O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
16.04.2019

IJTIMOIY SOROVNING MAMLAKAT TARAQQIYoTIDAGI ROLI QANDAY?

Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha demokratik mamlakatlarda aholini o‘ylantirayotgan dolzarb masalalar boyicha muntazam ravishda ijtimoiy sorovlar otkazib boriladi. Bu orqali jamiyatdagi turli toifalarning voqea-hodisalarga munosabati aniqlanib, tegishli xulosalar chiqariladi, muhim chora-tadbirlar belgilab olinadi. Shu ma’noda, Prezidentimizning 2019 yil 22 fevraldagi «Sotsiologik tadqiqotlar otkazishni davlat tomonidan qollab-quvvatlash chora-tadbirlari togrisida»gi Farmoni Ozbekistonda sotsiologik fanlar rivojini, ijtimoiy tadqiqotlar darajasini yangi bosqichga kotarishga qaratilgani bilan yanada ahamiyatlidir.

Birinchidan, ushbu hujjat asosida Ijtimoiy fikr respublika jamoatchilik fikrini organish markazi tashkil etilib, uning zimmasiga fuqarolar dunyoqarashini shakllantirishning asosiy yonalishlarini, ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy, huquqiy ongi darajasini belgilash, ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning holati va dinamikasi togrisida, aholining ijtimoiy fikri haqida ishonchli axborotni tarqatish vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, bu hujjatda xorijiy tadqiqotchilik amaliyotida faol foydalaniladigan va zamonaviy axborot yondashuvlariga tayanadigan sotsiologik tadqiqotlar otkazishni tashkil etish texnikasi va texnologiyalarini ishlab chiqish, moslashtirish, tatbiq etish va ularning keng usullarini qollash, jamoatchilik fikrini organishning metodologik asoslarini tahlil qilish va takomillashtirish masalalariga alohida etibor qaratilganini ham takidlash lozim.

Ikkinchidan, farmonda Ijtimoiy fikr markazining moddiy-texnik bazasini, sohaning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, xodimlar mehnatini ragbatlantirish masalalarini hal etish boyicha aniq chora-tadbirlar belgilangan. Xususan, Markazning rahbar va ilmiy xodimlariga byudjet mablaglari hisobidan fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlar, ilmiy-texnik dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy va rahbar xodimlari mehnatiga haq tolash, ularni moddiy ragbatlantirish miqdori hamda shartlarini, Markazning boshqa xodimlariga esa Ozbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga idoraviy mansub muassasalar uchun belgilangan mehnatga haq tolash va moddiy ragbatlantirish shartlarini tatbiq etish belgilangan. Shuningdek, Markazni Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qollab-quvvatlash jamoat fondi mablaglari hisobidan taminlash tartibini joriy etish zarurligi qayd etilgan.

Markazga telefon va Internet tarmogi orqali ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va mamlakatimiz hayotining boshqa yonalishlariga doir dolzarb joriy masalalar yuzasidan aholi ortasida blits-sorov otkazish uchun call-markazini tashkil etishda amaliy va texnik yordam korsatish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini korib chiqish boyicha ishlarni monitoring va tahlil qilish maqsadida Markazning Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi,Qongiroqlarni qayta ishlash markazi va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalarining axborot tizimlari faoliyatiga doir statistik va boshqa axborotlardan foydalanishi belgilangani ham Markaz faoliyati uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Uchinchidan, Ijtimoiy fikr markazi tomonidan otkaziladigan sotsiologik sorov va tadqiqotlar natijalaridan amaliyotda foydalanish yollari va usullari belgilab berilgan. Jumladan, bu natijalarni Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida muntazam muhokama qilish va ular boyicha zarur chora-tadbirlar korishni amaliyotga joriy etishga etibor qaratilgan. Bundan buyon Markaz tomonidan otkazilgan sotsiologik sorov natijalari ommaviy axborot vositalari, markaziy davlat telekanallari, bosma nashrlar va Markazning veb-saytida doimiy ravishda yoritib boriladi. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasida Ijtimoiy fikr ruknida korsatuvlar berib boriladi. Bu esa nafaqat rahbar va masul xodimlar, balki har bir Ozbekiston fuqarosi xalqning ijtimoiy kayfiyatidagi ozgarishlardan vaqtida xabardor bolib borishini taminlaydi. Natijada odamlarning siyosiy ongi va tafakkuri, fuqarolik pozitsiyasi yanada ortib boradi.

Tortinchidan, farmonda Ozbekiston sotsiologiya fani rivojini yangi bosqichga kotarish, bu borada kadrlar tayyorlash sifati va darajasini oshirish boyicha aniq va samarali tadbirlar belgilangan.

Shuningdek, tegishli oliy talim muassasalarida yangi oquv yilidan boshlab sotsiologiya va sotsiologik tadqiqotlar kafedralarini ochish kozda tutilayotgani ham ushbu ilm-fan yonalishida yangi tarixiy qadam boladi.

2019-2020 oquv yilidan boshlab Ijtimoiy fikr markazining buyurtmanomalariga kora, mamlakatimizdagi oliy talim muassasalari talabalari, shu jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi talim yonalishi va Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi talabalarni 2019-2020 oquv yilidan boshlab Markazga muntazam yuborilishi nazarda tutilayotgani bolgusi sotsiolog kadrlar va olimlarda amaliy bilim va konikmalarni, hayotiy tajribani oshirishda goyat muhim ahamiyatga egadir.

Yurtimizda sotsiologiya sohasida yangi tuzilma – Ozbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi tashkil etilayotgani ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi muhim voqeadir. Chunki bu soha rivoji va ushbu yonalishda faoliyat olib borayotgan olim va mutaxassislar faoliyatiga hech qachon bunchalik katta etibor berilmagan. Farmonda ushbu tashkilotning faoliyat yonalishlari ham aniq belgilab berilgan. Ayniqsa, oliy talim muassasalarining oquv dasturlariga sotsiologiya fanidagi eng yangi yutuqlarni va sotsiologik tadqiqotlar otkazishning innovatsion yondashuvlarini joriy etish boyicha ular bilan hamkorlik qilish, xalqaro va xorijiy sotsiologlar assotsiatsiyalari bilan hamkorlik qilish, sifatli sotsiologik ishlarni, jumladan, xorijda otkazish maqsadida konsorsium tashkil etish, Xalqaro sotsiologlar assotsiatsiyasiga azo bolish, butun jahon sotsiologik kongresslar va forumlarda ishtirok etish kabi vazifalar belgilangani kelgusida Ozbekiston sotsiologiya fani ham jahon miqyosiga kotarilishiga qaratilgan goyat dadil va istiqbolli rejalardir.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasida oqitiladigan Mehnat sotsiologiyasi, Mehnat bozori iqtisodiyoti va Demografiya fanlarining oquv dasturlariga sotsiologiya fanidagi eng yangi yutuqlarni va sotsiologik tadqiqotlar otkazishning innovatsion yondashuvlarini joriy etish boyicha tashkil etiladigan Ozbekiston sotsiologlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlik qilish rejalashtirildi.

Malumki, sotsiologik fan yutuqlari boshqa ijtimoiy fanlar, jumladan, iqtisodiy bilimlar rivojida ham muhim rol oynaydi. Shu manoda, Prezidentimizning mazkur farmoni mamlakatimizda ijtimoiy fikr rivojini organish, sotsiologik yonalishdagi fanlar rivojini yangi bosqichga kotarish bilan birga doimo ana shu ilm-fan tarmoqlari bilan yaqin hamkorlik qilib keladigan iqtisodiyot fanlari yuksalishiga ham turtki beradi. Shuning uchun mazkur farmonda belgilab berilgan barcha muhim topshiriq va korsatmalarni amalga oshirishda faol ishtirok etish barchamiz uchun dolzarb vazifa, deb oylayman.

Gulnora ABDURAHMONOVA,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professori, iqtisod fanlari doktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: