O'zb  
 
05.02.2019

DEPUTATLAR UCHRASHUVLARDAN QAYTDI

O‘tgan haftada Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari joylarda bolib, haqiqiy holat bilan tanishdi. Aholini oylantirayotgan masalalar, yechimini kutayotgan muammolar organildi, ularni bartaraf etish choralari korildi.

Ozbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Komila Karomova va Qashqadaryo viloyat partiya kengashi raisi, viloyat Kengashidagi partiya guruhi rahbari Olim Ravshanov Guzor tumanida aholi vakillari bilan uchrashdi.

Aytish kerakki, tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar aholining turmush farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda. Joriy yilda 47 ta istiqbolli loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Natijada koplab insonlar ish bilan taminlanadi. Bu haqda tuman hokimi Sadulla Boboqulov deputatlarga malumot berdi.

Yuzma-yuz muloqotlarda aholi vakillari ozlarini qiynab kelayotgan qator masalalar boyicha murojaat qildi. Jumladan, qishloq vrachlik punktini qurib foydalanishga topshirish, hududdagi 12-orta maktabni isitish va aholini ichimlik suvi bilan taminlash masalalari deputatlar nazoratiga olindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ahad Ahmedov Navoiy viloyati Qiziltepa tumani aholisi bilan ochiq muloqot otkazdi.

— Dehqonni hamisha qiynaydigan, tashvishga soladigan masala suv bilan bogliqdir, dedi Gulbog mahalla fuqarolar yiginidagi fermer xojaligi raisi Bahodir Toraqulov. Togrisi, sugorish mavsumida kop qiyinchilikka uchraymiz. Ekinlarga suvning oz vaqtida yetib bormasligi uning hosildorligi, tabiiyki, daromadga ham jiddiy tasir qiladi. Shuning uchun fermer xojaliklari yerlari va aholi tomorqalarini sugorish uchun uzluksiz ravishda oqava suv bilan taminlash masalasida bizga yordam kerak.

«Varozun» qishloq oilaviy poliklinikasida fizioterapiya bolimi yoq, dedi Varozun MFYda yashovchi Nasullayeva Xonzoda. UZI apparati hamda tez tibbiy yordam mashinasiga ham ehtiyoj katta. Ana shu masalalar hal etilsa, aholi xursand bolardi. Tibbiyot muassasasini xirurg, terapevt kabi mutaxassis shifokorlar, Sheyxon mahallasidagi patronaj hamshiralarni velosiped bilan taminlash kerak, deb oylayman. Shuningdek, Varozun-Zarmetan yollari allaqachon tamirtalab ahvolga kelib qolgan.

Qasriashurak MFY hududi gaz taminotidan toliq uzilgan bolib, tabiiy gaz istemoli uchun ortiqcha tolangan mablag qaytarilishi kerak. Rasul Karimov ana shu masalada murojaat qildi. Ziyodullo Bobojonov esa qishloqdagi 8 ta xonadonning elektr energiya tizimi yaroqsiz ahvolga kelib qolganini aytdi. Elektr liniyalarini almashtirishda yordam soradi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OzXDP fraksiyasi azosi Nomon Akbarov oz saylov okrugida jamoat tashkilotlari hamda ozini-ozi boshqarish organlari bilan birgalikda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boyicha amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy soha obektlarining bugungi kundagi ahvoli yuzasidan organishlar olib bordi.

Hususan, Margilon shahridagi Yangi bog, Zuhra, Guliston, Dostlik MFY aholisining kommunal sohadagi muammolari, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish boyicha tijorat banklarining xizmat korsatish sifati muhokama qilindi. Aholi bandligini taminlash, bosh turgan binolardan unumli foydalanish, ijtimoiy sohada yechimini kutayotgan boshqa muammolar yuzasidan fuqarolar bilan muloqot otkazildi.

Hududlarda ijro hokimiyati va jamoat birlashmalari, ijtimoiy soha rahbarlarining har biri birinchi navbatda ijro intizomiga qatiyan amal qilishi, oz majburiyatlariga masuliyat bilan yondashishi kerakligi takidlandi.

Bu kabi uchrashuvlar Respublikamizning barcha hududlarida bolib otdi. Murojaatlarning aksariyat qismi joyida hal etildi, qolganlari nazoratga olindi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: