O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
06.12.2012

INSONPARVARLIK VA BAGRIKENGLIKNING OLIY IFODASI

INSONPARVARLIK — INSON HUQUQLARINI TA’MINLAShDA MUHIM MEZONLARDAN BIRI HISOBLANADI. YO‘LDAN ADAShGAN, JINOYaT SODIR ETGAN ShAXSLARGA NISBATAN KECHIRIMLI BOLISh HAMDA ULARNI TOGRI YOLGA SOLISh INSONPARVARLIK TAMOYILIGA ASOSLANGAN DAVLATIMIZ SIYoSATINING ASOSIY YONALIShLARIDANDIR. MAMLAKATIMIZDA OLIB BORILAYoTGAN SUD-HUQUQ ISLOHOTLARI MOHIYaTIGA HAM AYNAN MAZKUR GOYa SINGDIRILGAN.

Amaldagi qonunchilikka kora, amnistiya togrisidagi hujjatlarni qabul qilish haqida Senatga Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdimnoma kiritiladi va shunga asosan Senat amnistiya togrisidagi hujjatlarni qabul qiladi.

Shu manoda, davlatimiz rahbari taqdimnomasiga muvofiq parlament yuqori palatasi tomonidan qabul qilingan «Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma yilligi munosabati bilan amnistiya togrisida»gi Qaror insonparvarlikning amaldagi yana bir yorqin ifodasi boldi.

On bitta banddan iborat bolgan mazkur hujjatda birinchi navbatda ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga tolmagan shaxslar, 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda chet davlat fuqarolari jazodan ozod qilinishi nazarda tutilmoqda.

Uzoq muddatga yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan; ota xavfli retsidivist deb topilgan; jinoiy uyushma tarkibida jinoyat sodir etgan; jazoni otash tartibini muntazam ravishda buzayotgan; shuningdek, olim jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirilgan, ota ogir jinoyat sodir etgan, taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir qilganligi uchun sudlangan shaxslarga nisbatan ushbu Qaror tatbiq etilmaydi.

Shuningdek, qarorda ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan hamda ijtimoiy xavfi katta bolmagan yoki uncha ogir bolmagan jinoyatlarni birinchi marta sodir etgan shaxslar jazodan ozod qilinishi belgilangan.

Birinchi va ikkinchi guruh nogironlari, shuningdek, sil kasalligi bilan kasallangan shaxslarga nisbatan ham amnistiya qollaniladi.

Bundan tashqari, qarorda ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinib, otalmay qolgan jazo muddati ikki yil-u olti oydan kop bolmagan mahkumlar jazodan ozod qilinishi kozda tutilgan.

Taqiqlangan tashkilotlar faoliyatidagi ishtiroki, ular tarkibida tinchlik va xavfsizlikka qarshi yoki jamoat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar sodir etganligi uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilib, tuzalish yoliga qatiy otgan shaxslar ham jazodan ozod qilinishi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga ushbu Qaror asosida ozod qilinmaydigan shaxslarning toifalari ham belgilangan:

yani, qasddan sodir etgan jinoyati uchun on yildan kop bolmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarning otalmay qolgan jazo muddatini uchdan bir qismiga, on yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarning esa otalmay qolgan jazo muddatini tortdan bir qismiga qisqartirish nazarda tutilmoqda.

Albatta, ayollar, jinoyat sodir etgan vaqtda 18 yoshga tolmagan shaxslar, 60 yoshdan oshgan erkaklar hamda chet davlat fuqarolari, ehtiyotsizlik orqasida jinoyat sodir etgan shaxslar, shuningdek, ijtimoiy xavfi katta bolmagan yoki uncha ogir bolmagan jinoyatni birinchi marta sodir etganlar ustidan olib borilayotgan barcha jinoyat ishlar tugatiladi, yani mazkur shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi va shu toifadagi shaxslar sudlanmagan hisoblanadi.

Qarorning 9-bandida Senatning tegishli Qomita va Komissiyalari ushbu Qarorning qollanilishi tartib-taomillarida jamoatchilik nazorati va ochiq-oshkoralik amalga oshirilishida senatorlar va deputatlar korpusining bevosita ishtirokini taminlash vazifasi belgilangan. Bu esa senatorlar va deputatlar zimmasiga katta masuliyat yuklamoqda.

Ushbu Qarorning 11-bandida esa mazkur hujjat elon qilingan kundan etiboran kuchga kirishi va uch oy mobaynida ijro etilishi lozimligi belgilab qoyilgan.

Shuningdek, Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari zimmasiga jazoni otash joylaridan ozodlikka chiqarilganlarning ijtimoiy hayotga moslashuvi, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va taqiqlangan tashkilotlarning sobiq azolariga nisbatan tarbiyaviy tasir choralarining uzluksizligini taminlash kabi masuliyatli vazifalar yuklatilgan.

Amnistiya oliy davlat hokimiyati organining ayrim shaxslarni jinoiy javobgarlikdan yoki jinoiy jazodan ozod qiladigan xususiy qarordir. Bilmay xato qilganni yoki qilmishidan pushaymon bolganlarni kechirish, ular hayotdan oz ornini topib olishiga yana bir bor imkon berish xalqimizga xos bagrikenglikning namunasidir.

Shuni alohida qayd etish kerakki, mazkur hujjat nafaqat demokratik jamiyatning ustuvor tamoyillari, balki, insonni ezozlash, bagrikenglik va muruvvat korsatish kabi milliy qadriyatlarimizning oliy ifodasidir.

Svetlana ORTIQOVA,

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qomitasi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: