O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
12.03.2019

YERDAN XOJASIZLARCHA FOYDALANISHGA YOL QOYILMAYDI

Qishloq xo‘jaligi uchun yaroqli yerlar hamda suv resurslari cheklangan sharoitda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishga qaratilgan qonunlarning ijrosini ta’minlash, sohada qonunchilikka sozsiz rioya qilish boyicha tasirchan choralar qollash zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.

Bu masalada qator kamchiliklar toplanib qolgan. Mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini taminlash, qishloq xojaligi yerlarini muhofaza qilish boyicha yechimini kutayotgan muammolar oz emas.

Xususan, keyingi yillarda ayrim rahbarlarning ekin ekiladigan, sugoriladigan yerlarni qishloq xojaligi oborotidan chiqarish bilan bogliq oz mansabini suistemol qilish yoki harakatsizlik holatlari kopayib bormoqda. 2012-2016 yillarda «Ergeodezkadastr» organlari tomonidan jismoniy shaxslar tomonidan ozboshimchalik bilan foydalanilgan 5.224 gektar yer uchastkalari haqidagi malumotlar davlat soliq idoralariga taqdim etilmagan. Oqibatda ularga Soliq kodeksining 121-moddasida nazarda tutilgan jarimalar qollanilmagan.

2012-2016 yillarda qonun buzilishlarni sodir etgani uchun 724 mansabdor shaxs mamuriy javobgarlikka tortilgan bolib, shundan 279 nafari yoki 51,2 foizi Ergeodezkadastr davlat qomitasining mansabdor shaxslari hisoblanadi.

Joriy yil 5 martda Er togrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi munosabati ayrim qonun hujjatlariga ozgartish va qoshimchalar kiritildi. Ularda yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mansabdor shaxslarning masuliyati hamda javobgarligini oshirish nazarda tutilgan.

Jumladan, yer resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi organlar yer uchastkasiga bolgan huquqi yuzaga kelgan (tugatilgan) shaxslarni korsatgan holda yer uchastkasiga bolgan huquq berilgani (tugatilgani) togrisida malumot beriladi. Shuningdek, yer uchastkasiga bolgan huquqni tasdiqlovchi hujjatsiz yoki hujjatda korsatilganiga nisbatan katta hajmdagi yer uchastkalaridan foydalanilganlik, egalik qilish, foydalanish, ijara va mulk huquqining royxatdan otkazilish holatlari haqida xabardor qilinadi. Bu holat boyicha uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga mazkur hollar aniqlangan kundan etiboran on kunlik muddatda axborot berish shart.

Yer resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi va baholovchi organlar har bir qishloq xojaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi boyicha ularning meyoriy qiymati togrisida Davlat soliq qomitasiga har yili yanvar oyining birinchi on kunligida axborot berib boradi. Yil davomida qiymat ozgargan taqdirda, qishloq xojaligi yerlarining narxi aniqlangan kundan etiboran on kunlik muddatda elektron shaklda malumot taqdim etiladi.

Shu bilan birga, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qomitasi, uning joylardagi organlari – yer togrisidagi qonun hujjatlari buzilishi bilan bogliq davolar yuzasidan Fuqarolik ishlari boyicha hamda iqtisodiy sudlarda davlat bojini tolashdan ozod qilinishi belgilab qoyildi.

Xulosa qilib aytganda, qonunchilikka kiritilgan ozgartirishlar hujjatsiz tarzda yoki hujjatlarga nisbatan kop bolgan miqdorda foydalanib kelinayotgan yer uchastkalari haqidagi malumotlar oz vaqtida davlat soliq idoralariga taqdim etilishini taqozo qiladi. Shuningdek, aniqlangan qonun buzilish holatlarini bartaraf etish boyicha tezkor chora-tadbirlar korish uchun huquqiy sharoit yaratadi.

Avaz ORINBOYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Ozbekiston XDP fraksiyasi azosi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: