O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
08.04.2019

DUNYO TAMADDUNIDA BAXSHICHILIK SANATINING ORNI

Termiz shahrida o‘tkazilayotgan Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida «Jahon sivilizatsiyasida baxshichilik sanatining orni» mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bolib otdi.

Unda mahalliy va xorijlik olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Ozbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.Sayfullayev va boshqalar mamlakatimizda xalq ogzaki ijodini asrab-avaylash va rivojlantirishga davlat darajasida qaratilayotgan etibor noyob sanatimizni uluglab, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilayotganini takidladi.

Prezidentimizning 2018 yil 1 noyabrdagi Xalqaro baxshichilik sanati festivalini otkazish togrisidagi qarori bu boradagi ezgu ishlarni yangi bosqichda davom ettirishda muhim dasturilamal bolmoqda.

Anjumanda Fransiya, Bolgariya, Rossiya, Janubiy Koreya, Moldova, Turkiya, Eron kabi davlatlardan kelgan folklorshunos olimlar, ilmiy tadqiqotchilar ishtirokida baxshichilik va dostonchilik sanatini rivojlantirish, xalq ogzaki ijodi durdonalarining Sharq va Garb madaniyati, sanatidagi orni va ahamiyatini yanada oshirish, ozbek va boshqa xalqlar dostonlarini ilmiy organish, ozaro ijodiy hamkorlikni keng yolga qoyish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Xalqaro konferensiyada Baxshilarning estetik qarashlari, Markaziy Osiyoda nomoddiy madaniy meros boyicha xalqaro hamkorlik: mintaqada ICHCAP bilan mushtarak ishlar misolida, Jangarchi – Jangar qalmiq qahramonlik dostoni aytuvchisi, saqlovchisi va ommalashtiruvchisi, Turkiy eposda doston aytish sanatining badiiy va vaqtga oid konteksti, Mogul va ozbek tillaridagi eposlarning terminologik tomonlari, Nomoddiy madaniy meros muhofazasi boyicha konvensiya royxatlari epik merosi: Ozbekiston epik meros elementlari, Qirgiz elining aytishuv sanati, Podshoh va Lala yoki Daxril va Zyufrem gagauz doston eposi tiklanishi, Tojiklarning epik ijodi: hozirgi holati, saqlash va rivojlanish muammolari kabi mavzularda maruzalar tinglandi.

Ozbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Tora Mirzayev, Janubiy koreyalik Seong Yong Pak, rossiyalik Vasiliy Illarionov, qozogistonlik Shakir Ibrayev va boshqalar nomoddiy madaniy merosning hayotimizda tutgan orni, xalqlarning milliy qadriyatlarini rivojlantirish va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati xususida atroflicha fikr yuritdi. Ajdodlardan meros qolgan xalq ogzaki ijodini organish va orgatish yuzasidan Ozbekistonda amalga oshirilayotgan beqiyos ishlarga yuqori baho berildi.

Konferensiya ishi Baxshichilik ananasi tarixi, nazariyasi va ijrochilik mahorati, Epos xalq manaviy merosining durdonasi sifatida, Baxshichilik sanatining hozirgi holati va uni saqlash muammolari, Epik meros etnomusiqashunoslik kontekstida kabi mavzulardagi shuba yigilishlarida davom ettirildi.

Markaziy Osiyoda qadimdan rivojlangan xalq ogzaki ijodi mintaqa xalqlarining hayotiy qarashlarini mujassam etgan. Baxshi-dostonchilik uning eng muhim tarmoqlaridan bolib, ajdodlarimizning qahramonlik, vatanparvarlik, mehr-oqibat kabi goyalarini tarannum etadi. Ozbekiston hududida shakllangan baxshichilik maktablari ananalari ming yillar davomida xalqimizni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan.

Bahs-munozaralarga boy bolgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilarda katta taassurot uygotdi.

Men Ozbekistonning nomoddiy madaniy meros durdonalari bilan yaqin tanishman. Jannatmakon bu yurtda kop marta bolganman. Baxshi, oqin va jirovlarning dostonlarni maromiga yetkazib kuylaganini bu yurtda juda kop marta tinglab, ozgacha zavq-shavq olganman, deydi Fransiya Respublikasi Ilmiy izlanishlar milliy markazi direktori, professor Jan Dyuring. Boysun tumanida mashhur baxshi Shoberdi Boltayevning xonishlari meni oziga maftun etgan. Ozbek baxshichilik sanati dunyoda juda noyob yonalish. Baxshilarning dostonlarni bogiz orqali kuylashidan hayratlanaman. Togri, bizda ham xalq dostonlari bor. Lekin ularga bu darajada etibor, qiziqish yoq. Mamlakatingizda dunyo baxshilari va soha mutaxassislari jamlangan bunday nufuzli xalqaro festival tashkil etilganidan juda xursand boldim. Albatta, bu boshqa mamlakatlarga ham ibrat qilib korsatishga arziydigan tashabbus.

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman baxshichilik va dostonchilik sanatining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirish, uni yosh avlod ongu shuuriga chuqur singdirishdek ezgu ishlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xolmomin MAMATRAYIMOV,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: