O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    May 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
27 28 29 30 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 31
22.01.2019

OZBEKISTON GERMANIYA: YANGI MAZMUN KASB ETGAN HAMKORLIKNI MUSTAHKAMLASH YOLIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Angela Merkelning taklifiga binoan 2019 yil 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

21 yanvar kuni Berlin shahridagi Belvyu saroyida Ozbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi boldi. Shavkat Mirziyoyevni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer kutib oldi.

Davlatimiz rahbari faxriy mehmonlar kitobiga imzo qoydi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ozbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan otdi.

Uchrashuvda Prezidentlar Ozbekiston bilan Germaniya ortasidagi siyosiy muloqotni yanada mustahkamlash, ozaro manfaatli sohalardagi aloqalarni ikki va kop tomonlama asosda rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Tomonlar bundan buyon ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida bir-birini qollab-quvvatlashda davom etajagini bildirdi.

Prezidentlar Germaniya tashabbusi bilan ishlab chiqilayotgan Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boyicha yangi strategiyasi asosida munosabatlarni mustahkamlash muhimligini qayd etdi.

Bugungi kundagi xavf va tahdidlar, birinchi navbatda, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda yanada yaqin hamkorlik qilishga kelishib olindi. Afgonistonda tinchlik jarayonini tezroq boshlash boyicha yondashuvlar bir xil ekani tasdiqlandi.

Ozbekiston iqtisodiyoti tubdan modernizatsiya qilinayotgan hozirgi jarayonda Germaniyaning ilgor tajribasi va texnologiyalarini jalb etish muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalar ham muhokama qilindi. Maktab talimida samarali nemis texnologiyalaridan foydalanish, jumladan, «Maktablar: kelajak sheriklari»(PASCH) tashabbusini amalga oshirish, Ozbekistonda Germaniyaning yetakchi oliy talim muassasalari filiallarini ochish, xalqlarimiz ortasida madaniy aloqalarni kengaytirish istiqbollari etibor markazida boldi.

Uchrashuv songgida Germaniya Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyer joriy yilning may oyida Ozbekistonga tashrif bilan borishini yana bir bor tasdiqladi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Germaniya Federal kansleri Angela Merkelning muzokaralari oldidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing otkazildi.

Angela Merkel Ozbekiston Prezidentining tashrifi uzoq tanaffusdan keyingi muhim voqea ekani, ikki tomonlama hamkorlik rivojiga katta turtki berishini takidladi.

— Biz Ozbekistonning ishonchli sherigi bolishni xohlaymiz. Mamlakatlarimiz ortasidagi aloqalarni kengaytirish uchun koplab imkoniyatlar borligini kormoqdamiz, dedi Germaniya kansleri.

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston delegatsiyasiga korsatilayotgan yuksak hurmat uchun chuqur minnatdorlik bildirib, nemis xalqini joriy yil may oyida nishonlanadigan Germaniya Federativ Respublikasi tashkil etilganining 70 yilligi bilan tabrikladi.

Songgi yillarda aloqalar jadal rivojlanib, yangi mazmun bilan boyib borayotgani, siyosiy muloqotlar faollashayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniya Ozbekistonning ishonchli va istiqbolli sherigi ekanini, ozaro hamkorlikni sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqichga olib chiqishga intilishini alohida takidladi.

Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yanada yaqindan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekani qayd etildi. Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo boyicha yangi strategiyasi asosida Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo yonalishida hamda Germaniya Markaziy Osiyo formatida munosabatlarni mustahkamlashda davom etishlarini takidladi.

Bolajak uchrashuvda zamonaviy tahdid va xatarlar, avvalo, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boyicha hamkorlikni kuchaytirishga alohida etibor qaratilishi aytib otildi. Afgonistonda tinchlik jarayonini tez fursatda boshlash ham kun tartibidagi muhim masalalardan ekani qayd etildi.

Ozbekiston inson huquqlari va erkinliklari sohasida konstruktiv muloqot, shuningdek, davlat boshqaruvi tizimining shaffofligiga hamda korrupsiyaga toliq barham berilishiga erishish maqsadida hamkorlik uchun ochiq ekani takidlandi.

