O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
22.01.2019

GAZETA OQIMAY HAM YASHASH MUMKIN

Hech kimni majburlab kitob o‘qitib bolmaganidek, gazeta va jurnal ham oqitib bolmaydi. Xohishi yoq, oqishdan foyda nimaligini bilmagan odam oqimaydida. Ehtimol, kimdir shundoq ham hamma narsani bilaman, oqish shart emas, deb oylar. Ehtimol, umuman hech narsani bilishni istamas, hech narsaga qiziqmas. Topgan-tutganim ozimga yetarli, qornim toq, ustim but, nima qilaman boshimni qotirib, desa kerak. Yana shundaylar borki, gazetada oqiydigan narsa yoq, deb hisoblaydi va shu bilan ozini oqlagandek boladi. Aslida oxirgi marta qachon gazeta oqiganini eslay olmaydi.

Bu gaplar haqida chuqurroq oylasangiz, har xil fikr-mulohaza xayolga keladi. Masalan, shunday odamlar borki, ertadan kechgacha kundalik yumushi, tirikchilik bilan ovora. Boshqa narsa uni qiziqtirmaydi, dunyoni suv bossa ham ishi yoq. Bundaylarga gazeta oqi, deyish foydasiz. Bir davrada gazeta mutolaa qilish, obuna haqida gap ketganda, mahallamizdagi taniqliroq tijoratchi yigit «gazeta oqimay ham yashash mumkin», degan edi. U ham haq, axir qanchalab jonzotlar gazeta ham, kitob ham oqimay yashab yuribdiku. Uning fikricha, gazeta oqish bilan qorin toymasa, chontakka bir chaqa kirmasa, nima qiladi, obuna bolib, gazeta sotib olib?..

Ayrimlar qancha yangilik bolsa ham televizordan koraman, ijtimoiy tarmoqlardan oqiymanku, deydi. Togri, ulardan kop axborotlarni bilib olish mumkin. Biroq televideniye ijtimoiy tarmoqlarning, ijtimoy tarmoqlar esa gazetaning ornini bosolmaydi. Har birining afzalliklari, orni oziga xos. Gazeta va jurnal, kitob oqimaydigan toifalar ijtimoiy tarmoqlardan asosan shov-shuvli axborotlarni izlashadi. Kim ishdan ketdi, orniga kim keldi, kim qamaldi, qaysi hokim oqituvchi yoki fermerni uribdi, qayerga ot tushibdi...

Bular kopchilikni qiziqtiradigan voqea-hodisalar albatta, ayrimlari profilaktik ahamiyatga ega. Ammo Xalq sozi, Pravda Vostoka, Ozbekiston ovozi, Ma’rifat, Qishloq hayoti, Ishonch, XXI asr, Adolat, Milliy tiklanish, Oila va jamiyat, Jamiyat kabi gazetalarda chop etilayotgan manaviy-marifiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, siyosiy mavzulardagi maqolalar qadrini bilgan biladi. Prezident farmoni va qarorlariga faol munosabatlar, ularning ijrosiga bagishlangan tahliliy-tanqidiy maqolalar, yangi qabul qilingan qonunlarga sharhlar ahamiyatini tushungan tushunadi. Yoki Sharq yulduzi, Tafakkur, Saodat, Jahon adabiyoti kabi jurnallarda chop etilayotgan asarlar, publitsistik maqolalar fikrimizni charxlaydigan, dunyoqarashimizni kengaytiradigan, manaviyatinimizni yuksaltiradigan bebaho xazinaku.

Afsuski, oddiy odamlar nari tursin, katta-kichik rahbarlar orasida matbuot va ommaviy axborot vositalari vazifasini bir tomonlama, tor doirada tushunadiganlar borligini hayot korsatmoqda.

Ularning nazarida matbuotning vazifasi faqat axborot tarqatish, yangiliklarni yoritish. Buni inkor etmaymiz, aholining axborotga bolgan ehtiyojini qondirish muhim vazifalarimiz doirasiga kiradi. Shuningdek, matbuot va ommaviy axborot vositalari zimmasiga xalqimizning marifati, madaniyatini yuksaltirish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, jamoatchilik nazoratini olib borish, yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, xalqaro maydonda yurtimiz, xalqimiz manfaatlarini himoya qilishdek ulug vazifalar yuklangan.

Obuna haqida gap ketganda, gazetaning saytidan oqib olaveramiz, deydiganlar bor. Ularning fikricha, odamlar internet orqali kerakli axborotni oqib olaveradi. Bundaylar bilarmikin, bugun qishloq oilalarining necha foizi kompyuterga egaligini? Ulardan necha foizida internetga ulanish imkoniyati borligini? Yoshi 60 dan oshgan otaxon va onaxonlarning internetga kirib, istagan xabarini topib oqishi osonmi? Buning ustiga joylarda elektr taminoti bilan bogliq masalalar hali tola hal etilganicha yoq.

Yana bir oddiy, ammo oylab korilishi mumkin bolgan masala: yosh bolar, keksa bolar, qol telefoni yoki kompyuter orqali bir kunda necha soat yangiliklarni oqishi mumkin? Bir oyda, bir yildachi?.. Buning sogliqqa, xususan, kozga qanchalik zarari bor? Tibbiyot xodimlari bu haqda oz fikrlarini bildirishgan.

Ozimizni ozimiz aldamay, maqtamay, bor haqiqatni tan olaylik, hozircha butun mamlakatimiz kompyuterlashib, ommaviy kommunikatsiyalar bilan qamrab olingani yoq, bu borada hali kop ishlar qilinishi kerak. Shu orinda oylab koraylik, dunyoning eng rivojlangan davlatlari hisoblangan AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoyda kompyuter, internet, ijtimoiy tarmoqlar qachon paydo bolgan edi? Bizga qaraganda ularda ommaviy kommunikatsiyalar, ijtimoiy tarmoqlar bir necha barobar rivojlanib ketganku. Xosh, bu mamlakatlarda gazeta-jurnallar yopilib ketdimi? Mutaxassislar malumotlariga qaraganda, yuz minglab, millionlab nusxalarda chop etilmoqda.

Togri, internet paydo bolishi bilan odamlarda axborot olish imkoniyati tezlashdi, kengaydi. Bu yangilik bosma nashrlar tiraji malum darajada kamayishiga tasir korsatdi. Shuning uchun ham barcha yetakchi gazetalarning elektron nusxalari yolga qoyildi. Bu jarayon takomillashib boraveradi. Ammo bozor iqtisodiyoti sharoitida ozini eplolmagan, bugungi kun talabiga javob berolmay qolgan nashrlar yopilib, yangi nashrlar paydo bolishi mumkin, bu tabiiy hol.

Matbuotning ertangi kuni haqida gap borarkan, bir haqiqatni tan olishimiz zarurga oxshaydi. Mamlakatimizda kechayotgan bugungi jarayonlar va odamlar qiziqishi, talabidan kelib chiqib, gazetalar qiyofasini ham, mavzularini ham ozgartirib borish kerak boladi. Ortamiyona maqola va axborotlar, muassislarning bolar-bolmas tadbirlarini yoritishdan voz kechishga togri keladi. Odamlarni qiynab kelayotgan, ularga foydasi tegadigan masalalarni, jamiyatning ogriqli muammolarini, manaviy ozuqa beradigan mavzularni koproq yoritish kerak, deb oylayman.

Malumki, keyingi paytlarda bosma nashrlar obunasi haqida bahs-munozalar kopayib ketdi. Gazeta nimaligini bilgan ham, bilmagan ham, obunaning ahamiyatini tushungan ham, tushunmagan ham fikr bildirdi. Majburiy obuna bilan obuna targibotini aralashtirib yuborganlar ham boldi.

Birinchidan, hech kimni majburiy obuna qilish mumkin emas, obuna bolasan, deb oylik maoshidan ushlab qolish ham noqonuniy harakat. Biroq qaysidir tashkilot yoki korxona kasaba uyushmasi bilan kelishib, oz hisobidan ishchi-xodimlari uchun obunani tashkil etsa, nimasi yomon? Korxona yoki tashkilotga gazeta-jurnal kirib kelsa, kimga ziyoni tegadi? Oqimagandan kora, oqigan yaxshi emasmi? Uyingizga gazeta-jurnal olib kiring, mayli, ozingiz oqimang, ammo farzandlaringiz uni qoliga olib varaqlaydi, oqiy boshlaydi, oqishga konikma shakllanadi.

Yana bir savol kishini oylatadi: oqituvchi bola turib, Marifatni, fermer bola turib, Qishloq hayotini, siyosiy partiya azosi, faoli bola turib, partiya nashrlarini, katta-kichik rahbar, deputat bola turib, Xalq sozi, Narodnoye slovoni, sport murabbiyi, xodimi bola turib, Sport gazetasini oqimagan kishidan nimani kutish mumkin? Kopdan-kop muammolarimiz sababi ana shu oqimasligimizga bogliq emasmikin?

Obuna bolgan bolsin, bolmagani ozi biladi. Gazeta oqishni xohlamagan, oqimay qoya qolsin, deyish oson, yengil. Deylik, farzandingiz gazeta ham, kitob ham oqishni xohlamasa, oqimasang oqima, deyish kerakmi yoki uni oqishga davat etish, orgatish kerakmi? Shu orinda ozgina mulohaza bor. Xalqimizning necha foizi gazetxon yoki kitobxon?.. Izoh shart bolmasa kerak. Mamlakatimizda kitob nashr qilish, kitob mutolaasini oshirish boyicha korilayotgan chora-tadbirlar bekorga emasligini yaxshi bilamiz.

Nega gazeta obunasini targibot qilish, gazeta oqishga davat etish mumkin emas? Hozircha targibot, davat kerak. Vaqti, soati keladi, odamlar aytmasak ham oqiydigan boladi. Kopchiligimiz kuzatganmiz, korganmiz, qator rivojlangan mamlakatlarda odamlar xiyobonda otirgan boladimi, metropolitenda ketayotibmi, qolida gazeta, jurnal yo kitob boladi.

Qisqaroq, londaroq aytganda, gazeta bu — siyosat, goya, mafkura, marifat... Davlatning siyosatini odamlarga, odamlarning xohish-irodasini davlatga, hokimiyatga yetkazadigan vosita. Shunday ekan, uning kop tarqalishidan davlat ham, jamiyat ham, tahririyat ham manfaat koradi. Nima uchun dunyodagi ayrim tashkilotlar oz goyasini yoyish uchun bepul gazeta, disk, kitoblarni tarqatadi? Nega biz davlatimiz siyosatini targibot qiladigan, xalqimiz manfaatini himoya etayotgan nashrlarni qollab-quvvatlamasligimiz kerak?

Matbuot va ommaviy axborot vositalariga hayotning ozi katta talablarni qoymoqda. Ammo ularning sharoiti, muammolarini qaysi tashkilot organib, tahlil etib, tavsiyalar bera oladi? Muassis qayerga qarayapti, nega yordam bermaydi, degan haqli savol tugiladi. Kim aytoladi, qaysi muassis oz nashriga qanday amaliy yordam berganini? Organib korilsa, bu masalada bir dunyo kamchilik, muammo qalashib yotibdi. Tahririyat muassisga qaram, talab qila olmaydi, tortishsa, gapi otmasligi mumkin. Tahririyat taqdiri muassis rahbariyati saviyasiga bogliq bolib qolyapti. Savodli, ziyoli, siyosatni tushunadigan rahbar bolsa yaxshi, aks holda, tahririyat jamoasi muammolar ichida qolib, keraksiz masalalarga vaqtini, asabini ketkazadi.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda oqib qoldim, Xalq talimi vazirligining nashrlari birlashtirilib, davlat unitar korxonasiga aylantiriladigan bolibdi. Togri, kimdir vazirga shu taklifni bergan, maqullattirgan. Buning oqibatida vazirlik oz nashrlarini qollab-quvvatlashning matbuot erkinligiga zid yolini qabul qilayotganga oxshaydi. Matbuot bilan bogliq masalalarda ming oylab, sohaning bilimdonlari bilan maslahatlashib, bir xulosaga kelinmasa, ortiqcha muammolar chiqadi.

Prezidentimiz matbuot erkinligini taminlashga katta etibor qaratayotgan, jamiyatimiz hayotida demokratik prinsiplarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalari muhim va tasirchan omil hisoblanadi, deb turgan bir paytda bunday yondashuv demokratik islohotlarga zid kelmaydimi?

Ayrim muassislar rahbarlari tahririyat, yani jurnalistlarni oziga qaram hisoblaydi. Nima desam aytganimni bajarishi kerak, deb oylaydi. Jurnalist qaram bolgan joyda soz erkinligi oladi, demokratik jarayonlarga putur yetadi, korrupsiya avj oladi. Bundan avvalo davlat ziyon koradi.

Bosma nashrlar obunasi muammosida pochta xizmatining katta hissasi borligini ham aytmoq kerak. Poytaxt Toshkentning ozida nashrlar obunachilarga bir kun otib, viloyatlar tumanlariga esa haftada bir marta yetkazib berilayotgani pochta xizmatining bugungi faoliyati nihoyatda sustlashib ketganidan darak bermaydimi?

Matbuot va OAV haqida fikr yuritganda, ularni bir-biriga qarshi qoyish mutlaqo notogri, aniqrogi, savodsizlarcha yondashuv boladi. Ularning hammasi bizning jurnalistika maktabimiz, ommaviy axborot vositalarimiz, manaviy boyligimiz hisoblanadi. Ularga bir jon, bir tan kabi qaramogimiz kerak. Maqsad va vazifamiz yagona ulug xalqimizga, aziz Vatanimizga xizmat qilish. Shunday ekan, bir-birimizni qollab-quvvatlashimiz, toldirishimiz kerak boladi.

Safar OSTONOV,

Ozbekistonda xizmat korsatgan jurnalist.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: