O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Yanvar 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
08.12.2012

BOSH MAQSAD MIJOZLAR MANFAATI

«Agrobank» ochiq aksiyadorlik tijorat bankining Namangan viloyat boshqarmasi faoliyati haqida

AGROBANK OATB NAMANGAN VILOYaT BOShQARMASI BARChA MIJOZLARIGA, XOH U JISMONIY ShAXS, XOH YuRIDIK MAQOMDAGI YIRIK IShLAB ChIQARISh KORXONASI BO‘LSIN, TEZKOR VA SIFATLI XIZMAT KORSATIB KELMOQDA.

Boshqarma filiallari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qollab-quvvatlash maqsadida joriy yilning otgan on oyida barcha moliyalash manbalari hisobidan 1327 ta xojalik sub’ektiga 25 mlrd. som miqdorida qisqa va uzoq muddatli kreditlar ajratildi. Sarmoyalar evaziga 1851 ta yangi ish orni yaratildi.

Bank kreditlari qishloq xojaligi, savdo, sanoat, maishiy xizmat korsatish va servis sohasiga hamda boshqa tarmoqlarni rivojlantirishga yonaltirildi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanayotgan xotin-qizlarni qollab-quvvatlash maqsadida 3,2 mlrd. som miqdorida mikrokreditlar ajratildi. Natijada 425 nafar aholi bandligi taminlandi.

Bugungi kunda bank xizmatlaridan foydalangan holda turli sohada faoliyat korsatayotgan mijozlarni korish mumkin. Ular bank moliyaviy komagi hamda xizmatlaridan mamnun.

Chunonchi boshqarmaning Toraqorgon filiali mijozi Masudaxon Sodiqova rahbarligidagi Dilrabo SDA kop tarmoqli savdo ishlab chiqarish firmasiga issiqxona bunyod etishi uchun 188 mln. som miqdorida uzoq muddatli kredit ajratildi. Buning natijasida tadbirkorning ishlari yurishib ketdi. 22 nafar yigit-qiz ish bilan taminlandi. Shuningdek, Chortoq filiali mijozi, xususiy tadbirkor Rahima Burxonovaga ham issiqxona qurilishi uchun 5 mln. som miqdorida bank kreditlari berildi.

Takidlash joizki, yosh oilalarni qollab-quvvatlash, ularning uy-joy jihozlariga bolgan talabini qondirish, tadbirkorlik faoliyatini yolga qoyish uchun istemol va ipoteka kreditlari ajratish ham bank etiboridan chetda qolgan emas. Xususan, joriy yilda 151 ta yosh oilaga jami 677,7 mln. som miqdorida kreditlar ajratildi.

Jumladan, boshqarmaning hududiy filiali mijozi Muhammadali Usmonovga Namangan shahrida qurilgan kop qavatli uylardan birini sotib olishi uchun 75,7 mln. som miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.

— Ozimizning uy-joyimizga ega boldik, deydi xonadon sohibi M.Usmonov. Hamma qulayliklarga ega, yorug va shinam xonalar bizga juda yoqdi. Bizga imtiyozli kredit ajratgan Agrobank mamuriyatidan juda minnatdormiz.

2012 yilning otgan davrida mamlakatimiz ichki bozorini sifatli va arzon mahsulotlar bilan toldirish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlariga oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishi uchun 6 mlrd. som, nooziq-ovqat istemol tovarlari ishlab chiqarishi uchun esa 4 mlrd. som miqdoridagi bank filiallarining qisqa va uzoq muddatli kreditlari yonaltirildi.

Mirbaxtiyor MIRFAYZIYEV,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: