O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
19.03.2019

OZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVNING KOP TARMOQLI HUMO ARENA SPORT KOMPLEKSINING TANTANALI OCHILISH MAROSIMIDAGI NUTQI

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Hurmatli Xalqaro xokkey federatsiyasi prezidenti Rene Fazel janoblari!

Muhtaram mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, sizlarni Navro‘z bayrami arafasida, gozal bahor kunlarida Ozbekiston zaminida samimiy qutlayman. Barchangizga chuqur hurmatim va eng ezgu tilaklarimni bildirishdan benihoya mamnunman.

Bugun poytaxtimiz markazida ishga tushirilayotgan zamonaviy sport koshonasi — «Humo arena»ga tashrif buyurib, quvonchimizga sherik bolayotganingiz uchun sizlarga katta rahmat!

Ushbu tantanali marosimda ishtirok etayotgan jahon sporti yulduzlari, mashhur madaniyat va san’at arboblari, diplomatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari, yetakchi kompaniyalar rahbarlariga qarata aytmoqchiman:

Xush kelibsiz, mehmondost Ozbekiston zaminiga!

Aziz dostlar!

Bugun biz yurtimizda keng kolamli islohotlar va jadal ozgarishlarni amalga oshirmoqdamiz. Va bu yolda jismoniy soglom va barkamol avlodni voyaga yetkazish bizning ustuvor vazifamiz va biz buning uchun bor kuch va mablaglarimizni safarbar etamiz.

Shu manoda, biz jismoniy tarbiya va sportga alohida etibor bermoqdamiz.

Bugungi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida, hatto eng olis tumanlarda ham zamonaviy va foydalanish uchun qulay sport infratuzilmasi barpo etilmoqda. Keyingi ikki yilda mamlakatimizda sport bilan doimiy shugullanadiganlar soni ikki barobar kopaydi.

Yurtimiz sportchilari turli xalqaro musobaqalarda mingdan ziyod medallarni qolga kiritdi, ulardan 400 dan ortigi oltin medallardir. Hozirgi vaqtda boks, dzyudo, erkin kurash, badiiy gimnastika, shaxmat va boshqa sport turlari boyicha Ozbekistonda shakllangan maktablar butun dunyoda malumu mashhurdir.

Mamlakatimizda otkazilayotgan nufuzli xalqaro musobaqalar, jumladan, dunyo va qita chempionatlari soni yil sayin ortib bormoqda. Biz 2030 yilda Ozbekistonda yozgi Osiyo oyinlarini otkazish tashabbusi bilan chiqdik.

Hurmatli xonimlar va janoblar!

Biz sportchilarimiz qishki sport oyinlari, jumladan, eng qiziqarli bolgan figurali uchish, xokkey, tog-changi sporti, fristayl, snoubord va boshqa sport turlari boyicha Vatanimiz shanini munosib himoya qilishiga intilmoqdamiz.

Otgan asrning yetmishinchi yillaridayoq Toshkentda Yubileyniy muz sporti saroyi, Binokor xokkey jamoasi, Toshkent viloyatida tog-changi trassasi mavjud bolgan.

Bizning bu borada erishgan yutuqlarimiz orasida fristayl boyicha qishki Olimpiya oyinlari va jahon chempionatida qolga kiritilgan oltin medallar, figurali uchish boyicha Osiyo oyinlari va boshqa xalqaro musobaqalarda erishilgan 70 dan ziyod medallar borligini takidlash lozim.

Biz sport sohasidagi ana shunday shonli ananalarni davom ettirishni oz burchimiz deb bilamiz.

Otgan yili mamlakatimizda tortta xokkey klubi tashkil etildi. Bu yil fevral oyida shaybali xokkey boyicha birinchi bor Ozbekiston chempionati otkazildi.

Ozbekiston sportchilari yaqinda Krasnoyarskda otkazilgan Butunjahon qishki universiadasida ilk bor ishtirok etdi.

Ushbu zamonaviy muz saroyining ishga tushirilishi Ozbekiston sporti tarixida yangi bosqichni boshlab beradi, desak, oylaymanki, mubolaga bolmaydi.

Mazkur inshoot ozining ilgor memoriy va muhandislik-qurilish yechimlari, texnik jihozlanish darajasiga kora noyobdir. Biz hamkorlarimiz yetakchi kompaniyalarning eng songgi ishlanmalarini jalb etishga harakat qildik.

Ishonchim komilki, Humo arena yuksak malakali sportchilarni tayyorlash va Ozbekistonda yirik xalqaro musobaqalar tashkil etish va eng asosiysi yoshlarimizni qishki sport turlariga keng jalb etishga xizmat qiladi.

Bunday majmua va markazlarni biz kelgusida yurtimizning boshqa hududlarida ham barpo etamiz.

Shu munosabat bilan bugungi tadbirda ishtirok etayotgan hurmatli mehmonlarimiz – mashhur sportchi va murabbiylar dunyo sporti yulduzlariga murojaat qilib, aytmoqchiman: biz sizning qollab-quvvatlashingiz, bilim va mahoratingiz, ulkan professional tajribangizga ishonamiz.

Qadrli dostlar!

Bizning poytaxtimizga uzukka koz qoygandek yarashib turgan, sizlarning ishtirokingizda foydalanishga topshirilayotgan bu zamonaviy sport saroyi ushbu yonalishdagi ishlarning dastlabki amaliy natijasidir.

Toliq ishonch bilan aytish mumkinki, barcha xalqaro talablarga javob beradigan ushbu noyob kompleks sportni sevadigan xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbidagi orzuning amaliy ifodasi boldi.

Ana shu orzuni haqiqatga aylantirgan, qisqa muddatda shunday ulugvor majmuani barpo etgan loyihachi, memor, quruvchi, va muhandislarga, chet ellik mutaxassislarga, bu ezgu ishga hissa qoshgan barcha insonlarga chuqur minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysiz.

Hech shubhasiz, bugungi kun milliy sportimiz tarixida yorqin sahifa bolib qoladi.

Butun kop millatli xalqimizni, ushbu tadbirimizning barcha ishtirokchilari va mehmonlarini bugungi tarixiy voqea Humo arena sport saroyining ochilishi bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Barchangizga tinchlik-omonlik, ulkan zafarlar va yangidan-yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

Etiboringiz uchun katta rahmat.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: