O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.01.2019

FRAKSIYA OZ FAOLIYATIDAN QONIQADIMI?..

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi matbuot anjumani otkazdi. Unda 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fraksiya rahbari Hotamjon Ketmonovning ma’lumoti tinglandi.

Takidlandiki, partiya fraksiyasi oz faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, davlat rahbarining Parlamentga yollagan Murojaatnomasidagi deputatlar ishini takomillashtirishga qaratilgan korsatma va takliflari asosida yangicha yonalishda tashkil etdi. Qonun ijodkorligi jarayoni sifat va son jihatdan sezilarli ravishda osdi. Xususan, otgan yili fraksiya yigilishlarida 175 qonun loyihasi korilgan. Ularning 17 tasiga fraksiya tashabbusi bilan konseptual ozgartirishlar kiritilgan.

Qonunchilik palatasiga kiritilgan qonun loyihalari boyicha fraksiya azolari ishlab chiqqan 315 taklifning 220 tasi qonunlarni qabul qilish jarayonida inobatga olingan. «Markaz-viloyat-tuman» tizimi orqali 145 ta qonun loyihasi partiya tashkilotlari va deputatlik guruhlariga muhokama uchun yuborilib, 500 ga yaqin taklif olingan. Fraksiyaning 12 nafar azosi Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan tayyorlangan 17 ta qonun loyihasini ishlab chiqishda tashabbuskor bolishgan. Fraksiya azolari puxta ishlanmagan, deb baholagan qonun loyihalari bildirilgan fikr-mulohazalar asosida qayta korib chiqilib, muhokamalarga kiritilgan.

Shuningdek, Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish togrisidagi Qonunning 7-moddasiga, Fuqarolarning davlat pensiya taminoti togrisidagi Qonunning 37-moddasiga ozgartishlar kiritish, Issiqlik taminoti togrisidagi hamda Imkoniyati cheklangan bolalarning talim olishi va ijtimoiy integratsiyasi togrisidagi qonun loyihalari partiya fraksiyasi tashabbusi bilan ishlab chiqilayotgani alohida takidlandi.

Nogironligi bolgan shaxslar huquqlarini himoya qilish, mazkur sohada davlat siyosatini yuritishda amalga oshirilayotgan islohotlardan kelib chiqib, Nogironlar, Kozi ojizlar, Karsoqovlar jamiyatlari bilan hamkorlik yanada yaxshilangan. Jumladan, Nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari togrisidagi qonun loyihasi chuqur organilgan va mazkur soha boyicha hududlardagi uchrashuvlarda aniqlangan 100 ga yaqin muammo fraksiyada muhokama qilingan. Natijada 50 dan ortiq taklif ishchi guruhiga taqdim etilgan.

Prezident Murojaatnomasida Oliy Majlisning nazorat-tahlil faoliyatiga ham alohida toxtalib, samarasiz nazorat yoki quruq majlislarning keragi yoqligi qayd etilgan edi. Shundan kelib chiqib, partiya fraksiyasi tashabbusi bilan otgan davr mobaynida Sogliqni saqlash vazirining parlament eshituvi, Bandlik va mehnat munosabatlari, Sogliqni saqlash hamda Qurilish vazirlari ishtirokida 3 marta Hukumat soati otkazilgan. Mehnat va ijtimoiy masalalar qomitasi bilan hamkorlikda 5 marta, Fan, talim, madaniyat va sport masalalari qomitasi bilan bir marta tegishli vazirliklarning axborotlari eshitildi. Eshituvlar deputatlarning oz saylovchilari bilan bolib otgan muloqotlari davrida kotarilgan dolzarb muammolar asosida tashkillashtirilgan bolib, ularda mahalliy Kengash deputatlarining ishtirokini taminlash amaliyoti joriy qilingan.

Joylarda aniqlangan muammolar yuzasidan 24 deputatlik sorovi yuborilgan. Nazorat-tahlil ishlari davomida fraksiya azolari aralashuvi bilan 100 ga yaqin nogironligi bolgan shaxsning murojaatlari hal etilgan.

Malumotga kora, saylovchilar bilan uchrashuvlar davomida 8122 xonadonga kirib borilgan va 50206 nafar fuqaro bilan muloqot otkazilgan. Mazkur uchrashuvlarda 10295 ta masala kotarilgan. Ularning asosiy qismi uy-joy, kommunal xizmat korsatish, transport va yol qurilishi, sogliqni saqlash, bandlik, bank-kredit, talim, savdo va maishiy xizmat korsatish sohalariga taalluqlidir. Murojaatlarning aksariyati (90 foizga yaqini) hududlarning ozida mahalliy mutasaddilar bilan muhokama qilinib, amaliy yordam berish choralari korilgan. Qolganlari Qonunchilik palatasida tegishli vazirlik-idoralarning rahbar va masullari ishtirokida kengaytirilgan yigilishlarda muhokama qilingan. Ayrim masalalar yuzasidan tushuntirish sorab, tegishli sohalar rahbarlariga deputatlik sorovlari yuborilgan. Deputatlar komagida 156 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan, 125 nafar fuqaroning tibbiy-ijtimoiy xizmatdan foydalanish huquqi taminlangan, 568 ta xonadonga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilgan, 56 ta savdo va maishiy xizmat korsatish obekti bank terminallari bilan taminlangan.

Ozbekiston XDP fraksiyasining 2018 yildagi faoliyati bilan bogliq asosiy korsatkich va raqamlar shulardan iborat.

Anjumanda, shuningdek, joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ustuvor vazifalarga ham toxtalib otildi. Jurnalistlar parlament nazorati, ishlamayotgan qonunlar, davlat dasturlarining ijrosida deputatlarning roli hamda yana boshqa qator masalalarda ozlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildi. Savollarga fraksiya rahbari va azolari javob berdi.

Matbuot anjumanida OzXDP fraksiyasi azolari oz faoliyatidan qoniqmayotgani, oldinda juda muhim vazifalar turgani alohida takidlandi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: