O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.01.2019

YOLGIZ AYOLNING UYI BUZIB TASHLANDI

Endi u ikki nafar norasida farzandi bilan qayerda yashaydi?..»

Gazetamizning o‘tgan yil 13 noyabr sonida chop etilgan yuqoridagi sarlavhali tanqidiy maqolada Andijon viloyati, Oltinkol tumani, «Chaqqon-2 mahalla fuqarolar yiginida ikki nafar voyaga yetmagan farzandi bilan yashab kelayotgan Nafisaxon Bobonazarovaning uyi sud tomonidan noqonuniy qurilgan, deb topilib, Majburiy ijro byurosi Oltinkol tuman bolimi tomonidan 2018 yil 9 avgust kuni kechki payt ekskavator bilan buzib tashlangani togrisida fikr-mulohazalar bildirilgan edi.

Qonunsiz qurilgan uy buzib tashlanishi mumkin, albatta. Ammo Prezidentimizning 2018 yil 20 apreldagi Fuqarolarni ijtimoiy qollab-quvvatlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar hamda ozboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini otkazish togrisidagi farmoni elon qilingani, ushbu hujjatga asosan va insonparvarlik nuqtai nazaridan ikki bolali yolgiz ayolning uyini buzmaslik mumkin edi-ku, degan masala kotarilgan edi.

Ushbu maqolaga kelgan javob xatlarini etiboringizga havola etamiz.

ANDIJON VILOYATI PROKURATURASI JAVOBIDAN:

... Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari boyicha Andijon tumanlararo sudining 16.01.2018 yildagi hal qiluv qarori bilan davogar — Oltinkol tuman prokuraturasi I.Turdiyev va F.Asqarov manfaatini kozlab, javobgar N.Bobonazarovaga nisbatan Noqonuniy qurilmalarni javobgar hisobidan buzdirish haqidagi davo arizasi qanoatlantirilgan.

Ozbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining Er kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar togrisidagi qarorining 9-bandida Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish bilan bogliq bolgan ishlar boyicha taraflar nizoli yer uchastkasiga bolgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni sudga taqdim qilishlari shart...

Aniqlanishicha, Oltinkol tuman prokuraturasi tomonidan fuqarolar F.Asqarov va I.Turdiyevlarning murojaatlarini tekshirish natijasida Oltinkol tuman, Chaqqon-2 mahallasida yashovchi N.Bobonazarova Oltinkol tuman XTMFMT va TE bolimiga qarashli 51-sonli umumiy orta talim maktabining stadion maydonining 1400,0 kv.metr yer maydoni qismini ozboshimchalik bilan egallab olib, qurilmalar qurib olgan...

Jinoyat ishlari boyicha Andijon tuman sudining 21.02.2018 yildagi hukmiga kora, N.Bobonazarova (Nafisa Bobonazarovaning onasi. Izoh tahririyatniki) 2010 yil noyabr oyidan davlat ishtirokidagi Oltinkol tuman XTMFMT va TE bolimiga qarashli 51-sonli umumtalim maktabi direktori vazifasida ishlab kelib, mansab vakolatini suiistemol qilib, mansab vakolatidan qasddan foydalanib, Oltinkol tuman hokimining 06.10.2014 yildagi 418-sonli qarori bilan 51-sonli umumtalim maktabiga ajratilgan 20134,0 kvadrat metr yer maydonining 0,15 ga teng bolgan yer maydonini 2014 yilda egallab olib, ushbu yer maydoniga uy-joy qurib, shu kunga qadar foydalanib kelib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sababchi bolganligi uchun Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi bilan aybli deb topilgan.

Ozbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasiga kora, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek, imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki ozga kochmas mulk, ozboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi...

Biroq javobgar N.Bobonazarova sud jarayonida, ushbu yer maydoni oziga tegishli ekanligini tasdiqlovchi biron-bir hujjatni sudga taqdim qilmagan.

Qayd etilganlarga asosan viloyat sudi kassatsiya instansiyasining 13.04.2018 yildagi ajrimi bilan fuqarolik ishlari boyicha Andijon tumanlararo sudining 16.01.2018 yildagi hal qiluv qarori ozgarishsiz qoldirilgan.

Mazkur sud qarorlarini fuqarolik ishi hujjatlari bilan birga organib chiqish jarayonida, ularga nisbatan protest keltirish uchun yetarli asoslar topilmadi. Murojaat yuzasidan muallif viloyat prokuraturasiga taklif qilinib, u bilan suhbatlashish jarayonida murojaatda keltirilgan turmush ortogi va unga uzoq yillar davomida oqituvchi bolib ishlaganligi tufayli 1988-1990 yillarda Oltinkol tuman sobiq Kuybishev nomli kolxozning rahbarlari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer ajratib berilganligini tasdiqlovchi birorta hujjatlari mavjud emasligini bildirdi.

Yuqoridagilarni muallifga malum qilish bilan birga, amaldagi qonunchilik talablarini tushuntirib javob xati yuborilishi taminlandi.

A.M.SAYDALIYEV,

Viloyat prokurorining orinbosari, adliya maslahatchisi.

FUQAROLIK ISHLARI BOYICHA ANDIJON VILOYAT SUDI JAVOBIDAN:

... Fuqarolik ishi hujjatlariga kora, davogar Oltinkol tuman prokuraturasi Turdiyev Inomiddin va Asqarov Faxriddinni manfaatini kozlab sudga javobgar Bobonazarova Nigoroyga nisbatan davo ariza bilan murojaat qilib, javobgar Bobonazarova Nigoroy tomonidan Oltinkol tuman XTM FMT va TEga qarashli 51-sonli umumiy orta talim maktabi hududida noqonuniy qurib olingan uy-joyni majburiy tartibda buzdirishni soragan.

Fuqarolik ishlari boyicha Andijon tumanlararo sudining 2018 yil 16 yanvardagi hal qiluv qarori bilan davo talabi qanoatlantirilib, Oltinkol tuman XTMFMT va TEga qarashli 51-sonli umumiy orta talim maktabi stadion maydonini 1400,0 kv.metr yer maydonidagi noqonuniy qurilmalar javobgar Bobonazarova Nigoroy Onarboyevna hisobidan majburiy tartibda buzdirish belgilangan...

Sudda aniqlangan holatga kora, Oltinkol tuman prokuraturasi tomonidan otkazilgan tekshirish natijasida Oltinkol tuman, Chaqqon-2 mahallasida yashovchi Bobonazarova Nigoroy Onarboyevna Oltinkol tuman XTMFMT va TEga qarashli 51-sonli umumiy ortatalim maktabining stadion maydonini 1400,0 kv.metr yer maydonini ozboshimchalik bilan egallab olib, qurilmalar qurib olganligi aniqlangan...

Jinoyat ishlari boyicha Andijon tuman sudining 2018 yil 21 fevraldagi hukmiga kora, N.Bobonazarova 2010 yil noyabr oyidan davlat ishtirokidagi Oltinkol tuman XTMFMT va TE bolimiga qarashli 51-sonli umumiy orta talim maktabi direktori vazifasida ishlab kelib, mansab vakolatini suiistemol qilib, mansab vakolatidan qasddan foydalanib, Oltinkol tuman hokimining 2014 yil 6 oktabrdagi 418-sonli qarori bilan 51-sonli umumtalim maktabiga ajratilgan 20134,0 kvadrat metr yer maydonining 0.15 ga teng bolgan yer maydonini 2014 yilda egallab olib, ushbu yer maydoniga uy-joy qurib, shu kunga qadar foydalanib kelib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sababchi bolganligi uchun Jinoyat kodeksining 205-moddasining 1-qismi bilan aybli deb topilgan va javobgarlik belgilangan...

Javobgar N.Bobonazarova nizoli yer maydonini qonunda belgilangan tartibda oziga ajratib berilganligini va qurilmalarni ruxsat olgan holda qurganligini tasdiqlovchi huquqiy hujjatni sudga taqdim qila olmagan. Shuningdek, ushbu yer maydoni javobgarga ajratilganligi haqida hokim qarori mavjud emas...

Shunga kora, maqolada korsatilgan N.Bobonazarova yolgiz ayol bolsa-da, uni maktabga tegishli yerni noqonuniy egallab, uy-joy qurib olish huquqi bolmagan. Uning yolgiz ayol ekanligi nizodagi yerni egallash uchun ustun huquqqa ega ekanligini anglatmaydi.

Chunki qonun ustunligi sozsiz tan olinishi shart va har bir fuqaro rioya etishga majbur.

Bayon qilinganlarga kora, sudning qarori qonuniy va asosli bolib, sud hujjatlari qonuniy kuchda ekanligi, fuqarolik ishini korishda qonun talablari buzilishiga yol qoyilmaganligi malum qilinadi.

Viloyat sudi raisi J.M.KARABOYEV.

TAHRIRIYATDAN:

Avvalo, oz vaqtida javob xati berilganligi uchun viloyat prokuraturasi va viloyat sudi rahbariyatiga minnatdorlik bildiramiz. Shuningdek, Ozbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 212-moddasi, Yer kodeksining 91-moddasi, fuqarolik protsessual kodeksining 72-moddasi togrisida bizga va gazetxonlarga keng malumot berilgani uchun yana bir bor minnatdorlik izhor etamiz. Ammo maqoladagi ikkita asosiy savol etibordan chetda qolayotgani sababli bu javoblardan tola qoniqmaganimizni ham bildirmoqchimiz.

Birinchi savol Prezidentimizning 2018 yil 20 apreldagi Fuqarolarni ijtimoiy qollab-quvvatlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar hamda ozboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga nisbatan mulk huquqini etirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini otkazish togrisidagi farmoni elon qilingan bir paytda, aholini uy-joy bilan taminlash masalasiga davlatimiz eng muhim vazifa sifatida qarayotgan, odamlarni rozi qilish uchun kurash borayotgan paytda ikki nafar farzandi bor yolgiz ayolning uyini buzish shartmidi? Asrab qolish uchun huquqiy asos bor ediku.

Ikkinchi savol Uy-joyi buzilib kochada qolgan bu ayol endi qayerda yashaydi? Tuman hokimligi tashlandiq, hech qanday sharoiti yoq bir binoni vaqtincha yashash sharti bilan beribdi. Bolalar bogchasida arzimagan maoshga kir yuvuvchi bolib ishlayotgan bu ayol qanday qilib, qaysi mablag hisobiga bu kulbani tamirlaydi?

... Tahririyatga kelgan javoblardan song bizda boshqa savollar ham paydo boldi.

Uchinchi savol Uy buzilishga buzilibdi. Arizachilar, prokuratura, sud davlat yerini himoya qilibdi. Ammo ikki bolali ayol huquqi, manfaatini kim himoya qiladi? Osha yer narxi inson qadridan yuqori turadimi? Yoki boshqa biror joydan hashar yoli, homiylar yordamida bu oilaga uy qurib berish yoki uy berish imkoni haqida oylab korilmadimi? Bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ishlar boshidan kop azob-uqubatlarni otkazgan zahmatkash xalqimizni, har bir yurtdoshimizni uluglashga qaratilayotgani qayta-qayta uqtirilmoqda. Oltinkoldagi voqea buning aksi emasmi?

Tortinchi savol Javob xatlarida (qarang, bir-biriga juda oxshash) qonunsiz qurilgan uy haqida shunday jumla bor: ushbu yer maydoniga uy-joy qurib, shu kunga qadar foydalanib kelib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sababchi bolgani uchun jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi bilan aybli, deb topilgan.

Bu jiddiy ziyon nimadan iboratligini, togrisi, tushunmadik. Maktab bir qavatli, 240 oquvchiga moljallangan. Unga 2 gektardan koproq yer ajratilgan, hayhotdek maydon necha yildan buyon bom-bosh yotgan bolsa, kimga qanday ziyon yetgan? Kimga xalaqit bergan, kim jabr korgan? Maktabning biror loyihasiga, taraqqiyotiga tosqinlik qilinganmi?..

Yana bir qoshimcha savol ustida ham oylab korishimiz kerakka oxshaydi. Darvoqe, bu haqda aytilgan, ogohlantirilgan. Maktablarga, ayniqsa, qishloq maktablariga bir paytlar haddan tashqari, keragidan ortiq yerlar berilgan bolib, yillar davomida huvullab yotganlari oz emas. Uylab, keragicha yer maydoni ajratilsa, maqsadga muvofiq emasmikan?..

Bu savol prokuraturaga bevosita tegishli emas, albatta. Hokimiyat va jamoatchilik etiboriga havola qilinmoqda. Maqolada kotarilgan, ammo javobsiz qolgan savollarga ehtimol viloyat hokimligi javob berar? Ehtimol yana kimdir munosabat bildirar.

Savol oddiy va qisqa: ikki farzandli yolgiz ayol yon-atrofidagi qoshnilari kabi noqonuniy, kadastrsiz qurilgan uyda yashab kelayotgandi. Noqonuniy qurilgan uy-joy buzib tashlanishiga hech qanday etiroz bolmasligi kerak albatta. Ammo oddiy odamlarning uy-joyga bolgan ehtiyoji, ijtimoiy ahvoli hisobga olinib, Prezidentimizning 2018 yil 20 apreldagi Fuqarolarni ijtimoiy qollab-quvvatlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar hamda ozboshimchalik bilan qurilgan turar-joylarga nisbatan mulk huquqini etirof etish boyicha bir martalik umumdavlat aksiyasini otkazish togrisidagi farmoni elon qilingan bir paytda, yolgiz ayolning uyini buzish shartmidi?

Maqolaga yozilgan javoblarda qanday uy-joy qonunsiz, qaysi biri qonuniy hisoblanishi batafsil tushuntirilgan. Ammo asosiy savol javobsiz qolayapti.

Qonunlarni kimdir koproq, kimdir kamroq bilishi mumkin. Lekin kerak bolganda topib, oqib, bilib olish mumkin. Biroq hayotda mantiq, degan tushuncha bor. Buni bilish uchun yurist bolish shart emas.

Agar Prezidentning bir martalik umumdavlat aksiyasi elon qilinmaganida bu maqola chiqmasligi tabiiy edi. Noqonuniy qurilgan uy egasini himoya qilib otirmasdik.

Viloyat sudi javobida kishini uylatadigan yana bir gap bor: Uning yolgiz ayol ekanligi nizodagi yerni egallash uchun ustun huquqqa ega ekanligini anglatmaydi.

Yana savollar tugiladi: Xosh, unda prokuratura va sud uchun Prezident farmoni ustun huquqqa ega emasmi? Farmon elon qilinganini bila turib, unga amal qilmaslikni qanday tushunmoq kerak?

Prezident odamlarni uyli-joyli qilish uchun jon koyitayotgan bir paytda ikki-uch amaldor bir guruh arizachilar shikoyatini dastak qilib, bom-bosh yotgan joyni stadion, deb atab yolgiz ayolning uyini buzdirib tashlashini qanday baholash mumkin?

Avvalo stadion bilan futbol maydonchasining farqiga borish kerak. Eshitdik, yaqinda ana shu bom-bosh yotgan yerning bir chetida qolbola darvoza ornatilibdi. Goyo ha, bu yer stadion edi, deyishmoqchi. Shu holatda ham buzilgan uy orni stadion tashqarisida qolyapti.

Masalaga adolat va insonparvarlik bilan yondashilganida, Etiborsizlik qilibmiz, chuqurroq oylamabmiz. Biroq bu ayolni kochada qoldirmaymiz, uy-joy bilan taminlash masalasini korib chiqamiz, deganga oxshash javobni kutgandik.

Bahona axtarilsa, topilaveradi. Balandparvoz gaplar dastak bolaveradi. Maqsad yordam berish bolsa, imkon ham topiladi. Buning uchun avvalo bir haqiqatni tushunib olishimiz kerak: Qaysi lavozimda ishlashimizdan, kim bolishimizdan qati nazar, idoramiz shani va shaxsiy manfaatimizdan odamlar manfaati on karra, yuz karra yuqori turadi. Butun diqqat-etiborimiz odamlar muammolarini hal etishga, ularga sidqidildan xizmat qilishga qaratilishi kerak. Bugun hayot shuni talab qilayapti, Prezident shuni talab qilayapti.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: