O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
05.02.2019

BILIMDONLIKMI, NODONLIKMI?

Poytaxtimiz ko‘chalarini aylanar ekansiz, bolayotgan bunyodkorliklarni korib kozingiz quvnaydi. Kop qavatli turar-joylar, ovqatlanish shoxobchalari, madaniy dam olish maskanlari shaharga zamonaviylik bilan bir qatorda ozgacha bir davr nafasini ham berib turibdi. Bu albatta quvonarli hol. Biroq binolar peshonasidagi e’lon va reklamalar asosan chet tillarda yoki lotin alifbosida osib qoyilgani, shu bilan birga ular xatolar bilan yozilgani kishida noxush taassurot uygotadi. Togri, chet tillarini bilish, targib qilish kerak. Ammo ularning togri yozilishiga ham etibor qaratish lozim emasmi?!

Sozlar xorijiy, xususan ruscha, lekin lotin alifbosida yozilgan. Misol uchun, «Avtostraxovka qilamiz», Karavan-kafe, Rastushovka qilamiz, znaniya- o'quv markazi, detskiye obuvi, Konstavari, Fikus, Tri korolya. Bu rus tilidagi reklamalardan ayrimlari, xolos.

Endi ingliz tilidagi reklamalarga bir nazar tashlasak: Love Story, Happy Wedding-toy tashkiloti, Shopoholic, Baby boom, Mangal, Dotto, Vega cinema, Look, Inglish campus, Alfa aspire o'quv markazi, Stoma-servis, Play station, carcher, Toys-boys kabi koplab sozlar talaffuzdan kelib chiqib imlo xatolar bilan yozilgani kozga tashlanib turibdi. Ozimizning ozbek tilida yozilgan sozlar ham unchalik obod emas. Misol uchun, Nilyu market, Kamal erkaklar saloni, Tilla magazini, Moshina yuvamiz, Shaxruh MChJ, Karvansaray, Shaxribanu...

Bu royxatni uzoq davom ettirish mumkin. Hozir avval ota-bobolarimiz ishlatgan sozlar u yoqda tursin, yaqin paytgacha nutqimizda, kundalik hayotimizda istemol qilingan sozlarni ham kopchilik bilmaydi. Shu orada bir oyin- sorovnomani otkazib kordim. Bunda men shu kunlarda tilimizda ishlatilayotgan,ommalashgan sozlar ornini ilgari ishlatilgan, biroq hozirda unutilib borayotgan sozlar orni bilan almashtirilgan holda sorab kordim. Ikkinchi guruhdan esa aksincha. Royxatimda quyidagi sozlar aks etgan edi: chang yutgich (pilisos), sok qiladigan asbob (sokoviye vijimalka), dazmol (utyuk), taqvim (kalendar), orindiq (skameyka), xiyobon (park), market (bozor), xamirturush (droja), ovoz kuchaytirgich (kolonka), qisqasi (koroche), masalan (naprimer), allaqachon (uje) va boshqalar. Natija kutganimdek... ruscha sozlarning ozbekchasini hamma ham bilmadi.

Yoshlar orasida sozlarning ozbekona aytilishidan kora, bugun urfda bolgan ruscha sozlarni ishlatadiganlar oz emas. Bu ularning bilimdonligidan darakmi yoki nodonliklaridanmi?! Umuman olganda, ona tiliga bunday etiborsizlik, hurmatsizlikni nima deb baholamoq mumkin? Ozini hurmat qilgan, gururli odam ona tiliga hech qachon befarq qaray olmaydi, deb oylayman.

Maftuna ABDUKARIMOVA,

Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: