O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
05.02.2019

AXBOROT SOHASI VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALARNI YANADA RIVOJLANTIRISHGA OID QOSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda soz va axborot erkinligini ta’minlash, axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishning institutsional-huquqiy asoslarini shakllantirish boyicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni davlat tomonidan qollab-quvvatlash boyicha samarali tizim shakllanmagan.

Davlat organlari, xojalik boshqaruvi organlari, davlat korxonalari va tashkilotlari (keyingi orinlarda – davlat organlari va boshqa tashkilotlar) matbuot xizmatlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ozaro hamkorligi yetarli darajada yolga qoyilmagan.

Bundan tashqari, sohaga investitsiyalar jalb etish hamda noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini tashkil etishda, xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishda davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan foydalanishga lozim darajada etibor qaratilmayapti.

Axborot sohasini davlat tomonidan qollab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, mamlakat media-bozorini jadal rivojlantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligini taminlash, kitob va boshqa bosma mahsulotlar ishlab chiqarish sifatini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasidagi vazifalarga muvofiq:

1. Quyidagilar:

Ozbekiston matbuot va axborot agentligi negizida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi orinlarda — Agentlik);

Qoraqalpogiston matbuot va axborot agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalari negizida Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmalari (keyingi orinlarda hududiy bolinmalar);

yuridik shaxs tashkil etmagan holda Ozbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qollab-quvvatlash jamgarmasi (keyingi orinlarda Jamgarma);

Ozbekiston matbuot va axborot agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi negizida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari boyicha markazi (keyingi orinlarda Markaz) tashkil etilsin.

2. Toshkent matbaa-noshirlik kasb-hunar kolleji, uning nomini Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kasb-hunar kollejiga ozgartirgan hamda amaldagi moliyalashtirish tizimini saqlab qolgan holda Agentlik tasarrufiga otkazilsin.

3. Quyidagilar:

a) Agentlikning asosiy vazifalari etib belgilansin:

fuqarolarning soz va axborot erkinligiga doir konstitutsiyaviy huquqlarining royobga chiqishini taminlash, mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy rivojlantirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, media-bozorda ular uchun teng sharoitlar yaratish, shuningdek, jurnalistlar huquqlarini himoya qilish;

ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qollab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni taminlash, shuningdek, investitsiyalar jalb etish va davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida loyihalarni amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish;

axborot sohasidagi qonun hujjatlarini qollash amaliyotini umumlashtirish, ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatining rivojlanishini davlat tomonidan qollab-quvvatlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ilgari surish va ishlab chiqish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarga ular faoliyatining ochiqligini taminlashda, davlat xizmatchilariga ommaviy axborot vositalari bilan ochiq, ommaviy ozaro hamkorlik qilish madaniyatini singdirishda, shu jumladan, ularning matbuot xizmatlari (jamoatchilik bilan ishlash boyicha bolinmalari) faoliyatini muvofiqlashtirish va uslubiy jihatdan taminlash orqali komaklashish;

mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni, investitsiyalar kiritish va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun yaratilgan qulay sharoitlarni, avvalo, xorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targib etish va keng xabardor qilish masalalarida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek, Ozbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan ozaro hamkorlik qilish;

tarmoq korxonalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlari, innovatsion goyalar va texnologiyalarni joriy etish boyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

kitob nashr etish, elektron va audio kitoblar yaratish, kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, xorijda ozbek adabiyotini ommalashtirish sohasida dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taminlash;

jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona korxonalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, tarmoqning muhandislik-texnik mutaxassislarini tayyorlashda komaklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini taminlash;

respublika axborot xavfsizligini taminlashda ishtirok etish hamda axborot sohasidagi xatar va tahdidlarga qarshi oz vaqtida va munosib ravishda kurashish choralarini korish;

Agentlik vakolatiga taalluqli masalalar boyicha xalqaro hamkorlikni tashkil etish;

b) Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining ochiqligi holati va darajasini tahlil qilish;

milliy axborot makonini hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirishni qollab-quvvatlash boyicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish;

ommaviy axborot vositalarida tarqatilayotgan materiallar mazmunining, shu jumladan, shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarining himoyasini taminlashga qaratilgan qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tizimli asosda tahlil qilish;

ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi muammo va tosiqlarni aniqlash;

tahlil va monitoring natijalarini umumlashtirish va ular asosida tavsiyalar berish.

4. Ozbekiston Respublikasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boyicha davlat inspeksiyasining fonogrammalar va audiovizual asarlarni tarqatish (sotish, ijaraga berish va omma etiboriga yetkazish)da mualliflik huquqlari sohasidagi qonunchilikka va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan davlat nazorati boyicha vakolatlari Agentlikka berilsin.

5. Quyidagilar Jamgarma mablaglarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

Agentlikka idoraviy mansub nashriyotlar va matbaa korxonalarining mahsulotlarini sotishdan tushadigan sof tushumning 10 foizi miqdorida shartnoma asosidagi ajratmalardan shakllantiriladigan mablaglar;

Ozbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan 20 milliard som miqdorida bir marta ajratiladigan mablaglar;

Agentlik tomonidan ruxsatnoma tusidagi hujjatlar berganlik uchun davlat boji tolashdan tushadigan mablaglar;

jismoniy va yuridik shaxslar, jumladan, Ozbekiston Respublikasi norezidentlarining homiylik xayriyalari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar.

Belgilab qoyilsinki, Jamgarma mablaglari quyidagilarga sarflanadi:

davlat va nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirishni ragbatlantirish va ularning faoliyatini qollab-quvvatlash, shuningdek, tarmoq korxonalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

kitob mutolaasi madaniyatini oshirish, ozbek adabiyotini ommalashtirish, axborot-kutubxona muassasalarining kitob fondini rivojlantirish, nashriyotlarning oquv va adabiy materiallari kasbiy va badiiy saviyasini oshirish boyicha loyiha va dasturlarni moliyalashtirish;

xorijda Ozbekistonning ijobiy imijini targib etish, axborot kampaniyalarini otkazish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, yaratilgan qulay sharoitlar va ishbilarmonlik muhitining yaxshilanishi togrisida, avvalo, xorijiy ishbilarmon doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari orasida targibot olib borish va ularni keng xabardor qilish;

jurnalistlar hamda ommaviy axborot vositalari, matbuot, noshirlik-matbaa korxonalari va axborot-kutubxona muassasalari xodimlarini, shu jumladan, mamlakatimizdan va xorijdan mutaxassislar jalb etish, xorijda oquv stajirovkalarini tashkil etish orqali tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tadbirlarini moliyalashtirish;

Agentlik, uning hududiy va tarkibiy bolinmalarining xodimlarini moddiy ragbatlantirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;

Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarish doirasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar, nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy va talim muassasalari, yetakchi xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalarning yuqori malakali xodimlarini, shuningdek, jumladan xorijiy mutaxassislarni maslahatchi sifatida jalb etish boyicha xarajatlarni qoplash.

Agentlik Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda bir oy muddatda Ozbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qollab-quvvatlash jamgarmasi mablaglarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi togrisidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasin, unda, jumladan Agentlikka idoraviy mansub korxonalarning sof tushumidan mablaglarning bir qismi bevosita Jamgarmaga yonaltirilishini nazarda tutsin.

6. Agentlikka Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, H.Rahmatullayev kochasi, 3-uy manzilida joylashgan Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligining «Barkamol avlod» respublika bolalar markazi binosi va inshootlari tutash hududi bilan birgalikda operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin va unda Noshirlik-matbaa faoliyati sohasida mutaxassislarni tayyorlash kasb-hunar kolleji joylashtirilsin.

7. Agentlik Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan ozgartirish va qoshimchalar togrisida Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

ozlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiqlashtirsin.

8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va Ozbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining orinbosari F.Sh.Mahmudov zimmasiga yuklansin.

Ozbekiston Respublikasi rezidenti

Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019 yil 2 fevral


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: