O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.01.2019

YURAKKA YOZILISHI KERAK BOLGAN SOZLAR

Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasini televizor orqali ko‘rib, eshitayotganimda deputatlar yon daftarlariga ozlari uchun yozib olayotgan qaydlarga kozim tushdi. Konglimdan: «Faqat qogozlarga emas, yurakka yozilishi, tafakkurga yozilishi kerak bolgan gaplar bu!» degan fikr otdi. Shunda bundan ikki yil avval yozgan she’rim yodimga tushdi:

Bir ozing ming-million bolib yashaysan,

Xalqim, deganlarga oson bolmaydi...

Keltirilgan aniq tahlillar, ulkan maqsadlar, korsatayotgan mehr-muhabbatni oylab Ozbekiston atalmish ona yurtim yanada ulkanlashib, buyuklashib ketgandek tuyuldi. Hali bu Murojaatnomani anglash, his etish, Aytilgan vazifalarni ado etishda ornim qayerda? degan savolga javob topish uchun biroz bolsa-da vaqt kerak.

Chunki uning qamrovi nihoyatda keng. Yurtimizga fayzu baraka bilan kirib kelgan yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili deb nomlandi. Investitsiya, rivojlanish tushunchalarining zamirida favqulodda bir qudrat, tinimsiz harakat bor. Demak, 2019 yil bizdan ruhiy, manaviy, jismoniy bezovtalik, harakat, yangilanishlarni kutyapti.

Murojaatnomada bir necha bor: Kechagi kun otdi, Kechagiday yashab bolmaydi, degan fikrlar ortaga tashlandi. Demak, talab yangi, yondoshuv yangi, kechagi kayfiyat bilan bugun ishlab bolmaydi, yashab bolmaydi. Ishga, burchga, hayotga munosabatimizni ozgartirishimiz talab etilmoqda.

Mana, oradan ikki hafta otib, Murojaatnomani takror oqib qarasam, biror soha etibordan chetda qolmagani, juda nozik, ogriqli masalalargacha ochiq kotarilgani va ularning yechimi boyicha takliflar aytganini angladim. Onalar uchun ijtimoiy himoya tizimini yaratamiz degan fikrlarga toxtalgim keldi. Bu gap onalarning, ayniqsa, bir umr uyda otirgan ayol yorligi bilan yashagan, bir nechta farzandlarni qoyilmaqom qilib tarbiyalab qoygan, hatto, ikki-uchtalab chempion, laureat ogil-qizlarga parvoz uchun qanot bergan onalarning boshini osmon, koksini tog etgani aniq. Barchamizni hayajonga solgan, quvontirgan yangi bir masala bu — nogiron bolasiga qarab, yillab bir olam dard bilan yashab kelayotgan onalarni qadrlab aytilgan gaplardir.

Bunday onalarning mehnati hukumat darajasida sharaflanganidir.

Yosh avlodga talim-tarbiya berishning uzluksiz tizimini yaratish haqidagi fikrlar onalar uchun Yangi yil suyunchisi boldi, desak haqiqatni aytgan bolamiz. Chunki ayni paytda xususiy va davlat, sherikchilik asosidagi maktabgacha talim muassasalari kichkintoylarimizning 34 foizinigina qamrab olar ekan, Prezidentimiz 2019 yilda bu raqamni 44 foizga kotarish rejalashtirilayotgani haqida gapirganda, zalda yangragan qarsaklarga uni tomosha qilib otirgan barcha onalar qoshilgani aniq. Axir, qaysi ona bolasini ishonchli qollarga topshirib, xotirjam ishlagisi kelmaydi?

Yoshlar kelajagimiz dasturini davom ettirish uchun 2 trillion som miqdorda mablag yonaltirish nazarda tutilayotgani bilagida kuchi, yuragida gayrati toshib turgan ogil-qizlarimizning botiniy quvvatini aniq maqsadlarga yonaltirib yuborgani, ota-ona konglini: Bolam qayerda ekan? degan xavotirdan xalos etgani bilan qimmatlidir.

2019 yilda bitiruvchilarning 20 foizining oliy oquv yurtlariga kirishi nazarda tutilayotgani taraqqiyot uchun ishonch, farovonlik uchun kafolat beradigan jamiyatga kirib borayotganimizni dalillaydi.

2019 yilda nochor ahvolda yashayotgan 1600 nafar kishining arzon uy-joy bilan taminlanishi, 13 ming nafar ayolni ish bilan taminlash nazarda tutilayotgani, onkologik kasalliklarni erta aniqlab, davolash uchun dastur yaratishga etibor qaratilgani... Xonadonlarga toza ichimlik suvi kelishi, mamlakatimizni jinoyatsiz hududga aylantirishning aniq chora-tadbirlari...

Bir soz bilan aytganda, bu Murojaatnoma yuraklar yuradigan yolning xaritasidir. Har kim oz ishiga ozi javob bersin, degan undovni faqat binolar peshtoqlariga emas, qalb devorlarimizga yozmogimiz kerakki, ular sozimizda emas, konglimizda ovoz berib tursin, bizni silkitib, hushyor torttirib, harakatga keltirib tursin!

Vazifalar shu qadar kolamli, ishonch, umid shu qadar ulkanki, ular oldida ozimni bir lahzada zarradek his qildim. Keyin Murojaatnomada aytilgan zalvorli sozlarni xayoldan otkazdim, ozimni osha qudratning bir parchasiday sezdim. Endi shu sezgi bilan yashay boshlayman. Bu sezgi menga ilhom, kuch-quvvat bagishlaydi, kurashga undaydi...

Qutlibeka RAHIMBOYEVA,

Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi, shoira.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: