O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
04.12.2012

MUROJAATLARNING IJOBIY HAL ETILISHI

partiya nufuzini oshiradi, uni xalqqa yaqinlashtiradi

PARTIYaNING JAMIYaTDA O‘Z ORNIGA EGA BOLIShI KOP JIHATDAN UNING ELEKTORAT BILAN ISHLASH MEXANIZMIGA BOGLIQ. ShU BOIS HAR BIR PARTIYa UNGA IShONGAN, QOLLAB-QUVVATLAGAN KIShILAR MANFAATINI HIMOYa QILISh, ULARNI OYLANTIRAYoTGAN MASALALARNI HAL ETIShGA KOMAKLAShIShNI OZ VAZIFASI DEB BILADI. OzXDP MAHALLIY KENGASHLARI QOSHIDA TAShKIL ETILGAN JAMOATChILIK QABULXONALARI HAM AYNAN ShU MAQSADDA FAOLIYaT OLIB BORADI. BUGUNGA KELIB U ELEKTORAT IShONChINI QOZONIShNING SAMARALI VOSITASIGA AYLANDI.

Ayni paytda partiya mahalliy kengashlari qoshida 214 ta Jamoatchilik qabulxonalari faoliyat yuritmoqda. Ular orqali partiyamiz elektorati duch kelayotgan muammolarni bartaraf etishga komaklashish, sabablarini organish, oldini olish partiyamiz oldida turgan muhim vazifalardan sanaladi. Shu bois Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish boyicha koplab takliflar, tavsiyalar ishlab chiqilib, ularni hayotga tatbiq etish boyicha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Jamoatchilik qabulxonalariga bolayotgan murojaatlarga e’tibor qaratadigan bolsak, ularning otgan yillarga nisbatan ijobiy hal etilishi ortganini korish mumkin. Xususan, 2012 yilning birinchi yarmida Jamoatchilik qabulxonalariga qilingan murojaatlarning ijobiy hal etilishi otgan yilga nisbatan ancha yuqori. Bunda partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlari tomonidan har bir murojaatga alohida etibor qaratilayotgani muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Joriy yilning olti oyida mintaqalardagi Jamoatchilik qabulxonalariga 3960 ta murojaat tushgan bolsa, bu otgan yilga nisbatan 1221 taga kamdir. Davlatimiz tomonidan aholini ijtimoiy qollab-quvvatlashga va talim sohalariga katta etibor qaratilayotgani natijasida mazkur masalalar boyicha murojaatlar soni kamayib borayotgani tabiiy hol, albatta.

Murojaatlarning 788 tasi kommunal soha, 274 tasi yer olish, 636 tasi ish bilan taminlash, 194 tasi ish haqi va nafaqalar, 430 tasi moddiy yordam, 416 tasi ijtimoiy masalalar va sogliqni saqlash, 76 tasi xalq talimi, 328 tasi bankdan kredit olish, qolgan 786 tasi esa boshqa masalalarni oz ichiga oladi. Ayni paytda tegishli idora va tashkilotlar yordamida ularning 73,4 foizi ijobiy hal etilgan.

Xususan, Qoraqalpogiston Respublikasida tashkil etilgan 14 ta Jamoatchilik qabulxonalariga birinchi yarim yillikda 193 ta murojaat bolgan. Ularning 91 foizi ijobiy hal etilgani Jamoatchilik qabulxonalari faoliyati samarasini belgilaydi.

Bu borada Toshkent shahar, Jizzax va Fargona viloyatlari partiya kengashi Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatini ham alohida etirof etish joiz. Toshkent shahar partiya kengashida 275 ta murojaatning 88,3 foizi, Jizzax viloyat partiya kengashida 284 ta murojaatning 88 foizi hamda Fargona viloyat partiya kengashida 283 ta murojaatning 83 foizi ijobiy hal etilgan.

Bu kabi misollarni koplab keltirish mumkin. Muhimi, murojaatlarni yechish orqali keng jamoatchilik bilan aloqa ornatiladi, joylarda yuzaga kelayotgan muammolar bartaraf etiladi. Ammo hamma joyda ham ish talab darajasida, deb bolmaydi. Xususan, Toshkent viloyat partiya kengashida 361 ta murojaatning 55,4 fozi, Buxoro viloyati boyicha 537 ta murojaatning 57 foizi, Qashqadaryo viloyati boyicha 329 ta murojaatning 55,1 foizigina ijobiy hal etilgani mazkur hududlarda elektorat manfaatini himoya qilishda qatiylik yetishmayotganini korsatadi.

Tabiiyki, bu loqaydlik nafaqat shu hududlardagi partiya tashkilotlari, balki butun partiyaga qimmatga tushishi mumkin. Aholi orasiga chuqur kirib borish, elektorat ishonchini qozonishda partiyamizda shakllangan muhim vositalardan biri, Jamoatchilik qabulxonalaridir. Bundan tolaqonli foydalanish har bir partiya tashkilotidan zimmasidagi masuliyatni chuqur anglab, mehnat qilishni talab etadi.

Gulruh ODASHBOYEVA,

«Ozbekiston ovozi» muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: