O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
29 30 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 31 1 2
22.01.2019

Ozbekiston Hindiston: HAMKORLIK KENGAYMOQDA, MUSTAHKAMLANMOQDA

Kozim BAYZAKOV, O‘rta Chirchiq tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi a’zosi:

— Dunyo xaritasida davlatlar kop, ularning har biri oziga xos tabiati va geografik orniga, takrorlanmas urf-odatlariga ega. Biroq shunday mintaqa va davlatlar borki, tarixda ham, bugun ham dunyoni oziga maftun etib, kopchilikning qiziqishu intilishiga sabab boladi. Ana shunday davlatlardan biri Hindistondir.

Hind zamini nimasi bilan maftunkor? Javoblar turlicha bolishi mumkin. Muhimi, hind yeri dunyo gavharlaridan hisoblanib, uning boy tabiati, hayvonot dunyosi, xalqining mehnatkashligiyu samimiyligi sabab bolsa ajabmas.

Ozbek va hind xalqi ming yillar davomida taqdiri tutash, desak mubolaga bolmas. Buni Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asari va Ibn Sinoning hind xalqi haqidagi sozlaridan ham bilish mumkin. Demak, Hindiston tarixi bilan ozbek xalqining tarixi mushtarakdir. Mashhur hind yozuvchisi Neru aytganidek, Boburiylarsiz Hindiston tarixini tasavvur qilib bolmaydi.

Bugun esa Ozbekiston va Hindistonni dostlik, ozaro ishonch birlashtiradi. Ozbekiston ancha avval hind xalqi va rahbariyati bilan ozaro munosabatlarini mustahkamlagan. Hindlar Ozbekistonni va uning poytaxti Toshkentni dostlik shahri, deb biladi. Otgan vaqt mobaynida Ozbekiston Hindiston munosabatlari har tomonlama mustahkamlanib, rivojlanib bordi. Xususan, qurilish, farmatsevtika, mehmonxona ishi, yengil sanoat, turizm, talim sohalaridagi hamkorlik shular jumlasidandir.

Hindistonning Gujarot shtati savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maydoniga aylanib ulgurgan. Har yili yirik savdo-iqtisodiy sammitlar shu yerda otkaziladi. Bu hududda 5 ming yil muqaddam sivilizatsiya gullab-yashnagan. Bu shtat atoqli davlat arbobi Mahatma Gandi tugilgan maskan sifatida ham mashhur.

Gujarot Hindistondagi asosan tamaki, paxta va yeryongoq mahsulotlari yetishtiriladigan shtat sanaladi. Viramgama, Narbada va Dxadara tumanlarida Hindistondagi eng alo sifatli paxta navlari, guruch, galla va makkajoxori yetishtiriladi. Chorvachilikka katta etibor qaratiladi.

Prezidentimizning kuni kecha Hindistonga navbatdagi tashrifi ham aynan Gujarot shtatida boldi. Tashrif doirasida Prezidentimizning otgan yili oktabr oyidagi Hindistonga davlat tashrifi yakunlari boyicha erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarning amaliy ijrosi bilan bogliq masalalar, ikki davlat ortasidagi kop qirrali hamkorlikni kengaytirish istiqbollari korib chiqildi.

Hindistonlik hamkorlar bilan Toshkent shahrida ilgor axborot texnologiyalari texnoparki, Andijon viloyatida farmatsevtika zonasi tashkil etilmoqda. Hindiston Eksimbanki bilan Ozbekistondagi ijtimoiy muhim loyihalarni moliyalashtirish uchun qiymati 200 million dollarga teng kredit liniyasi ajratish boyicha kelishuvga erishilgani ham quvonchli xabar boldi.

Yangi oquv yilidan boshlab mamlakatimizda Hindistonning yetakchi oliy oquv yurtlari Amiti va Sharda universitetlari filiallari oz ishini boshlaydigan boldi. Amiti xalqaro reytinga kora, dunyoning eng nufuzli mingta, Osiyoning esa uch yuzta oliy oquv yurti qatoriga kiradi. Sharda Universiteti ham Hindistonning yetakchi oliy talim muassasalaridan biri hisoblanadi. 55 mamlakatdan kelgan 20 mingdan ortiq talaba tahsil olayotgan bilim dargohida muhandislik, tibbiyot, tillar tadqiqoti, menejment boshqaruvi, sanat, arxitektura va boshqa yonalishlar boyicha mutaxassislar tayyorlanadi.

Shaxsan men davlatimiz rahbarining chiqishlaridan nihoyatda hayajonlanib, faxrlandim. Bunga Prezidentimizning nufuzli xalqaro sammitda ozbek tilida nutq sozlagani sabab boldi. Bu davlatchiligimiz va xalqimizga bolgan cheksiz mehr, hurmat belgisi, dunyo oldida ozbek xalqining hech kimdan kam bolmay, yuksak marralar sari intilayotganidan, deb bildim.



DB query error.
Please try later.