Tomonlar investitsiya va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi. Ozbekiston Prezidenti tashrifi arafasida otkazilgan biznes-forumda 8 milliard yevrodan ziyod qiymatdagi yangi loyihalarni amalga oshirish boyicha kelishuvlarga erishilgani, boshqa bitimlar boyicha ishlar davom etayotgani malum qilindi.

Shuningdek, nemis tili chuqurlashtirilgan holda oqitiladigan maktablar tarmogini kengaytirish, Germaniyaning yetakchi oliy talim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish borasidagi hamkorlik uchun ulkan salohiyat mavjudligi takidlandi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Germaniya Federal kansleri Angela Merkelning uchrashuvida asosiy etibor savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish masalalariga qaratildi.

Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik asosiy masalalar boyicha pozitsiyalar oxshash va yaqinligi qayd etildi. Samarali muloqotni ikki va kop tomonlama shaklda, jumladan, nufuzli xalqaro tuzilmalar doirasida izchil davom ettirishga intilish mushtarak ekani tasdiqlandi.

Germaniya kansleri Ozbekiston Prezidenti rahbarligida iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va jamiyatni yanada demokratlashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Ozbekistonning Markaziy Osiyoda dostlik va ozaro ishonch muhitini yaratish, kop yillik bahsli masalalarni tinchlik yoli bilan hal etish va mintaqani global iqtisodiyotga integratsiya qilish boyicha yangi mintaqaviy siyosatini olqishladi.

Tomonlar inson huquqlarini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza etish masalalarini ham korib chiqdi. Davlatimiz rahbari Germaniya hukumatiga Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etishdagi komagi uchun minnatdorlik bildirib, Berlinni Orolboyi uchun kop sheriklik asosidagi Trast fondi faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Muloqotda xavfsizlik sohasidagi hamkorlik masalasiga, jumladan, Afgoniston muammosini hisobga olgan holda etibor qaratildi. Bu masalani barcha tomonlar ishtirokida, afgonlar rahbarligida tinch yol bilan hal etish zarurligi alohida qayd etildi.

Germaniya Ozbekistonning texnologiya va investitsiyalar sohasidagi asosiy sheriklaridan biridir. Mamlakatlarimiz ortasida savdo sohasida eng kop qulaylik yaratish tizimi joriy etilgan. Otgan yili tovar ayirboshlash hajmi 700 million yevrodan oshgan.

Muzokarada bu korsatkichni 1 milliard yevroga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar borligi takidlanib, bu boradagi istiqbolli yonalishlar muhokama qilindi.

Ozbekistonda germaniyalik investorlar ishtirokida 132 ta firma va kompaniya faoliyat yuritmoqda. Shundan 33 tasi yuz foiz nemis kapitali asosida tuzilgan, 31 tasi yurtimizda oz vakolatxonasini ochgan. Ozbekiston milliy banki Germaniyaning 57 ta banki bilan aloqa ornatgan. Toshkentda Doyche-bank bolimi tashkil etilgan.

Mamlakatimizda dunyoga mashhur nemis kompaniyalari bilan amalga oshirilgan yirik loyihalar muvaffaqiyati ozaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikka misol bola oladi. MANkonserni bilan sheriklikda zamonaviy yuk avtomobillari, Claasva Lemkenkompaniyalari bilan qishloq xojaligi texnikalari, Knaufbilan qurilish materiallari, Deutsche Kabelbilan kabel-otkazgich mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Germaniyalik mutaxassislar ishtirokida Qarshi Termiz temir yoli elektrlashtirilmoqda.

Ozbekiston Germaniya ishbilarmonlar kengashi ozaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va togridan-togri investitsiyalar oqimini kopaytirish boyicha izchil ish olib bormoqda. Moliyaviy-texnikaviy hamkorlik borasida maslahatlashuvlar, savdo va investitsiyalar, qishloq xojaligi boyicha hukumatlararo ishchi guruhlar majlislari otkazilmoqda.

Uchrashuvda savdo, sanoat, gaz-kimyo, qurilish sohalarida ozaro manfaatli qoshma loyihalarni amalga oshirish, moliyaviy-texnik komak va tajriba almashishni kengaytirishga kelishib olindi.

Tashrif doirasida kimyo, qurilish, energetika, metallurgiya va oziq-ovqat sohalari yetakchilari Siemens, Tyssen Krupp, Claas, MAN, Knauf”, Linde, Papenburg, Humana, Volkswagen kabi xalqaro miqyosdagi nemis konsernlari bilan sheriklikda yangi kop milliardlik loyihalarni amalga oshirish boyicha kelishuvga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ilm-fan, talim sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, madaniy aloqalar va turistlar almashuvini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Ozbekistonda 8 mingdan ziyod nemis millatiga mansub yurtdoshlarimiz yashamoqda. Madaniyati va ananalarini saqlab, rivojlantirishi uchun barcha sharoit yaratilgan. 400 mingdan ortiq oquvchi nemis tilini organmoqda. Yaqinda Toshkent, Samarqand va Buxorodagi maktablarga buyuk nemis olim va yozuvchilari nomlari berildi.

Toshkentdagi Gyote instituti, Konrad Adenauer va Fridrix Ebert nomidagi jamgarmalar, Germaniya akademik almashinuvlar xizmati (DAAD) vakolatxonalari va boshqa tashkilotlar xalqlarimiz ortasidagi madaniy-marifiy aloqalarni rivojlantirishga hissa qoshmoqda. Poytaxtimiz va bir necha viloyatlarda bolimlari bolgan Vidergeburtnemis madaniyat markazi, Ozbekiston Germaniya dostlik jamiyati faoliyat yuritmoqda.

Ozbekistonda Germaniya fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejim joriy etilgani muhim voqea boldi. Bu mamlakatimizni korishga qiziqadigan turistlar, biznesini yolga qoyadigan investorlar va boshqalarga katta qulaylik yaratdi.

Tashrif doirasida iqtisodiyot, savdo, moliya, talim, ilm-fan va innovatsiya sohalariga oid hukumatlararo va idoralararo 9 ta hujjat imzolandi. Tomonlar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaati yolida ozaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga intilishini bildirdilar.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi Raisi Volfgang Shoyble bilan ham uchrashdi.

Bundestag Germaniyaning bir palatali parlamenti bolib, qonunlar qabul qilishdan tashqari Federal kanslerni saylash hamda hukumat faoliyatini nazorat qilish kabi muhim funksiyalarni ham bajaradi.

Ozbekiston va Germaniya parlamentlari ortasida yaxshi aloqalar yolgan qoyilgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Bundestag bilan hamkorlik boyicha Ozbekiston Germaniyaguruhi, Bundestagda esa Germaniya Federativ Respublikasi Markaziy Osiyo guruhi tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari Ozbekiston bilan Germaniya ortasidagi hamkorlikni huquqiy jihatdan qollab-quvvatlash, xalqlarimiz manfaatini taminlashda parlamentlar muhim orin tutishini takidladi.

Bundestag Raisi mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida roy berayotgan ozgarishlarni yuqori baholadi.

Muloqotda qonun ustuvorligini taminlash, parlament nazorati, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish boyicha tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boyicha qabul qilinadigan yol xaritasiga asosan parlamentlararo hamkorlik qilish muhimligi takidlandi.

Ozbekiston Prezidentining Germaniyaga rasmiy tashrifi barcha darajadagi, jumladan, parlamentlar ortasidagi aloqalarning yangi yonalishlarini belgilab bergani qayd etildi.

Davlatimiz rahbari Bundestag binosini kozdan kechirdi. Mamlakatimiz delegatsiyasiga Bundestag tarixi va faoliyati haqida sozlab berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev shu kunning ozida Myunxen shahriga tashrif buyurdi. Ozbekiston delegatsiyasi uchun ajratilgan qarorgoh yonida Bavariyada oqiyotgan, ishlayotgan ozbekistonlik yoshlar bilan muloqot qildi.

22 yanvar kuni Bavariya Bosh vaziri Markus Zyoder, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvlar otkazilishi rejalashtirilgan.

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi davom etmoqda.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: