O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.03.2019

BIZ HAM SUZISHNI ORGANAMIZ DEYISHMOQDA KITOB TUMANI YOSHLARI. CHUNKI...

— Bobo, yangi basseyn qurilibdi, deydi quvonib tumandagi 20-maktabda ta’lim olayotgan o‘n besh yoshli nabiram Jasurjon.

Xosh, nima qilmoqchisan? – sorayman undan ataylab.

Basseynga qatnaydigan alochi oquvchilarning royxatini tuzishdi. Men ham suzishni organmoqchiman...

Togri oylabsan, suzishning foydasi kop, dedim unga.

Basseyn qurilgani, nabiramning quvonchi meni hayajonga soldi, bolaligim yodimga tushdi. Sakkiz yoshlarda edim chogi. Qishlogimizning bir chekkasida chuqur hovuz bolardi, hozir komilib ketgan. Bolalarga qiziqib suvga kalla tashlabman, desangiz. Chokib ketdim. Hushimga kelganimda aytib berishdi, suzishni biladigan osmir qishlokdoshim meni hovuzdan olib chiqibdi. Hayotimni saqlab qolgan shu insondan hamon qarzdorligimni his qilib yashayman. Ammo suzishni organolmay otdim. Mabodo, daryolar qirgogiga kelib qolsam, sayoz joyida nari-beri chomilardim, xolos. Suvda erkin suzadigan kishilarga havas qilardim.

Togrisi, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog tumanlarida bir nechta daryo oqsa, suv serob bolsa-da, koplab kishilar menga oxshab chomilishdan chochiydi. Suzishni bilmaslik kop kongilsiz voqealarga sabab bolganligi ham bor gap. Bugun ham maktab oquvchilarining aksariyati suzishni bilmaydi. Chunki, suzishni organishga sharoit ham, orgatuvchi ham bolmagan.

Mustaqillik yillarida vohada koplab ochiq va yopiq suv havzasi paydo boldi. Birgina Qarshi shahrida bir nechta zamonaviy yopiq suv havzasi barpo etildi. Qarshi shahridagi Olimpiya zaxiralari kollejining zamonaviy yopiq basseyinida nufuzli musobaqalar ham otkazib kelinmoqda. Hozir bunday basseynlar boshqa tumanlarda ham qurilmoqda.

Ana shunday oylar bilan Kitob shahrining Guliston mahallasiga yetib keldim. Keyingi yillarda bu yerda bunyodkorlik ishlari avj oldi. Yollar kengaytirilib, sifatli asfalt bilan qoplanmoqda, qanotlarini yozgan oqqushga oxshash kocha yoritkichlari nur sochmoqda. Yoshlarga atab 48 xonadonli 2 ta kop qavatli uy tiklandi. «Voha mashali» qurilish tashkilotining korkam mamuriy binosi qurib ishga tushirildi. Uning sal narisida ip yigiruv korxonasi faoliyat korsatayapti. Korxonada 400 ga yaqin kishi mehnat qilmoqda, ularning aksariyati yoshlar. Shuning uchun ham kitobliklar Guliston mahallasidagi bu obod hududni Yoshlar shaharchasi deb atashmoqda.

Mahallada dastlab uchratganim Avangard gidro ekspres MChJ rahbari Jamol Gapporov boldi. Jamol aka vohaning eng mohir quruvchilaridan, qirq yetti yildan buyon shu ezgu ishda. Yangi qurilish tashkilotiga asos solganiga ham ancha boldi. Tashkilot qoplab qurilishlarda ishtirok etib, nom chiqardi. Masalan, Shahrisabz shahrining markaziy maydonidagi 30 foiz qurilish-obodonchilik ishlari shu tashkilotga tegishli. Mahobatli sanat saroyini ham shu tashkilot sifatli tamirdan chiqarib berdi.

Yopiq suv havzasining loyihasida kozda tutilgan barcha ishlar bajarildi, deydi Jamol aka. Binoga eng zamonaviy qurilish ashyolari ishlatildi. Binoning pastki devorlariga Xitoyda tayyorlangan, yon-atrofiga ozimizda ishlab chiqarilgan sopol qoplamalar ishlatildi. Binoga kiraverishdagi ulkan shisha eshiklar Toshkentdagi korxonalardan keltirilgan. Mana, keng foyye. Mamuriyat, tibbiyot xonalari mavjud. Jami 8 ta dush kurilgan. Mana, bu baland gumbazlik xona 32 ga 22 metr. Suzish havzasi 25 ga 11 metr. Qarang, suv iliq. Bino va havzadagi suv gaz yordamida isitiladi. Ishlatilgan suv tozalanib, chiqib ketadi.

Bu yerda basseyndan tashqari yopiq kichik futbol, voleybol, basketbol maydonchalari va 2 ta tennis korti qurdik. Nafaqat yoshlar, katta yoshdagi kishilar ham kelib, sport bilan shugullanishlari mumkin.

Quruvchilarga yordamga kelgan tuman obodonlashtirish boshqarmasi bogbon va xizmatchilari 10 ta kop yillik orik daraxtini saqlab qolib, ular qatoriga yangi nihollar, gullar otqazishibdi. Turfa rangdagi gullar barq urib osib turibdi. Bino oldida favvora qurilibdi...

Bu yerda bir guruh bolalarni uchratdim.

Men albatta suzishni organaman, deydi on ikki yoshli Akmaljon.

Men ham, deydi uning dosti Alisher...

Ha, bu basseynda koplab yoshlar suzishni organadi, ular orasidan mohir suzuvchilar ham yetishib chiqadi. Eng muhimi, bu inshoot yoshlar salomatligini mustahkamlashga, ular ortasida soglom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.

Qutlug Navroz bayrami arafasida kitobliklarga ana shunday ajoyib suzish havzasi tuhfa qilindi. Yana shu kuni Qaynar qishlogi yaqinidagi Navroz sayilgohida katta sayil uyushtirildi. Vohaning barcha tumanlaridan polvonlar, chavandozlar qatnashgan kurash va kopkari musobaqalari ham esda qolarli boldi. Ananalar olmaydi, bu eldan mohir sportchilar yetishib chiqib, yurtimiz dovrugini dunyoga taratadi. Bunga shubha yoq.

Yunus UZOQOV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: