O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Sentabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
26 27 28 29 30 31 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 1 2 3 4 5 6
08.04.2019

BAXSHICHILIK MAKTABLARI

Baxshi so‘zi, ustod, ma’rifatchi degan manoni anglatishi haqida Hodi Zarifov yozgan edi. Alisher Navoiyning «Munshaot» asarida Bir sabohdin tush vaqtigacha va peshindin oqshomgacha ancha ish qilurlarkim, necha devon, necha navisanda baxshi va necha parvonachi qila olmagaylar, deb yozib qoldirilganki, bu yerda baxshi kotib, mirzo manolarida ham qollangan.

Folklorshunoslikda Bulungur, Qorgon, Shahrisabz, Xorazm dostonchilik maktablari haqida malumotlar bor. Akademik Tora Mirzayev Nurota, Sherobod, Qamay, Piskent, Janubiy Tojikiston kabi yana bir qancha dostonchilik maktablarini kashf etdi.

XIX asr oxiri XX asr boshlarida Samarqandda ikkita – Bulungur va Qorgon baxshichilik maktablari mavjud edi. Bu maktablarda asosan epik sanat rivojlangan bolib, ulardan davrining buyuk ijodkorlari Fozil Yoldosh va Ergash Jumanbulbul ogli yetishib chiqqanlar.

Bulungur maktabi vakillari asosan Alpomish kabi qahramonlik eposlarini kuylashgan bolsa, Qorgon maktabida asosiy etibor romantik dostonlarga qaratilgan. Tabiiyki, dostonlarning mazmun-mohiyati tasirida doston kuylash usullari ham turlicha bolgan. Jumladan, bulungurlik baxshilar asarni ota ananaviy va arxaik bir tarzda kuylashgan bolsa, qorgonlik ijodkorlar kuylash usullarida badiiy rang-baranglik va poetik jimjimadorlik yetakchi orin tutgan.

Keyingi maktab vakillari ijro etgan dostonlarda arab va fors-tojik adabiyotlaridagi obrazlar, ozbek xalq kitoblaridagi syujetlar ham uchraydiki, bu narsa avvalambor Qorgon baxshilarining maktab yoki madrasa talimidan yaxshigina xabardor bolganligidan, ijrolari yozma adabiyot tasiriga uchraganligidan dalolat beradi.

Baxshichilikning yana bir maktabi XIX asrda Shahrisabzda mavjud bolgan. Uning yorqin vakili Abdulla Nurali ogli (1874-1957) bolib, u yirik dostonchi Rajab shoirning shogirdidir. Bu maktabning oziga xos tomoni shundaki, bu yerdagi baxshilar dostonlarni shox, quvnoq, kotarinki ruhda aytishgan, kuylarni yuqori professional darajada ijro etishgan.

Ozbekiston va Tojikiston janubidagi baxshilarni birlashtirgan Sherobod dostonchilik maktabi vakillari ijro etgan Oltin qovoq, Malla savdogar, Ollonazar Olchinbek kabi dostonlar yuqorida keltirilgan dostonchilik maktablari vakillari tomonidan ijro etilmagan. Koplab shogirdlar yetishtirgan baxshi Shernazar Beknazar ogli bu maktabning mashhur vakili hisoblanadi.

Janubiy Tojikistonda yashovchi ozbek laqaylari orasida ham oziga xos baxshichilik maktabi mavjud. Folklorshunos olima M.Mirkamolova 1961-1966 yillarda Janubiy Tojikistonda otkazgan folklor ekspeditsiyasi davrida ozbek laqaylari orasida yashab ijod qilgan 114 ta soqi (baxshi) haqida malumot berib otganki, bu holat mahalliy ozbeklar orasida dostonchilik ananasi naqadar keng tarqalganligidan darak beradi.

Ozbeklar orasida baxshi bir qancha nomlar bilan ataladi. Orta Osiyoning janubiy hududlarida yuzboshi, sozanda, Tojikistonning ozbek laqaylari orasida soqi, Fargona vodiysida sanovchi, shuningdek jirov, jirchi, oqin kabi nomlar bilan yuritiladi. Bunday xalq ijodkorlari boshqa turkiy xalqlar orasida ham mavjud bolib, qozoqlarda oqin va jirov, qirgizlarda manaschi, mogullarda tolchi, oguzlarda uzan deyiladi. Tojik folklorshunosligida xalq eposi ijrochilari goyanda, hofiz va shoir deyiladi, biroq Gorogli turkumidagi dostonlar ijrochisini dostonga qiyosan goroglisaro, deb ham atashadi.

Yirik ozbek baxshilarining nomiga shoir sozini qoshib ishlatish hollari mavjud. Shoir arabcha soz bolib, asosan poetik asarlar ijodkorlari, lirik asarlar mualliflariga nisbatan qollanadi. Baxshilarning bunday atalishi nisbatan keyingi davrlar mahsuli bolib, yozma adabiyotning xalq ogzaki ijodiga korsatgan tasiri natijasi hisoblanadi.

Baxshi xalq dostonlarini yuqori, professional darajada asosan dombira, shuningdek, qobiz jorligida ijro etuvchi, ularni avloddan-avlodga otkazuvchi xalq sanatkoridir. Biroq, el orasida baxshi deganda, gohida kelajakni koruvchilar ham tushuniladi. Ular sozlari va gayritabiiy harakatlari bilan kasalni goyo darddan xalos qiladi. Bunday faoliyat usuli shomonlik ham deyiladi.

Shomoniylik qadimgi turkiylarning diniy etiqod shakllaridan hisoblangan. Uning asosida yovuz va ezgu ruhlarning inson hayotiga tasir etishiga ishonch yotadi. Qorqut ota kitobidagi Qorqut ota ham urug oqsoqoli bolish bilan birga qoshiqchi va ayni vaqtda elining kelajagidan xabar beradigan shomon sifatida namoyon boladi. Bu narsa otmishda baxshilar xalq dostonlarini kuylash bilan birga ruhiy tasir korsatuvchi va kasalni tuzatuvchi vazifalarini ham bajargan, degan tushunchani hosil qiladi. Darhaqiqat, qirgiz manaschilarining ogir bemorlarga, tolgogi tutgan xotinlarga dardini yengillashtirish uchun ham doston kuylaganligi malum. Shuningdek, turkmanlar baxshi deganda xalq hofizini tushunsalar, qozoqlar kinnachi-shomonni baqsu, deb atashgan. Ozbek baxshichilik sanatining oziga xos, boshqa joylardagi ijrosiga oxshamagan, alohida yonalishga ega bolgan Xorazm dostonchiligi va xalfachilik sanati ham bor.

Alpomish obrazi nafaqat ozbek xalq ogzaki ijodida, balki boshqa turkiy xalqlarda, shuningdek, ozbeklarga qoshni bolgan tojik va mahalliy arablar folklorida ham turli korinishlarda mavjud. Bu obraz variantlari turkiy xalqlar qahramonlik eposlarida evolyutsion rivojlanishni boshidan kechirgan. Jumladan, qozoqlarda Alpomis, tatar va boshqirdlarda Alpamsha, uygur va oltoyliklarda Alip Manash, qirgizlarda Manas, oguzlarda Alp Bamsi, vengerlarda Alpmush kabi obrazlardagi talqinlari mavjud.

Ozbek Alpomish dostonining hozirgi holatidagi variantlarining paydo bolganiga ming yil bolsa-da, biroq uning dastlabki arxaik syujeti ancha qadimiydir, degan tushunchalar ham yoq emas. Greklarning Odisseya dostonining songgi tahriri eramizdan avvalgi 600-yilda, deb qayd etilgan. Akademik V.Jirmunskiyning fikricha, greklarning Odisseya dostonida Odisseyning qaytish syujeti Orta Osiyo Alpomishi syujeti bilan bogliq. Odissey bilan Alpomishning, ayniqsa qongirot versiyasi shunchalik yaqinki, ularni tasodifiy oxshash deyish qiyin. Eng qadimgi yozuv hisoblangan shumer yozuvida bitilgan Gilgamish dostoni Alpomish dostonining qadimgi varianti deb faraz qilinmoqda.

Alpomish dostoni versiyalari nafaqat Orta Osiyoda, balki Oltoy, Sibir, Sharqiy Turkiston, Kavkazorti va Kichik Osiyo turkiy tilli xalqlar orasida mavjudligini qayd qilib otdik. Syujetning bunchalik keng hududga yoyilishida albatta oziga xos omillar bolgan. Buning asosi sifatida uzoq otmishda turkiy xalqlarning ushbu keng hududlarda yashaganligini, shuningdek yashash manzilini ozgartirib, ulkan muzofot uzra kochib yurganligini keltirib otish mumkin. Bunday faoliyat turkiy xalqlar orasida nafaqat iqtisodiy, balki madaniy munosabatlarni ham paydo qilgan, bular zamirida ogzaki ijod asarlari ham qoshni elatlarga ogizdan-ogizga otib, turli darajalarda shakllana boshlagan. Syujetning eng arxaik versiyalaridan biri Alip-Manash Oltoy ertagida mavjud bolib, bu syujet ozbek Alpomishi kabi evolyutsiyani boshidan kechirmagan va rivojlanmay ertak darajasida qolib ketgan. Shu yerda yana bir masalaga munosabat bildirib otish joiz: ozbek, qoraqalpoq, qozoq versiyalariga oltoy, tatar, boshqird variantlari bevosita asos bolgan deyish togri emas. Biroq doston versiyalariga asos bolgan bobo syujetni aniqlash va osha asosida doston versiyalarining evolyutsiyasini kuzatish zarurati bu boshqa masala.

Qadimda Sirdaryo quyi oqimi hududlarida yashagan oguz qabilalari osha yerdagi elatlar kabi Alpomishning bobo syujetini yaxshi bilishgan, chogi. Qipchoq qabilalarining garbga qilgan yurishi va oguz qabilalarining Kavkazorti, Kichik Osiyo, Yevropaga qadar siljishlari natijasida Alpomish ( Alip Bamsi) haqidagi bobo syujet ham osha joylarga borib qolgan va keyinchalik Qorqut ota kitobi tarkibidagi Alpomish dostoniga eng yaqin asar bolgan Bamsi Bayrak dostonini vujudga keltirgan. Kichik Osiyoda bu obraz Anadoli xalq ertaklaridan ham orin olgan. Shunisi qiziqki, Alpomish obrazi bilan bogliq doston hozirgi vengrlarda ham mavjud. Doston qahramoni Otilla asarda ikkinchi nom Almush (Alpmush), deb atalgan.

Alpomish dostoni qadim tarix qaridan asrlar mobaynida ogizdan-ogizga, ajdoddan-avlodga otib elni ezgulik sari yetaklab, ozligini anglatib, manaviy va jismoniy kamol toptirib kelmoqda. Bu doston ozining barcha jihatlari bilan jahonning Odisseya, Iliada, Manas, Mahobhorat, Shohnoma, Nibelunglar haqidagi qoshiq, Qorqut ota kitobi eposlari kabi buyukdir.

Erkin MUSURMONOV,

Samarqand davlat universiteti dotsenti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: