O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.01.2019

KITOBXONLIK HAQIDA QAYGURISH MANAVIYATNI YUKSALTIRISHGA XIZMAT QILADI

Prezidentimizning kitob mutolaasi borasidagi tarixiy farmoyishidan so‘ng avvalo oilada va oquv dargohlarida yoshlarimizning kitobga bolgan qiziqishlarini yanada oshirish boyicha qilingan va qilinayotgan ezgu ishlarimiz samarasini bugun kora boshladik. Kitob targiboti, xususan, kitobxonlik talablari jarayonida yoshlar ortasida kitob oqiyotganlari kopayib borayotgani sezilmoqda.

Ammo oilada kitobxonlik muhiti yaratilsa, maktabda bu yanada ragbatlantirsa nur ustiga nur bolardi. Yoshlarimiz darsdan bosh vaqtlarida nima bilan mashgullar, ular yana shu «eski xastalik» — internetga ruju qoyishmayaptimi, degan savollar hammamizni qiynaydi.

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi Jumladan, davlat xususiy sheriklik asosida yangi madaniyat va istirohat boglarini tashkil etish, ularni zamonaviy yoshlar maskanlariga aylantirish choralarini korishi, zarur. Ushbu boglar tarkibida birinchi navbatda sport maydonchalari, amfiteatr va kichik sahnalar, kutubxona, Kitob kafelari bolishi lozim degan sozlarni oqib bizni qiynayotgan masala yechimi qayerdaligini angladim. Togrisi, shu kungacha madaniyat va istirohat boglarida yoshlar bosh vaqtini otkazishga bir tomonlama, tor ma’noda qaralar edi. Bu maskanlarda tadbirkorlar esa turli yegulik va ichimliklar bilan savdo qilishardi, xolos. Prezidentimiz taklif qilayotgan shunday yoshlar maskanlarida kutubxona bolishi lozimligi vazifa qilib qoyilmoqda. Yoshlar soya-salqin xiyobonda kitob oqib, ozaro muhokama qilishsa qanday yaxshi. Kitob kafelarida muzqaymoq yeb, salqin ichimliklar ichib, bu yerdagi mavjud kitoblarni mutolaa qilish mumkin. Bu oilada va maktabda shakllangan kitobxonlik madaniyatining uzviy davomi bolib, bu bilan biz yoshlarimizga katta imkoniyat va muhit yaratib bergan bolamiz.

Taklifim shuki, hozir mavjud bolgan madaniyat va istirohat boglarida, ayniqsa, qishloq tumanlarida kutubxonlar ochish uchun yer yetarli, tadbirkor ham topiladi. Endi bu yogi hokimlar bu masala ahamiyatini qanchalik darajada tushunishiga bogliq. Yer axtarish masalasi paysalga solinmasa, tadbirkorlar qollab-quvvatlansa, navroz bayramigacha barcha tumanlarda kutubxona va Kitob kafelarini tashkil etish mumkin.

Anora MAHMUDOVA,

Ozbekiston Qahramoni, Gurlan tumanidagi 5-son umumtalim maktabi direktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: