O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.02.2019

ONA SUTI BEBAHO NEMAT

Farzandning dunyoga kelishi – oila hayotida eng muhim hodisa, katta quvonch. Ammo shu bilan birga, ota-ona zimmasidagi ulkan mas’uliyat hamdir. Zero, bolaning manan, ruhan va jismonan sog‘lom bolib voyaga yetishi katta etiborni talab etadi. Bola soglom osishiga kop omillar tasir qiladi, buning birinchi sharti esa ilk davrdanoq uni togri ovqatlantirishdir. Godaklarni oziqlantirish usullaridan eng yaxshisi va xavfsizi esa bu shubhasiz, kokrak suti hisoblanadi. Natijada bola turli xil infeksiyalardan yaxshi himoyalanadi, kasalliklarga chidamli bolib, jismonan va aqlan yaxshi rivojlanadi.

Bebaho nemat bolmish ona sutining bola salomatligidagi ahamiyati, suniy ovqatlantirish hamda emizikli ayollar taomnomasida etibor qaratilishi lozim bolgan asosiy jihatlar xususida malumot olish uchun tibbiyot fanlari doktori, vrach-neonatolog, Respublika ixtisosla?shti?ri?lga?n pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot marka?zi ilmiy ishlar boyicha direktor orinbosari Kamola SALIHOVAga murojaat etdik.

Kokrak suti chaqaloqlar uchun eng yaxshi ozuqa, u dastlabki olti oyda bola organizmini barcha kerakli ozuqa moddalari bilan taminlab beradi, deydi Kamola Shavkatovna. Har bir onaning suti aynan oz farzandining ehtiyojlariga mos keladi va barkamol rivojlanishi uchun zarur bolgan moddalardan tarkib topadi. Shu bois turli ayollarda kokrak suti sifati va tarkibi farq qiladi.

Muhim tomoni, bolani kokrak bilan emizish ona sogligi uchun ham foydali: kamqonlikning oldi olinadi, kokrak bezi va bachadon saraton kasalliklarining paydo bolish xavfi kamayadi. Qolaversa, kokrak bilan muntazam emizish ona va bola ortasida kuchli mehrli aloqani ornatib, ham bola, ham onaning ruhiy-emotsional holatiga ijobiy tasir korsatadi, godakka himoyalanganlik, xotirjamlik bagishlab, miriqib uxlashini taminlaydi.

Emizikli onaning ovqatlanish ratsioni uning suti sifatiga qay darajada tasir korsatadi?

Kokrakda sut ishlab chiqilishi onaning ovqatlanish ratsioniga bevosita bogliq emas. Sutning kerakli miqdorda hosil bolishi bolaning emishidan kelib chiqadi. Yani, bola onani qanchalik kop emsa, shuncha kop miqdorda kokrak suti ishlab chiqiladi. Bunda bolaning togri emishi asosiy rol oynaydi. Bola uchun foydali va zarur moddalarni ona oz organizmidagi zaxiralardan sut orqali beradi. Demak, emizikli ayolning soglom ovqatlanishi juda muhim. Tabiiy sharoitda osgan, allergiya bermaydigan, kimyoviy moddalardan xoli mahsulotlarni istemol qilish lozim.

Shu orinda meva, rezavorlar xususida toxtalib otmoqchiman. Meva va rezavorlar soglom ovqatlanish ratsionining ajralmas qismidir. Ammo ehtiyot chorasi sifatida ularni ratsionga kamroq miqdorda kiritgan maqul. Emizikli ayollarga kun davomida 200 gr. meva, rezavor istemol qilish tavsiya etiladi, bora-bora bu miqdorni 300 gr. gacha kopaytirish mumkin. Qanday meva, rezavorlarni istemol qilish ham muhim, bu orinda tanlovni organizm uchun bolalikdan tanish bolgan mahalliy mevalarga qaratish lozim. Ekzotik mevalarni esa bola 3-4 oyga tolgach, kam miqdordan istemol qilish mumkin, shunda ham bola qanday reaksiya qilishiga etibor berish kerak.

Ona suti yetishmovchiligida yoki boshqa sabab bilan bola sutli aralashma bilan boqilganda nimalarga etibor qaratish kerak? Zamonaviy sutli aralashmalar ona suti ornini nechoglik bosa oladi?

Bolaga ona suti bilan birga qoshimcha tarzda sutli aralashma berilsa yoxud bola tamomila suniy ovqatlantirishda bolsa, sutli aralashmalarni tayyorlash, saqlashga ota masuliyat bilan yondashish, ozboshimchalik qilmay, yoriqnomadagi va shifokor korsatmalariga qatiy amal qilish kerak.

Sutli aralashmani oldindan tayyorlab qoyishga aslo yol qoyilmaydi, hatto yarim soat ilgari tayyorlangan aralashma ham bolaga berish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Sut bakteriyalar kopayishi uchun juda qulay muhitdir, bu esa bolaning ovqat hazm qilish tizimida buzilishlarga sabab bolishi mumkin. Agar tayyorlangan aralashma qolib ketsa, qayta isitilmay, tashlab yuborish lozim.

Turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan sutli mahsulotlarni aralash qollash tavsiya etilmaydi. Mahsulotlar tarkibidagi farq bola ichagida buzilish keltirib chiqarishi mumkin. Shuningdek, sutli aralashmalarni hadeb ozgartirish ham maqullanmaydi. Yaxshisi, bola uchun eng maqul bir sutli aralashma tanlab olinishi kerak.

Ona suti yangi tugilgan bola uchun mukammal ozuqadir. Shuning uchun sanoat va tibbiyot qanchalik taraqqiy etmasin, hatto eng zamonaviy suniy aralashmalar ham ona suti ornini bosa olmaydi.

Ayrim hollarda ayollar «sutim yoq» yoki bola emmayapti deb, bolani osonlikcha suniy emizishga otkazishadi. Qay hollarda ona suti kelishida muammolar uchraydi, uni bartaraf etish choralari qanday?

Jahon sogliqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining takidlashicha, kokrak sutining yoqligi yoki uning yetishmasligi shunchaki bolani kokrakka notogri tutish va muntazam emizmaslik oqibati, xolos. Laktatsiyasiz, yani sut kelmaydigan onalar bolmaydi (95 foiz ayollarda kokrak suti meyorda ishlab chiqiladi).

Kokrak bilan emizishda muammolar paydo bolsa, avvalo mutaxassisga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Ayolning ruhiy ahvoli yaxshi bolsa, oilada soglom muhit ornatilsa, ona suti kelishida muammolar bolmaydi, aksincha, turli stress, charchoq onada sut hosil bolishiga salbiy tasir korsatadi.

Chaqaloqning onani emmaslik holatlari ham uchrab turadi. Qay hollarda godak ona sutidan voz kechishi mumkin?

— Endigina dunyoga kelgan murgak dangasa yoxud injiq bolishi mumkin emas. U ona kokragidan voz kechayotgan ekan, demak, buning jiddiy sabablari bor. Agar tuguruq qiyin kechgan bolsa yoki bola muddatidan ilgari dunyoga kelsa, uning tabiiy reflekslari toliq shakllanmagan boladi. Bola biroz ulgayib, quvvatga kirgach, tabiiy tarzda ovqatlanishga organadi. Bu holda onadan sabr talab etiladi. Emayotgan vaqtda shoshirmaslik, har 3-5 daqiqa orasida 10 soniyalik tanaffuslar qilish, kokrak olishiga komaklashish bolaning reflekslari sonmasligiga yordam beradi. Bazan muddatiga yetib, soglom tugilgan bola ham kokrakdan emishga toliq tayyor bolmasligi mumkin. Emayotgan vaqtda gavda holatini u uchun qulay bolgan holatga ozgartirish, bolani mahkam yorgaklab, qorongi va shovqinsiz xonada qolda ohista tebratgan holda kokrak tutish unga goyo ona qornini eslatib, xotirjam bolishini taminlaydi.

Kundalik ratsionga ozga taomlarning kiritilishi sut tami ozgarishiga olib keladi. Ayrim godaklar ona sutidagi arzimas begona tamni ham sezadi. Bu ham bolaning emmay qoyishiga bir sabab. Ona suti juda serob bolganda, sut tiqilib, bola yotala boshlaydi. Natijada emishdan bosh tortadi. Bunda bolani ikkala kokrakdan bir xil emizishga odatlanish kerak.

Bola qanday sababdan bolmasin, ona sutini emmasa, albatta shifokorga murojaat etib, kerakli korsatmalar olish zarur.

Yurtimizning iqlim sharoitlarini hisobga olib, chaqaloqlarni necha marta va qanday miqdorda ovqatlantirgan maqul?

Chaqaloqning oshqozon hajmi tez-tez va kam miqdorda ozuqa qabul qilishga moslashgan, bir vaqtning ozida 150-200 ml. sutni qabul qilishi fiziologik jihatdan togri kelmaydi. Shuning uchun yangi tugilgan chaqaloqlarni dastlabki oylarda sutka davomida 10-15 martagacha emizish talab qilinadi. Ikki-uch oylik davrida esa ozining individual oziqlanish tartibi aniqlanadi.

Bola kokrakni ozi chiqarib yubormaguncha emizishdan toxtatish tavsiya etilmaydi. Tungi emizish esa onada sut ishlab chiqishini kopaytirib, olti oygacha istalmagan homiladorlikdan saqlaydi.

Shuni aytish kerakki, bola hayotining birinchi olti oyligida ona suti yagona ozuqa mahsuloti hisoblanib, bolaga hech qanday qoshimcha suyuqlik yoki boshqa mahsulotlar, hatto suv ham berishga zarurat yoq. Ona suti tarkibida suv yetarli miqdorda bolganligi uchun, yozning eng issiq kunlarida ham bola qoshimcha suvga muhtoj emas.

Olti oylikdan boshlab esa bola ratsioniga asta-sekin qoshimcha ovqat (meva-sazbzavotli pyurelar, tvorog, kefir) kirita boshlanadi. Bunda shifokor tavsiyasiga qatiy amal qilish kerak. Shu bilan bir qatorda, bolaning talabiga kora, ona suti bilan boqish davom ettiriladi. Aslida kokrak bilan emizish 2 yoshgacha va undan koproq vaqt davomida tavsiya etiladi.

Nihollar mehr bilan parvarish qilingandagina kelajakda ildizlari baquvvat shovullagan daraxtlarga aylanadi. Shu kabi bola hayotining dastlabki davrida soglom ovqatlantirish kelgusida uning salomatligi uchun mustahkam poydevor boladi. Ozbekistonda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar va bolalar sogligini muhofaza qilishga davlat siyosatining eng muhim, ustuvor yonalishi sifatida qaralishi ham bejiz emas, albatta. Zero, yurtimizning kelajagi aynan osib kelayotgan barkamol avlodga bogliqdir.

Dildora YOLDOSHEVA

suhbatlashdi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: