O'zb  
 
26.03.2019

YIGLAYOTGAN AYOL

Ayol yig‘lasa, dunyo titraydi, arshi a’lo larzaga keladi, deyilmish muqaddas kitoblarda

Bu — chin gap, ayni haqiqat. Isbot, izoh soramaydigan haqiqat. Ozimizdan qiyos, bir ayol yiglab turganini korgan chogimiz yuragimiz ozor chekadi. Bizga yetti yot begona bolsa-da, unga achinamiz, dardini bilgimiz, yordam bergimiz keladi. Buning sababini tushuntirish oson emas, har kimning ozi biladi, his etadi.

Oylab-oylab korsak, xayollarga botib-botib fikrlasak, anglaymiz: Ayol eng avvalo ona, sizni, bizni, dunyoga keltirgan muqaddas zot. Shohmizmi, gadomizmi, dunyo tanigan olimmizmi, oddiy dehqonmizmi, har birimiz onamiz qornida yaralganmiz, onamiz tanu jonidan ozuqa olib, jonlanganmiz, paydo bolganmiz. Yorug olamga kelganimizdan song onamiz koksidan oq sut berib, bizni oyoqqa turgazgan.

Aslida, onamiz sut bilan birga, oz jonidan uzib-uzib bizga berdi, jonu jahonini bagishladi. Shundanmi, boshimizga savdo tushsa, birinchi bolib onamizni eslaymiz, onam bilmasin, yuragi kotarolmaydi, deymiz. Jonimiz ogrisa, «onajon», deymiz. Dunyodagi eng shirin non onam yopgan non, deymiz. Eng shirin taom onam tayyorlagan taom, deymiz. Har birimizga oz onamiz aziz, motabar, muqaddas. Hammamiz uchun ona ulug, ilohiy zot.

Shuning uchun ham inson borki, onalar, ayollar haqida eng shirin sozni, eng aziz, eng oliy sozni aytgisi keladi, onalarni hammadan otkazib tariflagisi, ardoqlagisi, ezozlagisi keladi. Ayollar onalar haqida aytilgan gaplar kitob qilinsa, yozilgan kitoblar jamlanib, taxlansa, kokka yetgandan yetib, bulutlardan oshib, ehtimol oydan ham otib ketishi mumkin.

Ammo hamon onalar haqida soz axtaramiz, onalar haqida eng ulug gapni aytishni oylaymiz, ayollarga, onalarga munosib sozni hali-hanuz topa olmaganimiz, ayta olmaganimizni his etamiz. Dunyo donishmandlari ayolni Yaratganning mojizasi, deb tariflaydi. Oilaning quyoshi, deb uluglaydi. Ayolni millatning onasi, deb koklarga kotaradi... Kelajak onalar qolida, deb ogohlantiradi...

Endi har qancha noxush bolsa-da, achchiq bolsa-da, uyat bolsa-da, tasavvur qiling: bizni yorug dunyoga keltirgan, oq sut bergan ona, gulga qiyoslangan, gulday gozal, nozik, nafis ayol ozodlikdan mahrum etilib, qoliga kishan solinib, qamoqqa tashlansa!.. Ayol Ona qamoqda saqlansa!..

Bu sozlarni aytadigan til uzilib ketgudek boladi, kesilib ketgudek boladi. Bu sozlarni eshitib, qalbing azob-iztirobga toladi...

Qamoqdagi ayol, mahkumlikdagi ayol, oilasidan, jamiyatdan ajratilgan ayol, boshi egik ayol, yordam sorab, najot kutib yotgan ayol... yiglayotgan ayol...

Ular sizdan kozini olib qochadi, yerga qaraydi, ozini aybdor biladi. Adashganidan, jinoyatga qol urganidan pushaymon, ming pushaymon... Oilasi, farzandlari oldida ozini gunohkor hisoblaydi, tiz chokib, ulardan kechirim sorashga tayyorligini aytadi.

Adashgan, oylamay qadam bosgan ayollar, jinoyatga qol urgan ayollar. Ularning yuz-kozlarida gam-alam muhrlanib qolgan, iltijo muhrlanib qolgan. Kozlaridan duv-duv yosh quyiladi...

Navroz bayramidan ikki kun oldin Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi 21-jazoni otash koloniyasi majlislar zali mahkuma ayollar bilan liq toldi. Qaniydi shu zal tolmasa, qaniydi bom-bosh bolib qolsa... Qaniydi, ushbu muassasaning ozi ham yopilib ketsa, tag-tomiri bilan yoq bolib ketsa... Ehtimol, qaysidir bir davlatda bunday qamoqxonalar kerakdir. Ammo bizda, jannat onalar oyogi ostidadir, Ayol mojiza, Ayol muqaddas sanalgan yurtda, onalar qadim-qadimdan uluglanib, eng oliy zot, deya ezozlanib, kelingan xalqda bunday muassasa bolishi uyat, dahshat!..

Biroq qonun talabini bajarmaslik ham mumkin emas, kim bolishidan qati nazar, qonun barchaga barobar, jinoyatga jazo muqarrar, deyiladi. Boshqa bir savol kishini qiynaydi, yurakka xanjardek sanchiladi: Ozining ayolligini, onaligini, muqaddasligini, dilbarligini, zeboligini asrashi, himoya qilishi kerak bolgan bu ulug zot nega jinoyatga qol urdi? Oz shanini, oilasini, farzandlarini nega oylamadi?.. Onasi qamoqda yotgan bolaning, xoh qiz, xoh ogil bolsin, yegani taniga singadimi? Har oqshom onasini oylab yotgan bu bolalar koz yoshidan yostiqlar hol bolib ketadi-ku... Oksinib, yelkasini qisib, goh toq, goh och voyaga yetayotgan bolalar taqdiri nima boladi?..

Bu ayollar qanday jinoyatlarni sodir etishganki, uzoq muddatlarga ozodlikdan mahrum qilingan? Qay biri giyohvand moddalar savdosi bilan shugullanib, ikkinchi, uchinchi marta sudlangan, boshqasi qotillikda ayblangan, firibgarlikni kasb qilib olganlari ham bor ekan...

Bugun bu yerda Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi jinoyat ishlari boyicha sudlov hayatining ochiq sudi majlisi otadi. Buning sababi shundaki, joriy yil 14 mart kuni Oliy sud raisi orinbosari X.Yodgorov va Respublika Xotin-qizlar qomitasi raisi orinbosari G. Marufova bu muassasada bolib, jazoni otayotgan mahkuma ayollar bilan ochiq muloqot otkazib, ularning dardlarini tinglab, 15 nafarining arizalari qabul qilingandi. Ushbu arizalar qisqa fursatda organib chiqildi va bugun Oliy Sudning jinoyat ishlari boyicha sudlov hayati hamda jinoyat ishlari boyicha Zangiota tumani sudining sayyor majlisi otkaziladi.

Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining orinbosari Xolmomin Yodgorov ochiq sayyor sud majlisini boshlashdan oldin mahkumalarni Navroz bayrami bilan tabrikladi, Prezidentimiz tomonidan inson shani, qadr-qimmatini uluglash, ayniqsa, xotin-qizlar manfaatini himoya qilish boyicha olib borilayotgan tarixiy islohotlar haqida toxtaldi. Songra Oliy sudning jinoyat ishlari boyicha sudlov hayati majlisi boshlandi. Shuni alohida aytish kerakki, bu yerda ota ogir jinoyat sodir etgan, ikki-uch marta sudlanganlar saqlanadi. Ularga qancha muddat jazo berilgan bolsa, oxirgi kunigacha otirishi kerak. Shu paytgacha shunday bolgan, jazo qongiroqdan qongiroqqacha otalgan, yani, ot zvonka do zvonka, degan qatiy qoida bolgan. Shu bois, ular nega va nimaga asosan ozod etilayotgani bilan qiziqdim.

Avvalo, zamon ozgardi, inson taqdiriga munosabat ozgardi, dedi Xolmomin Yodgorov. Qolaversa, qilgan ishidan yurak-yurakdan pushaymon bolib, tavba-tazarru qilgan, sodir etgan jinoyatining ijtimoiy xavfi, salbiy oqibatlarini tushunib yetganligi, jazoni otash paytida bir necha bor ragbatlantirilgani, jazoning asosiy qismini otab bolgani, sogligi ogirlashgani, yoshi 60 dan oshgani, oilasi, farzandlari borligi kabi jihatlar hisobga olinib, arizalar korib chiqildi. Lozim topilganlar jazodan muddatidan oldin ozod etiladi.

Sud jarayoni boshlandi, zalga ogir, hayajonli sukunat chokdi. Oliy sud raisi orinbosari Xolmomin Yodgorov mahkuma Maripatxon Nishonova (1954 yilda tugilgan) Jinoyat kodeksining qaysi moddalari bilan jazoga hukm qilinganini oqib eshittiradi. Uning arizasi mazmuni bilan sud hayatini tanishtiradi. Masala muhokama qilinadi. Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi raisi orinbosari G. Marufova mahkumani ozod etilishi, uni bundan-buyongi taqdiriga xotin-qizlar qomitasi kafolat berishini bildirdi. Advokat va prokuror sud qarorini ozgartirib, M.Nishonovaning arizasini qanoatlantirish fikrini bildirdi. Sudlanuvchiga oxirgi soz berildi. U qilgan jinoyati oqibatini yaxshi anglab, xulosa chiqarib olgani, chin dildan pushaymonligi, tort nafar farzandi borligini, bundan buyon halol yashab, mehnat qilib, farzandlari tarbiyasi bilan shugullanishini yiglay-yiglay gapirdi.

Sud ajrimi oqib eshittirildi:

...Jinoyat ishlari boyicha Uchqorgon tuman sudining 2009 yil 26 maydagi hukmi hamda jinoyat ishlari boyicha Namangan viloyat sudi apellyatsiya instansiyasining 2009 yil 7 iyuldagi ajrimining Nishonova Maripatxonga oid qismi ozgartirilsin.

M.Nishonovaga nisbatan Ozbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan tayinlangan 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi 10 (ON) yil 1 (BIR) oy 10 (ON) kun ozodlikdan mahrum qilish jazosiga keltirilsin.

M. Nishonova tayinlangan jazo muddatini otab bolgan, deb hisoblansin va darhol jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinsin!..

Zalda gulduros qarsaklar bilan yigi ovozlari qoshilib ketdi...

Shu zaylda osha kuni 5 nafar ayol qamoqdan ozod etildi. Ular orasida 12 yoki 14 yilga ozodlikdan mahrum etilganlari ham bor edi. Mana, nihoyat, 10-12 yillik tutqinlikdan song ular bu yilgi Navroz bayramini oilasi davrasida kutib oladigan bolishdi.

Shu kuni jinoyat ishlari boyicha Zangiota tuman sudi tomonidan 5 nafar ayol ham jazoni ijro etish muassasasidan jazoni otashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi.

Shuningdek, axloq tuzatish ishi jazosini ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirish haqidagi qarorlar bekor qilinib, 2 nafar ayol oz oilasi bagriga qaytarildi. Shu kuni manzil koloniyada jazo otayotgan 5 nafar ayol va 7 nafar erkak, jazodan ozod qilindi. Demak, 17 nafar ayol va 7 nafar erkak jami 24 nafar jazoni otayotgan inson Navroz bayrami arafasida oilasiga qaytarildi.

Bir ayol sud majlisi paytida boshi egik holicha otirdi. Hech kimga, sud hayatiga ham qaramasdi. Ozodlikka chiqqanlar qatorida uning nomi ham aytilganda hongrab yiglab yubordi. Sud jarayonidan song undan nima uchun qamalganini soradim.

Erim yoq, uch nafar bolam bor. Oglim ogir kasal bolib qoldi. Uzoq davolashga togri keldi. Dori-darmonga pulim yetmadi. Qarzga botdim. Songra uyimga odam qoyadigan boldim...

Demak, u odam savdosi bilan shugullangan. Eng ogir va uyatli jinoyat...

Bu ayollarning birortasini qilgan jinoyati uchun oqlash fikridan yiroqmiz. Ulardan kimdir kalta oylagan, boshqasi kimningdir tasiriga tushgan, yana biri oson yol bilan koproq pul topishni oylagan. Kimningdir dunyoqarashi tor, kimdadir manaviyat kemtik, kimdadir iroda bosh...

Iqtisodiy qiyinchilik oqibatida jinoyatga qol urdim, deyish maqul gap emas. Nochorlikdan jinoyat sodir etgan kishi ozini on karra, yuz karra ogir ahvolga solib qoyadi. Bu achchiq haqiqatni mahkuma ayollar taqdiri misolida korib turibmiz.

Bu qalin devorlar, tikanli simlar bilan oralgan, toshdek qotgan soqchilar qoriqlaydigan muassasadan tezroq chiqib, uzoqlashging keladi. 17 nafar ayol qamoqdan ozod etilganidan biroz bolsa-da yengil tortasan kishi. Ammo yuzlab ayollarning kozida yosh bilan boshi egik otirgan holati koz ongimdan ketmaydi. Ular boshini kotarolmay, gunohkormiz, kechiringlar, demoqda... Biz ozodlikda yurganlar ham negadir ularning koziga bemalol qaray olmayotgandekmiz, ozimizda qandaydir bezovtalik sezamiz, qandaydir bir tuygu ular koziga tik qarashga yol bermayotgandek tuyuladi, elas-elas bolsa-da ular oldida biz ham ozimizni gunohkor sezayapmiz. Ota-ona, qoni-qoshni, qarindosh-urug sifatida, mahalla oqsoqoli, faoli, tuman, shahar xotin-qizlar qomitasi rahbari, hokim sifatida aybdormiz, siyosiy partiya vakili, deputat sifatida aybdormiz. Qamoqxonalardagi bu ayollar bizning ishimizdagi xatolarimiz, jamiyatimizning azoblari, fojialari... Beparvoligimiz, loqaydligimiz oqibati bular. Odamlar arz-dodi, koz yoshlariga bagritoshligimizning javoblari bular. Kopdan-kop davlat va nodavlat, jamoat tashkilotlarining tasirsiz, samarasiz ish uslubining achchiq mevalari bular.

Biz qogozlarda hisobotlarni oshirib-toshirib yozishga, gulduros qarsaklar chalishga moyilmiz. Yolgon hisobotlarga, yolgon chapaklarga ketgan vaqtni, kuchni bitta kichkina amaliy ishga sarflasak, foyda emasmi? Gulduros qarsaklar bilan nimagadir erishganda, sovet hukumati erishgan bolardi. Qaytaga yillar davomida zallarni titratgan qarsaklar bu qudratli davlatni yiqitdi...

Mahkuma ayollarni oylab, xayolga bir fikr keladi: agar bundan ikki-uch yil oldin Prezident virtual qabulxonasi ochilmaganda, joylarda Xalq qabulxonalari tashkil etilmaganda, odamlar davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari odamlarga xizmat qilishi kerak, degan goya ilgari surilmaganda, yil on ikki oy poytaxtdan nariga chiqishni xushlamaydigan davlat idoralari rahbarlari, deputatlar uzoq-uzoq tumanlarga, qishloqlarga safarbar etilmaganda, odamlarning katta-kichik muammolari joyida hal etilmaganda, nima bolardi?..

Muammolar ustiga muammolar qoshilardi, odamlar tashvishi ortardi, yiglayotgan ayollar kopayardi. Ayollar yiglayotgan bolsa, erkaklar boshini baland kotarib yurishga haqqi yoq. Ayollari yiglayotgan jamiyatning esa sukut saqlashga haqqi yoq. Yiglayotgan birgina ayol ham jamiyatni bedor qilishi, oylantirishi, ogriqli savollarga javob izlashga majbur qilishi kerak.

Ayollar qamoqxonasidan qaytayotib, ana shunday achchiq gaplar xayoldan otdi...

Safar OSTONOV,

Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: