O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
26.03.2019

OZARO MANFAATLI HAMKORLIKNING YANGI BOSQICHI

Abu-Dabi, 25 mart. O‘zA maxsus muxbiri Umar ASROROV xabar qiladi.

Avval xabar qilinganidek, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning taklifiga binoan 24 mart kuni rasmiy tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga keldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 25 mart kuni Abu-Dabi shahrida bolib otdi. Davlatimiz rahbari taomilga kora, dastlab Abu-Dabi shahridagi shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon maqbarasi va masjidini ziyorat qildi.

Shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon Birlashgan Arab Amirliklarining birinchi Prezidentidir. U 2004 yili ozi qurdirgan mazkur masjid yonida dafn etilgan. Bugungi kunda ushbu masjid va maqbara mamlakat aholisi uchun tabarruk maskanga, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari tashrif buyuradigan majmuaga aylangan.

Ushbu majmua dunyodagi eng katta masjidlardan biri bolib, qurilish ishlari 1996 yildan 2007 yilgacha davom etgan. Unda bir vaqtning ozida 40 ming kishi namoz oqishi mumkin.

Majmuaga tashrif asnosida shayx Zoid bin Sulton Ol Nahayon ruhiga Qur’on tilovat qilindi.

Prezidentimizga masjidning qurilish tarixi, oziga xos memoriy jihatlari, sayyohlar va ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida sozlab berildi.

Shavkat Mirziyoyev maqbaraning Ziyoratchilar kitobida dastxat qoldirdi.

Davlatimiz rahbari «Vohat al-Karoma» yodgorligiga gulchambar qoydi.

Qadr-qimmat vohasi manosini anglatuvchi ushbu yodgorlik Birlashgan Arab Amirliklari ozodligi va birdamligi uchun qurbon bolganlar sharafiga bunyod etilgan. Yodgorlik bir-biriga tayanib turgan 31 blokdan iborat bolib, rahbarlar, harbiylar va fuqarolar ortasidagi ozaro hamjihatlik va qollab-quvvatlash ramzi hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari yodgorlikning Faxriy mehmonlar kitobida dastxat qoldirdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri orinbosari, ichki ishlar vaziri shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayonni qabul qildi.

Uchrashuvda ijtimoiy xavfsizlikni taminlash sohasida amaliy hamkorlikni yolga qoyish masalalari muhokama qilindi. Bu borada ozaro tajriba almashish, delegatsiyalar tashrifini yolga qoyish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

Abu-Dabi shahridagi Qasr al-Vatan saroyida Ozbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ozbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari davlat madhiyalari yangradi.

Ikki davlat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bolib otdi.

Shavkat Mirziyoyev samimiy qabul va yuksak ehtirom uchun minnatdorlik bildirib, xalqlarimizning diniy-manaviy qadriyatlari mushtarak ekani, bu ikki mamlakat ortasida ozaro ishonch va hurmat ruhidagi hamkorlikni rivojlantirishga asos bolishini takidladi.

Birlashgan Arab Amirliklari tarixan qisqa davrda — ellik yilda sahro qoynida mojiza yaratib, iqtisodiyot, innovatsiya, savdo, moliya va turizm boyicha dunyo markazlaridan biriga aylanganini, Ozbekiston shu sohalarda hamkorlik qilish va tajriba almashishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Ozbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish, investitsiya muhitini yaxshilash va davlatning xalqaro nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga yuksak baho berdi.

Birlashgan Arab Amirliklari hududi kichik, lekin nufuzi va imkoniyatlari jihatidan katta salohiyatga ega mamlakat. Bu yerda sanoat, tashqi savdo logistikasi, transport, turizm, fuqaro aviatsiyasi, innovatsiya va axborot texnologiyalari, bank va moliya sohalari jadal rivojlanmoqda.

Qulay geografik joylashuv va soliq siyosati mamlakatga togridan-togri xorijiy investitsiyalar oqimi kirib kelishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu bilan birga, Amirliklarning ozi ham faol tashqi investitsiya siyosati olib bormoqda. 2018 yilda BAA xorijiy davlatlarga 12 milliard dollar miqdorida togridan-togri investitsiyalar yonaltirgan.

Ozbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari ortasida diplomatik aloqalar 1992 yil 25 oktabrda ornatilgan. Yaqinda ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor Ozbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi.

Mamlakatimizda BAA investitsiyalari ishtirokida 107 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ushbu mamlakat firma va kompaniyalarining 28 ta vakolatxonasi ochilgan. Ular asosan toqimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, meva konservalari, poligrafiya, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlari, xizmat korsatish yonalishlarida ish olib bormoqda.

2018 yilda mamlakatlarimiz ortasidagi savdo aylanmasi hajmi qariyb 400 million dollarni tashkil etgan.

Davlatimiz rahbari bu korsatkich avvalgi yillarga nisbatan osgani, lekin tomonlarning salohiyatini hisobga olganda, yetarli darajada emasligini takidladi. Shu bois muzokaralarda ikki mamlakat ortasidagi hamkorlikni har tomonlama kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi amaliy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Ushbu tashrif ozaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga kotarishiga ishonch bildirildi.

Joriy yil 12 mart kuni Toshkentda bolib otgan Savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik boyicha Ozbekiston – BAA hukumatlararo komissiyasining uchinchi yigilishi natijalari ijobiy baholandi. Hukumatlararo komissiya oldiga yaqin yillarda ozaro savdo aylanmasi hajmini 1 milliard dollarga yetkazish, buning uchun tovar yetkazib berishni kopaytirish, xomashyoni qayta ishlash va qoshimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish boyicha qoshma loyihalarni amalga oshirish vazifasi qoyildi.

Ikki mamlakatda ham turizm sohasida ulkan salohiyat mavjud. Amirliklar aholisi buyuk allomalarimiz maqbaralarini ziyorat qilish, tabiatimiz manzaralaridan bahra olishga orzumand. Otgan yili BAAdan yurtimizga kelgan sayohatchilar soni 1,5 barobar osdi.

Prezidentimizning yaqinda imzolangan farmoniga muvofiq, yurtimizda Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilindi. Bu Ozbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari ortasida nafaqat turizmni rivojlantirish, balki savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni yanada faollashtirishga xizmat qilishi takidlandi.

Kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralardan song ikki tomonlama imzolangan hujjatlarni almashish marosimi boldi.

Ozbekiston Respublikasi bilan BAA ortasida Qoshma bayonot qabul qilindi. Investitsiyalar, moliya, muqobil energetika, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xojaligi, bojxona mamurchiligi, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlik boyicha imzolangan hujjatlar almashildi. Umuman, tashrif doirasida umumiy qiymati 10 milliard dollardan ortiq bolgan kelishuvlarga erishilgani malum qilindi.

Shundan song Prezident Shavkat Mirziyoyev va Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning tor doiradagi uchrashuvi bolib otdi. Samimiy muloqotda siyosat, xavfsizlik, investitsiya sohalari yuzasidan fikr almashildi. Savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, energetika va infratuzilma yonalishida qoshma loyihalarni ishlab chiqish, fan-texnologiya va talim sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar ham korib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

OzA

***


Mamlakatimizda BAA investitsiyalari ishtirokida 107 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ushbu mamlakat firma va kompaniyalarining 28 ta vakolatxonasi ochilgan. Ular asosan toqimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, meva konservalari, poligrafiya, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlari, xizmat korsatish yonalishlarida ish olib bormoqda.

Otgan yili BAAdan yurtimizga kelgan sayohatchilar soni 1,5 barobar osdi.


· Birlashgan Arab Amirliklari yettita amirlikdan iborat bolgan davlat. Poytaxti Abu-Dabi. Janubiy-garbiy Osiyoda joylashgan. Qatar, Ommon sultonligi va Saudiya Arabistoni qirollligi bilan chegaradosh.

Maydoni 83,6 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Davlat tili arab tili. Ingliz, fors va urdu tillari keng qollaniladi. Aholisi 9,6 (2018 y) milliondan koproq.

Birlashgan Arab Amirliklari milliy kuni 2 dekabr. 1971 yilning shu sanasida Abu-Dabi boshchiligida olti amirlik mustaqil davlat tuzish shartnomasini imzolagan.

BAA hududining katta qismini shorxoq yerlar va qumli sahrolar egallaydi. Xurmo daraxti, akatsiya va yulgunzor vohalar ham uchraydi. Garbida qumli va toshli sahrolar, sharqda va shimoli-sharqda Hajar toglari joylashgan.

BAA iqtisodi, asosan, neft va tabiiy gaz qazib olish va uni qayta ishlashga asoslanadi. Amirliklar kuniga ortacha 2,2 million barrel neft qazib oladi.

BAA neft zaxiralari 200 milliard barrel, tabiiy gaz zaxiralari esa 5600 milliard kub metrni tashkil etadi. Neft va gaz qazib chiqarish sanoatining YaIM dagi ulushi taxminan 33 foizni tashkil qiladi.

Mamlakatda xalqaro ahamiyatga ega 7 port bor.

Amirliklarning qadimgi tarixi juda kop arxeologiya yodgorliklarida oz aksini topgan. Shuningdek, bu yerda koplab zamonaviy arab arxitekturasi yodgorliklari mavjud. Dubaydagi mashhur Jumayra masjidi dunyodagi eng ulkan va oziga xos arxitektura yechimiga ega bolgan inshoot hisoblanadi.

Ozbekiston Respublikasi bilan Birlashgan Arab Amirliklari ortasida diplomatik aloqalar 1992 yil 25 oktabrda ornatilgan. Yaqinda ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk bor Ozbekiston Respublikasining Birlashgan Arab Amirliklaridagi Favqulodda va muxtor elchisi tayinlandi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: