O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.04.2019

XALQ BORKI, DAVLAT BOR

Huquqni cheklaydigan, yo‘l ochish orniga tosiq qoyadigan hujjatlarni endi zamon ham, xalq ham qabul qilmaydi

Yaqin-yaqingacha «parlament qonun loyihasini qabul qilmasdan orqaga qaytaribdi», degan gaplarni deyarli eshitmasdik. Ayrim murosa qilib bolmaydigan masalalarda fikri, qat’iy nuqtai-nazarini bildirgan deputatlar xushlanmas yoki bolmasa, qollab-quvvatlanmasdi. Bunday muhitning salbiy tasiri butun mamlakatda sezilardi.

Fikr bildirishdan iymanish, biron voqeaga kopning oldida munosabat bildirishdan tortinish, davlat mulozimlariga qarshi fikr aytishdan chochish xalq va millat sifatida yuksalishimizga xalaqit qilayotgan illatlarning eng kattasi, desak, haqqimiz ketmasa kerak. Erta-indin taraqqiyotimiz, hayotimiz qanday darajada bolishi fikrlar erkinligi va xilma-xilligi masalasi bilan uzviy bogliq. Fikr yoq joyda osish ham bolmaydi. Bu murakkab mavzu, bitta maqola doirasida uning ayrim jihatlarini tahlil qilish mumkin, xolos.

Otgan yili aprel oyida parlamentda yer osti suvlaridan ruxsatsiz suv olganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish kozda tutilgan qonun loyihasi qollab-quvvatlanmagani haqida maqola bergan edik. Loyihaga kora, suv quduqlarini ruxsatsiz qazganlik uchun fuqarolarga jarima jazosi belgilanishi kerak edi. Parlament vakillari bu hujjatga qarshi chiqdi. Nimaga? Chunki bu hujjat hayotiy vaziyatni bilmasdan tayyorlangan edi.

Tasavvur qilaylik, bir qishloqda yoz va kuz oylarida oqava suv umuman uziladi. U yerda odamlarning bor umidi tomorqadagi yemishlik ekin va 4-5 tuyoq mol-holga boglanib qolgan. Nima qilish kerak? Suv yoq!, deb dod-voy solgan bilan muammo qisqa muddatda hal boladimi? Yoq, albatta. Bunday vaziyatda aholi bir-ikki mol-polini sotib, tezlik bilan quduq qazishga majbur boladi. Xudo berib, suv tezroq chiqsa chiqdi, bolmasa, quduq chuqurlashgan sari narxi ham oshib ketaveradi... Amal-taqal qilib odamlarning endi ogzi suvga yetganida qishloqda suv yoq paytlarda qorasini ham korsatmagan mulozim qovoqlari solingan ota jiddiy qiyofada darrov yetib keladi, mana bu qonunning mana bu moddasiga kora javobgarsiz, deb turib oladi, goyo odamlarning ustidan kulganday boladi...

Xullas, oshanda deputatlar aholini barqaror va doimiy suv bilan taminlamasdan javobgarlik belgilanishi noroziliklarga sabab bolishi mumkinligini togri tushuntirishga urinishgan, bu masalada qonun qabul qilishdan oldin targibot ishlarini kuchaytirish zarur, degan qatiy xulosa bergan edi.

Mana shunday holatlarda qonunlarning hayotdagi vaziyatga mos bolishi juda zarur ekani oydinlashadi. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qonunlarning bevosita ijodkori xalq bolishi kerakligi haqida aytgani bejiz emas, albatta. Bu orinda masalaning ahamiyati va yuqorida keltirilgani kabi nozik jihatlari hisobga olingan.

Qonunlarni korib chiqish va qabul qilish jarayonida parlament azolarining xalq manfaatlarini kozlab fikr yuritishi, munosabat bildirishi xalq fikrining qudrati oshishida katta ahamiyatga ega.

Malum hudud yoki jamiyat miqyosidagi muhim masalalar boyicha fikr bildirmoqchi, taklif bermoqchi bolgan kishilarga yol ochilishi ota muhim masala. Togridan-togri muloqotlar, sayyor qabullar, sayyor uchrashuvlar, ijtimoiy tarmoqlar fikr aytish, munosabat bildirishga qulay sharoit yarata boshladi. Jamiyatda faollik oshgani kimlargadir yoqmayotgan bolishi mumkin. Ammo xalqning xalq, millatning millat bolishi uchun fikrlay olish, gapira olish qobiliyati hamma narsadan koproq zarur. Bu haqda uzoq vazxonlik qilishga zarurat yoq, dunyo uluglari kerakli gaplarni aytib ketgan.

Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masuldirlar. Konstitutsiyamizdagi ana shu yuksak qoidaga muvofiq davlat idoralarining qaror qabul qilish, tartib-taomillarni belgilash jarayonida masuliyati oshyapti. Jamoatchilik fikri mulozimlarni shunga undab turibdi. Hukumat, mahalliy hokimliklar ishlab chiqqan hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qoyilishi katta samara bera boshladi.

Meyoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan hujjat loyihasi haqida tezkor fikrlar bildirilyapti. Davlat idoralari, olimlar, turli soha mutaxassislari va amaliyotchilar ortasida muloqot muhiti yuzaga kela boshlagani mamlakatda har tomonlama ijobiy muhitni yuzaga chiqarmoqda. Avvaliga jamoatchilik fikriga deyarli etibor qaratilmagan bolsa, endilikda bu jarayon ham ijobiy tomonga siljishni boshladi.

Garchi kop bolmasa-da, bunga aniq misollar bor. Otgan oyning boshida regulation.gov.uz saytiga Ozbekiston Respublikasidan eksport qilinadigan meva-sabzavot hamda tekstil mahsulotlarining kontrakt qiymatini monitoring qilish togrisida nizom loyihasi joylashtirildi. Oradan kop vaqt otmasdan, Korzinka.uz supermarketlari tarmogi rahbari Zafar Hoshimov va boshqa koplab yurtdoshlarimiz ushbu hujjat loyihasiga ijtimoiy tarmoqlarda munosabat bildirib chiqdi.

Zafar Hoshimov, jumladan, shunday degandi: ...Davlatimiz qatiy ravishda eksportga narxlarni belgilash goyasiga muntazam qaytayotgani kopchilik qatori meni ham hayratlantirmasdan qoymayapti, rosti... Otgan yili juda yaxshi gilos hosili boldi. Bogbonlar tokin-sochin mavsum ilinjida juda xursand edi. Biroq davlat gilosning 1 kg. ni 4 dollardan past narxda eksport qilishni taqiqlab qoydi. Ammo gilosga belgilangan narxning tashqi konyunkturasi mutlaqo boshqacha bolgan. Men ozim shaxsan Rossiyadagi supermarketda 1 kg. gilos uchun 190 rubl (3$) tolagandim. Shundan kelib chiqadiki, Moskvadagi chakana savdoda gilosning kilosi 3$ edi, mansabdorlarimiz esa uni 4$ dan past narxda eksport qilishni man qilishgan...

Osha hujjat loyihasiga kora, eksport narxlari shakllantirilishi ustidan nazorat ornatish, meva-sabzavotlar va toqimachilik mahsulotlari boyicha tavsiya etiladigan eksport narxlarini belgilash taklif qilindi. Bu bogbonlar, dehqonu fermerlar, tadbirkorlar hamda ekspertlarning keskin norozilik va etirozlarini keltirib chiqardi. Mart oyining oxirgi kunlaridan birida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri ishbilarmonlar va ekspertlar bilan muloqotdan song, hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasidan olish, yani uni qabul qilmaslik haqida xulosaga keldi.

Bu voqea davlat tashkilotlariga hamma narsani nazorat qilishga urinish bilan obro topib bolmasligi, tosiq qoyish emas, sharoit yaratish kerakligi, bilganimcha ish tutaman, degan oy bilan yurish katta xato ekani haqida oziga xos signal bolishi kerak. Otgan yili yurtimizning juda koplab qishlogu mahallalarida yetishtirilgan oltinga teng mol hosil notogri qarorlar oqibatida sotilmay uvol bolgani, bundan xalqimiz katta jabr korganidan saboq chiqarilmagani korinib turibdi. Vazirlik va davlat idoralarida ishlayotgan mutaxassislar haliyam hududlardagi real hayotni togri tasavvur qila olmayotgani, hujjatlar xalqni qiynashi emas, unga yordam berishi lozimligini anglab yetmayotgani sezilib qolyapti. Bolmasa, bitta masalada ketma-ket byurokratik hujjatlar tayyorlanayotganini qanday izohlash mumkin?..

Yaqinda Adliya vazirligi saytida shunday xabar chiqdi: Davlat boji stavkalarining 4-bandiga ozgartirishlar va qoshimcha kiritish togrisidagi Hukumat qarori loyihasi Ozbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga ... qoyilgan edi. Loyihada Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega bolmagan shaxslar tomonidan kochmas mulk sotib olinganda undiriladigan davlat boji bilan bogliq masalalar nazarda tutilgan edi. Davlat boji stavkalarini kompleks korib chiqish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib hamda propiska masalasida qonun hujjatlarini takomillashtirish masalasi qoshimcha organilayotganligi sababli loyiha jamoatchilik muhokamasidan olib tashlandi.

Nega birdaniga bunday boldi? Hujjat loyihasi tayyorlab jamoatchilik muhokamasiga qoyilganidan keyin nimaga qoqqisdan fikr ozgarib qoldi?..

Bu savollarga javobni faol huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram ijtimoiy tarmogidagi Xushnudbek.uz guruhida (76 mingga yaqin oquvchisi bor) yozgan ayrim fikrlardan topish mumkin. Gap shundaki, huquqshunos hujjat loyihasi elon qilingach tezkor va keskin munosabat bildirgan edi:

... loyihadagi keyingi taklif bevosita Ozbekiston fuqarolari uchun taalluqli. Aniqrogi Ozbekiston fuqarolariga yanada qiyinroq, yanada ogirroq shartlar haqida gap ketyapti. Loyihaga kora, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan kochmas mol-mulk ikki yoki undan ortiq shaxs tomonidan umumiy mulk huquqi asosida sotib olingan taqdirda, ularning har biri belgilangan stavkada davlat boji tolashi taklif qilinmoqda. Belgilangan stavka esa uy narxining 5 foizi...

...Tepadagilar mundoq qarashsa, xalqqa yengil bolib ketyapti. Nimaga 3-4 kishi pul qoshib, uy sotib olib, osongina propiska olishi kerak? degan savolni berishgan. Va bunga javob sifatida ushbu loyihani ishlab chiqishgan, menimcha. Lekin ularning birortasi Nimaga Ozbekiston fuqarosi oz yurtida propiskani sotib olishi kerak? degan savolni oylab kordimikin, qiziq?..

Vazirlik bir kishining fikri yoki munosabati bilan hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasidan olib tashlashi qiyin bolsa kerak, albatta. Ammo propiska sotilishi Konstitutsiyaga zid ekani haqida ozimizda ham, dunyoda ham fikrlar kop. Men shunday fikrlovchilar tomonidaman. Chunki Prezident Farmoni bilan 2018 yilgi davlat dasturida propiskasi yoq fuqarolar ham ikkilamchi bozordan uy sotib olishiga ruxsat berilishi belgilangan bolsada, bu talab haligacha bajarilmagan. Vazirlik bu masalaga munosabat bildirmagan...

Xalq fikri – qudratli kuch. Xalq borki, davlat bor, muhr va lavozimlarning manosi bor.

Taskin beradigan holat shundaki, ayrim davlat tashkilotlari jamoatchilik fikri bilan hisoblasha boshladi, tanqidiy fikr asosida ishlashni organayapti. Bu bizning jamiyat uchun muhim va xarakterli yangilik.

Xalqning fikrini eshitmagan, orzu-intilishlarini ilgamagan davlat mort boladi, oynalari qoraytirilgan ulovlarda yuradigan mulozimlar hayotdan uzoqlashadi, davlatning birdan-bir manbai xalq ekanini unutib qoyadi, oqibatda oyogi yerdan uziladi. Bu masalada uzoq va yaqin otmishdan misollar oz emas.

Fikr kop, qarashlar xilma-xil bolgan jamiyat tom manoda yuksalib, rivojlanadi. Xalq va millat fikridan ibrat va quvvat olib yashagan davlatgina qudratli boladi.

Tolqin TORAXONOV.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: