdga sanitariya-gigiyena nazorati kuchaytirilganligiga qaramasdan inson salomatligiga xavf tugdiradigan chorvachilik mahsulotlarining kirib kelish ehtimoli katta. Chorvachilik komplekslari hududiga maxsus kiyimsiz kirish mumkin emasligini kopchilik juda yaxshi biladi va ularda yetishtiriladigan mahsulotlarning sifatliligi shubha ostida bolishi mumkin emas. Faqat 10 million boshdan ziyod qoramol 3 millionga yaqin oilada boqilayotganini inobatga olsak, ulardagi sharoit sanitariya-gigiyena talablariga tola mos kelishiga hech kim kafolat bera olmaydi. Xususiy sektorda veterinariya xizmati mutaxassislar yetishmasligi tufayli talab darajasida yolga qoyilgan, deb bolmaydi. Dehqonchilik mahsulotlarini intensiv kimyoviy yol bilan kopaytirish faoliyatidan voz kechish va dunyoda yuz berayotgan tendensiyalar talablariga mos sharoitlar yaratish, yuqori ulushga ega bolgan va yakka tartibda amalga oshirilayotgan chorvachilik sohasini intensiv texnologiyalarga asoslanib yangicha tashkil etish — jamiyatimiz oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biridir. Aks holda davlat byudjetidan sogliqni saqlashga yunaltirilayotgan mablaglar miqdoridan qati nazar, sohada sezilarli ozgarishlar yuz berishi amri mahol bolib qolaveradi. Turizm sohasini rivojlantirishda ham ushbu muammolarni hal etish muhim ahamiyatga ega, nega deganda yaponiyalik sayyohlar qolidagi nazorat asbobi bilan meva va sabzavotlarni tekshirayotganiga kopchiligimiz guvohi bolganmiz.

Lekin aholi salomatligini ifodalaydigan vazifa bu bilan cheklanmaydi, jamiyatimiz oldida oz yechimini kutayotgan boshqa muammolar ham bor bolib, ulardan biri aholini toza ichimlik suvi bilan taminlashdir.

Respublikamizning ayrim aholi zich joylashgan tumanlarida ushbu korsatgich 30-35 foizdan oshmaydi. Xalqimizni otmishda ushbu birlamchi ehtiyojini tolaqonli qondirish uchun chorak asrga teng muddat yetmagan bolsa-da, hozirgi investitsion imkoniyatlardan kelib chiqib, ushbu dolzarb masala kopi bilan tort-besh yil ichida hal etilishi mumkin. Iqtisodiy til bilan aytganda, suv taminotini yaxshilashga qancha kop mablag sarflansa, sogliqni saqlash sohasiga yonaltirilayotgan mablaglar undan ham kop miqdorda tejalishi muqarrar. Albatta, ushbu jarayon kompleks yondashuvni talab etadi. Buning uchun tejamkor zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan bir qatorda qishloq xojalik mahsulotlarini joylashtirish tizimini marketing tadqiqotlari yordamida tubdan ozgartirish va toza ichimlik suvini dehqonchilik faoliyatida iloji boricha kamroq sarflashga togri keladi.

Shu orinda uzoq yillar davomida kattaroq maydonlarda bog va tokzorlar yaratishni inkor etib ulkan yoqotishlarga yol qoyganimizga etibor qaratmoqchiman. Nega endi hozir ham yuqori talabga va narx nuqtai nazaridan yuqori rentabellikka ega bolgan mahsulotlar yetishtirishni kengaytirishga jadallik bilan kirishmasdan ikkilanib qolyapmiz? Nahotki shu paytgacha aynan hol va quruq mevalar, hol va qayta ishlangan uzumning Ozbekiston uchun raqobatbardoshligi boshqa qishloq xojalik mahsulotlaridan kora yuqoriroq darajada ekanligini tushunib yetmagan bolsak? Etiborga molik tomoni shundaki, aholimiz va davlat byudjeti yuqori daromadlarga erishishidan tashqari bunday yondashuv natijasida aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash masalasiga tezroq yechim topiladi, bolalarimiz esa arzon va vitaminlarga boy bolgan mahsulotlardan yetarli darajada bahramand boladi.

Ozbekistonda yaqin 10 yil ichida dunyoning 50 raqobatbardosh mamlakati qatoridan joy olish maqsadida amaliy ishlar boshlandi. Sir emaski iqtisodiy faoliyatda inson omili juda muhim rol oynaydi. Shu orinda mamlakatimiz real sektorining har bir sohasi jismonan baquvvat va aqlan yetuk malakali kadrlar bilan taminlanishi hozirgi zamonning eng muhim talabidir. Hech shubha yoqki, inson organizmi ratsional tarzda kerakli moddalar bilan toyintirilmasa, bu fiziologik jarayonlarga, jumladan, aqliy va jismoniy faoliyatga salbiy tasir korsatadi. Inflyatsiyani jilovlash yoli bilan aholini arzon va sifatli kundalik ehtiyoj mollari bilan ratsional tarzda taminlashga erishsak, yoshlarimiz mamlakatimizga tobora jadallik bilan kirib kelayotgan zamonaviy texnologiyalarni tezroq ozlashtirib, chet ellarda ogir jismoniy faoliyat orniga tadbirkorlik, ijodkorlik va boshqaruv faoliyati bilan shugullanadigan boladi.

Prezidentimiz aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladigan baliqchilik sohasini bejizga jadallik bilan rivojlantirishga kuchli etibor bermayotir. Boshlangan keng kolamli ishlar mantiqiy yakunini topsa, baliqning narxi chorva goshti narxidan 4-5 baravar farq qiladigan va aholining barcha qatlamlari baliq sotib olishga qurbi yetadigan boladi. Nima sababdan intensiv texnologiyalar yordamida nafaqat baliq, balki boshqa oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni kopaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijobiy natijalari yaqqol sezilmayapti, degan savol tugilishi tabiiy. Gap shundaki, mamlakat miqyosida savdo faoliyatini tartibga soladigan va muvofiqlashtiradigan boshqaruv organini tashkil etish masalasiga etibor qaratish payti keldi. Shu yol bilan ham chetdan import qilinadigan va mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladigan istemol tovarlarini aholiga tizimli tarzda yetkazib berishga, ham mahsulotlar sifatining nazorati va narx-navoni tartibga solishni tubdan yaxshilashga erishish mumkin.

Takidlash joizki, mehnat va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish ishchi-xodimlar, ayniqsa, yoshlar va ayollar salomatligiga kuchli tasir etadigan omillardan biri. Oxirgi yillarda xususiy tadbirkorlikni amalga oshirish borasida davlat tomonidan katta erkinliklar berildi. Shu bilan birga, ish rejimiga, texnika va mehnat xavfsizligi qoidalariga rioya qilish jamiyat nazoratidan chetda qolib ketmoqda. Haftada 40 soat orniga 50-55 soat, kechasi bilan 8 soat emas 12 soat eskirgan, shovqin va chang chiqarish meyorlariga javob bermaydigan, ekologiyani buzadigan asbob-uskunalar bilan jihozlangan korxonalarda yosh qizlarimizning ishlashi ularning reproduktiv salomatligiga salbiy tasir korsatadi.

Sobiq Ittifoq davrida bu ishlar kasaba uyushmalarining zimmasiga yuklangan edi, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ular hozirgacha ushbu jarayonlar nazorati borasida masul bolib kelmoqda. Bizda bu kamchiliklarning nazoratida vujudga kelgan boshliqni qonunchilikni takomillashtirish yoli bilan tezda bartaraf etish maqsadga muvofiqdir.

Soglom turmush tarzini targib qilish inson salomatligini yaxshilash borasida qanchalik muhim ekanligini barchamiz yaxshi tushunamiz. Hammaga ayonki, nafaqat shaxsiy yengil avtomobillar, balki jamoat transportidan foydalanishdan kora velosipedda harakatlanish isbot talab etmaydigan afzalliklarga ega. Faqat ushbu harakatlanish vositasining narxi yuqori ekanligi sababli muayyan muammolar vujudga kelmoqda. Shunday ekan, velosipedlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini kengaytirish yordamida ushbu transport vositasidan foydalanish qamrovini kengaytirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Xulosa sifatida takidlash joizki, aholi salomatligini yaxshilash uchun faqat sogliqni saqlash tizimini takomillashtirishning ozi yetarli emas. Buning uchun iqtisodiy faoliyat samaradorligini yaxshilash hisobiga aholining tolov qobiliyatini oshirish, daromadlar tabaqalanishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, inflyatsiyani jilovlash yoli bilan aholining barcha qatlamlari uchun munosib hayot kechirishni taminlaydigan sharoitlar yaratish lozim. Mamlakatimizda xalq farovonligining real holatini aniqlash, birinchi navbatda, statistika faoliyatidagi shaffoflikka, tahliliy faoliyat togri yolga qoyilganligiga bogliq. Buning uchun respublika aholisi soniga aniqlik kiritish, uning asosida ijtimoiy sohadagi mavjud muammolar yechimi ketma-ketligini aniqlash, davlat byudjeti imkoniyatlarini ularga moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, davlat boshqaruvi samaradorligini belgilaydigan asosiy omil ilm-fanga tayangan holda ijtimoiy va iqtisodiy faoliyat ortasida mustahkam koprik qurishga etiborni kuchaytirish lozim.

Ilhom VAFOYeV,

iqtisodiy sharhlovchi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: