O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.01.2019

KURASH KESKIN BOLDI, AFSUSKI, OMAD KELMADI!

Birlashgan Arab Amirliklarida davom etayotgan Osiyo Kubogining bir qator nimchorak final uchrashuvlari bo‘lib otmoqda. Yaponiya va Saudiya Arabistoni ortasidagi bahsda 1:0 hisobi qayd etildi. BAA va Qirgiziston jamoalari ishtirokidagi oyin qoshimcha taymlardan song 2:1 natijasi bilan tugadi. Ozbekiston hamda Avstraliya uchrashuvining asosiy vaqtida hisob ochilmadi...

OYINDAN OLDIN

Oyindan avval dunyoning nufuzli futbol nashrlarida Avstraliya Ozbekistonni oson maglubiyatga uchratishi aytilgandi. Hatto kamida 2 top farqi bilan yengishi taxmin qilingan edi. Oyindan oldin terma jamoamiz murabbiyi Ektor Kuper va yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov quyidagi fikrlarni bildirgan edi.

Ektor KUPER:

— Pley-off bosqichida xato qilishga hech kimning haqqi yoq. Yutqazgan jamoa uyiga ravona boladi. Buni togri tushunib turibmiz. Maydonga faqat va faqat galaba uchun tushamiz. Avstraliya Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri. Bizda otgan oyinlardagi xatolarimizni togrilash uchun 3 kun vaqt boldi. Bu vaqt mobaynida raqibni ham obdan organdik. Oyinimizga ham ba’zi ozgartirishlar qildik. Lekin jamoamizning oyin chizgisi ozgarmaydi. Avstraliyaga qarshi biz yaxshi futbol korsatamiz. Maydonga shu maqsadda tushamiz.

Barcha jamoaning oz uslubi bor. Ozbekiston terma jamoasi ham yangi oyin uslubini shakllantirmoqda. Men bu masalada faylasuflik qilmoqchi emasman. Albatta, raqibdan kelib chiqib, bazi taktik ozgarishlarni amalga oshiramiz. Musobaqa davomida oyin uslubimizni keskin ozgartirmaymiz. Menimcha, hozirgi holatda uslub yoki taktikani ozgartirish yaxshi goya emas.

Men Avstraliya terma jamoasini organish va tahlil qilishda ularning musobaqadagi butun oyinlariga etibor qaratdim. Raqib kuchli, lekin biz ularning kuchsiz va zaif nuqtalarini topamiz. Shuningdek, oz oyinimiz orqali ularning kuchli jihatlarini zaiflashtirishga harakat qilamiz.

Jaloliddin MASHARIPOV:

Musobaqadagi dastlabki bahsda bizda ozgina hayajon sezildi. Lekin Turkmanistonga qarshi oyindan keyin ozimizga bolgan ishonch ancha ortdi. Uchinchi bahsda garchi Yaponiyadan maglubiyat uchragan bolsak-da, biz yaxshi oynadik. Mazkur maglubiyat ozimizga bolgan ishonchni yoqotmaydi. Avstraliya bilan oyin oldidan oz kuchimizga bolgan ishonch yuqori. Hech qanday qorquv yoq.

OYIN PAYTIDA

Uchrashuv boshdan-oyoq hayajonli otdi. Avvaliga jamoalar galma-gal hujum qilib korishdi. Vaqt otgan sayin raqiblarimiz tashabbusni qolga ola boshladi. Hisobni ochish imkoni ikki jamoada ham boldi. Ammo hisob ochilmadi.

Qoshimcha ikki taymda futbolchilarimiz biroz charchagani sezildi. Shunday bolsa-da, xavfli qarshi hujumlar uyushtirishdi. Avstraliyaliklar ham ehtiyot bolib harakat qilishdi. Oxir-oqibat golib penaltilar seriyasi orqali aniqlanadigan boldi. 11 metrdan darvozani nishonga olishda omadimiz kelmadi. Marat Bikmayev va Islom Toxtaxojayev zarbalarini raqib darvozaboni qaytardi.

OYINDAN KEYIN

Ektor KUPER:

Bunday maglubiyatdan song biror soz aytish qiyin. Ammo oyinchilarim aytilgan barcha korsatmalarni bajarishdi. Shogirdlarim bilan, jamoam bilan faxrlanaman. Ikkinchi taymda 15-20 daqiqa sustroq oynadik. Avstraliya bilan tengma-teng oyin namoyish etdik. Penaltilar seriyasi bu lotereya. Bu futbol. Oldinga intilishda davom etamiz. Endi xatolarni tahlil qilib, oyinimizni yanada kuchaytirish uchun ish olib boramiz.

Bugun Toshkent vaqti bilan soat 18:00da Janubiy Koreya Bahrayn hamda soat 21:00da Qatar Iroq ortasidagi nimchorak final uchrashuvlari bolib otadi.

Shahboz SAIDOV


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: