O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.01.2019

OQUV QOLLANMALAR VA METAN, ETAN, PROPAN, BUTAN GAZLARI...

Kasb-hunar kollejlarining tashkil topganiga yigirma yil bo‘lsa-da, kopgina yonalishlarda, ayniqsa, maxsus fan adabiyotlari va kasbga yonaltirishga moljallangan oquv qollanmalar va dasturlarni mukammallashtirish talab darajasida emasligi kopchilikka ma’lum.

Togri, maxsus fanlarni oqitish biroz mushkulroq, buning uchun oquvchi mavjud yonalish boyicha korxonadagi mahsulot ishlab chiqarish jarayonida amaliyot otishi lozim boladi.

Hozir kasb-hunar kolleji oquvchisi haftada bir kun ishlab chiqarish majmuasi boyicha turli yonalishlarda saboq oladi. Lekin belgilab berilgan kasbiy yonalishlar son jihatdan ozligi sababli malakali kadr tayyorlashning imkoni bolmayapti.

Bu borada mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda, oquv qollanmalari yaratish davr talabi bolsa-da, deyarli hech ish qilinmayotgani kishini tashvishlantiradi. Oqituvchilarga oz ustida ishlashi uchun sharoitlar yaratilmoqda, ammo yangiliklar ustida bosh qotirmayapmiz.

Anorganik kimyo fani boyicha darslikda, masalan, oltingugurt olishning amerikalik olim Frash usuli berilgan. Shuning orniga, bunday texnologiyalar mavjud bolgan Muborak gazni qayta ishlash korxonasi misolida bu jarayonni darsliklarga kiritsa boladi. Bunda tabiiy gaz tarkibidan nordon gazlarni ajratish, nordon gazdan vodorod sulfidni ajratish, vodorod sulfiddan oltingugurt olish texnologiyasi ketma-ketlikda uchta mavzuni hosil qiladi.

Piroliz, polimer, etilen va polietilen mahsulotlarini olish jarayoni ham adabiyotlarda uch-tort satrda qayd etilgan, xolos.

Bu boyicha ham tabiiy gazlarni rektifikatsiya qilish jarayonida metan, etan, propan va butan gazlarini ajratish texnologiyalarini tortta mavzu, etan gazidan piroliz natijasida etilen olish jarayonlarini kamida uchta mavzu, polietilen mahsulotlarini hosil qilishda reaksiya va retsikl texnologiyalari mavzularini darslikka kiritish mumkin.

Harorat tasirida aralash moddalarni ajratib olish mavzusida bir nechta laboratoriya ishini bayon qilsa boladi. Yani, shrot tarkibidagi benzin miqdorini ajratish, dietanol amin tarkibidagi vodorod sulfid va uglerod IV oksidlarni desorbsiya usulida ajratish, etil spirti va distillangan suv aralashmalarini alohida ajratish kabi yangi laboratoriya ishlarini fanga olib kirish mumkin. Yoki mineral ogitlardan kaliy xloridni ishlab chiqarish texnologiyasida Dehqonobod kaliy ogitini flotatsiya usulida ishlab chiqarish kabi mavzular boyicha izlanish olib borilsa, yangi oquv qollanmasi yaratiladi.

Masalaning yana bir tomoni shundaki, yaratilgan oquv qollanmani nashrdan chiqarishga oqituvchining imkoniyati yoq. Shu sohaga ixtisoslashgan, faoliyat korsatayotgan «Shortanneftgaz» unitar korxonasi yoki Shortangazkimyo majmuasiga oxshash korxonalar ularni moddiy tomondan qollab-quvvatlasa, bunday izlanishlar yanada kopayadi.

Cholli TURSUNOV,

Qarshi sanoat kasb-hunar kolleji oqituvchisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: