O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Noyabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
28 29 30 31 1 2 3
4 5 6 7 8 9 10
11 12 13 14 15 16 17
18 19 20 21 22 23 24
25 26 27 28 29 30 1
15.01.2019

BERLIN DAVLAT KUTUBXONASIDA MIRZO ULUGBEKNING ASTRONOMIK JADVALLARI SAQLANMOQDA

O‘zbekiston va Germaniya ortasidagi hamkorlikning yangi davri boshlanmoqda. Xalqlarimiz ortasidagi samimiy munosabat manfaatli aloqalarni mustahkamlashda asosiy omil bolayotganini alohida ta’kidlash zarur. Germaniyaliklar mamlakatimiz tarixi va xalqimiz anana va udumlariga katta qiziqish bilan qaraydi, hamyurtlarimiz ham bu yurtning otmishi va uning zamonaviy qiyofasiga befarq emas.

Yana bir etiborli jihat. Berlin, Drezden, Leypsig va Shtutgart shaharlaridagi muzeylarda ozbek sanati kolleksiyalarining saqlanishi ozaro madaniy, ilmiy va adabiy yonalishlardagi aloqalar yanada mustahkamlanayotganidan dalolatdir. Berlin etnologik muzeyida Buxoro amirligiga oid, Berlin davlat kutubxonasida Alisher Navoiy asarlari qolyozmalari kabi noyob kolleksiyalar saqlanmoqda.

Berlin davlat kutubxonasi «Sharq» bolimi rahbari, doktor Kristofer Rauxning fikricha, bu yerdagi qolyozmalarning ayrimlari ozbek klassik adiblari, olimlari yashagan va ijod qilgan hududlardan, bazilari esa bevosita Ozbekistondan olib kelingan. Ular orasida XIX asrdan buyon kutubxonada saqlanayotgan Ulugbekning astronomik jadvallari ham bor. Ularda 38 yulduzlar turkumiga kiruvchi 1018 yulduz haqida malumot berilgan.

— Ozbekistonning amaliy-dekorativ sanati merosi rang-barang va juda boy, dedi Ozbekiston madaniy merosi dunyo toplamlarida loyihasining muallifi va videotalqini boshlovchisi Shahnoza Ganiyeva. Muayyan tarixiy sabablar tufayli uning muhim bir qismi bizning mamlakatimiz tashqarisiga chiqib ketgan. Ozbek sanatining ajoyib kolleksiyalari Germaniyaning Berlin, Drezden va Leypsig muzeylarida saqlanmoqda. Masalan, Germaniyadagi eng kop tashrif buyuriladigan Pergam muzeyida islom dunyosining asosiy reliktlari hisoblangan qolyozma kitoblari va sharq tamadduni amaliy sanati asarlarining qimmatbaho namunalari saqlanadi. Bu yerda Qadimiy Afrosiyob shahrining mashhur kulolchilik sanatiga oid noyob asarlarni korish mumkin.

Ozbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi matbuot xizmati malumotiga kora, joriy yilning 15 yanvarida Berlinda Buyuk ipak yoli merosi Ozbekiston va Germaniya ortasidagi koprik vazifasini bajaradi mavzusida xalqaro ilmiy-madaniy forumi otkaziladi. Forum ishtirokchilari Germaniya muzeylarida saqlanayotgan xalqimizning ana shunday nodir merosi bilan yanada batafsilroq tanishishga muvaffaq boladi. Shu jihatdan mazkur forumning tashkil etilishi Ozbekiston va Germaniya ortasida dostlik rishtalarining yanada mustahkamlanishida tarixiy va muhim davrni boshlab beradi, desak adashmagan bolamiz.

Nasiba ZIYODULLAYEVA,

OzA muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: