O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.04.2019

ORGANISHLAR MUAMMOLARGA YECHIM BOLA OLAYAPTIMI?

Joriy yil 27-31 mart kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari 83-Parkent saylov okrugida saylovchilar bilan muloqotlar o‘tkazdi. Undan oldin hududdagi ijtimoiy soha ob’ektlari organib chiqildi. Jumladan, Novdak qishlogidagi yangi qurilayotgan qishloq oilaviy poliklinikasi tuman hokimligi tomonidan mebellar bilan jihozlanadigan boldi. Soqoq qishloq oilaviy poliklinikasi tamirtalabligidan aholi shikoyat qilgandi. Tuman hokimligi homiylar topgan, bugungi kunda tamirlash ishlari olib borilmoqda. Ikki maktabni 2020 yil dasturiga kiritish. Eski maktabgacha talim muassasasini maktabgacha talim vazirligi balansiga olish va faoliyatini tiklash masalalarida taklif tayorlandi. Umuman uchrashuvlarda 87 masala kotarilgan, shundan 64 tasi joyida ijobiy hal etilgan.

Yuqori Chirchiq tumanida xotin-qizlar qomitasi, yoshlar ittifoqi faollari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, qonunlar muhokama qilindi. Faollardan voyaga yetmaganlar masalalari boyicha tadbirkorlikka oid takliflar olindi. Dasturning ijrosi organildi.

— Hududlarga borib, aholi orasidagi muammolarni organyapmiz, ularga yechim topishga komaklashyapmiz. Biroq tizimli ravishda yondashilmas ekan, kamchiliklar bartaraf bolmaydi, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Shuhrat Tursunboyev. Masalan, aholini ijtimoiy himoya qilish va sogliqni saqlash tizimini takomillashtirish kechiktirib bolmas masaladir. Sogliqni saqlash sohasini, eng avvalo, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat korsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bogini, shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholining soglom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash talab etiladi. Oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam korsatish, chaqaloqlar hamda bolalar olimini kamaytirish boyicha kompleks chora-tadbirlarni kuchaytirish muhim sanaladi.

Bular haqida kop va uzoq gapirish mumkin. Ammo quruq gap bilan hech nima hal bolmaydi. Hududlardagi muammolar organilib, umumiy masalalarda ozaro kelishilgan holda yechim topish zarur.

Qoqon shahar Istiqlol kochasida joylashgan 1-orta talim maktabida 2200 nafar oquvchi bolib, 62 ta sinf mavjud, dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi Nomon Akbarov. Oquvchilar ikki smenada oqitiladi. Sinflarda meyordagidan ortiq oquvchi oqiydi, maktabning sport maydonchasi tamirga muhtoj. Bu kabi holatni boshqa maktablarda ham uchratish mumkin.

Masalan, 3-orta talim maktabi kapital tamirlangan, binoning ikkinchi qavatidagi 4 ta sinf qarovsiz ahvolda, yani akfa romlar ornatilmagan. Tamirlash ishlari Yozyovon tumanidagi «Mustaqil qurilish trans» MChJ tomonidan olib borilgan. Loyiha qiymati 225 million somni tashkil etadi. Maktab va shahar xalq talimi bolimi raxbariyatining murojaatlari hozirgi kungacha hech qanday natija bermagan.

Joriy yilning 28–31 yanvar kunlari Qoqon shahrining Muqimiy shaharchasida joylashgan Muruvvat uyida organishlar jarayonida aniqlandiki, u yerdagi suv inshooti bir necha yildan beri nosoz holatga kelib qolgan. Kanalizatsiya tizimida ham koplab muammolar borligi haqida Uy-joy kommunal xizmat korsatish vaziri M.Saliyevga 12 fevral kuni murojaat etilgandi. Vazirlikning 20 martdagi javob xatida barcha kamchiliklar bartaraf etilgani haqida malumot berilgan edi. Mart oyining oxirida Muruvvat uyiga borib, bajarilgan ishlar sifatini kormoqchi boldik. Biroq umuman hech qanday ish bajarilmagani, vazirlik soxta malumot berganiga guvoh boldik.

Xalq vakillari yuborgan sorovlarga ayrim mutasaddilarning beparvo munosabati hamon davom etmoqda. Aslida deputat kotarayotgan muammo tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari masulligidagi sohaga bevosita daxldor. Ularning yechimidan deputatdan kora avvalo masullar manfaatdor bolishi kerak emasmi?

Deputatlik vakolatini amalga oshirishga tosiq bolgan har qanday mansabdor shaxs qonun oldida javobgardir.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: