O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
15.01.2019

MILLIY ARMIYA VA XALQIMIZ QANCHA YAQIN, BIR TANU BIR JON BOLSA, SHUNCHA QUDRATLI BOLADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq, Vatan himoyachilari kuni va Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 27 yilligi munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi. 14 yanvar kuni ana shu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bolib otdi.

Davlatimiz rahbari, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni Shavkat Mirziyoyev yigilganlarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklab, ularga mukofot topshirishni yuksak sharaf deb bilishini ta’kidladi.

Bu mukofotlar sizlarga aynan Vatan himoyachilari kunida topshirilayotganida chuqur ramziy mano bor. Biz bu bayramda Qurolli Kuchlarimizni, barcha askar, serjant, ofitser va generallarni, muhtaram faxriylarimizni sharaflaymiz, ularga eng ezgu tilaklarni bildiramiz. Sizlarning timsolingizda hozir butun armiyamizni, barcha harbiylarimizni qutlab turgandek bolayapman. Jonajon Vatanimiz himoyasi va tinchligi yolidagi fidokorona xizmatingiz va jasoratingizni hammamiz yaxshi bilamiz, yuksak qadrlaymiz. Shu manoda, bu mukofotlarni xalqimiz va davlatimizning Qurolli Kuchlarimizga, uning barcha shaxsiy tarkibiga korsatayotgan cheksiz ehtiromi sifatida qabul qilishingizni istayman, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mamlakatimizning yangi Mudofaa doktrinasi asosida Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog va texnikalar bilan taminlash, harbiy xizmatchilarning jismoniy va intellektual tayyorgarligini yuksaltirish boyicha ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Harbiy qism va bolinmalarning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, poligonlarda oquv mashgulotlari otkazilmoqda. Harbiylarni uy-joy bilan taminlash, oila azolarini qollab-quvvatlash uchun munosib shart-sharoitlar yaratilmoqda.

Mudofaa tizimida inson omili hal qiluvchi rol oynaydi. Oz qasamyodiga sodiq, keng bilim va malakaga ega, aql-zakovatli, mard va azmu shijoatli harbiylar armiyaning qudratli kuchidir. Galabani taminlaydigan ham, shaxsiy tarkibni tarbiyalaydigan va oz ortidan ergashtiradigan ham shular.

Har qanday tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga tayyor milliy armiyamiz – xalqimiz, mamlakatimizning ishonchli va mustahkam qalqonidir. Shuning uchun biz hozirgi kunda harbiy kadrlarning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi bilan birga, vatanparvarlik tarbiyasiga jiddiy ahamiyat qaratyapmiz. Yani, har bir askar va serjantda, ofitser va generalda, butun shaxsiy tarkibda milliy ruh va gurur kuchli bolishi kerak. Milliy ruh — bu yengilmas kuch. Milliy ruh kuchli bolsa, iroda, jangovar salohiyat ham yuqori boladi. Kelajakda harbiy bolishni orzu qiladigan botir farzandlarimiz milliy ruhni, muqaddas Vatan taqdiri uchun masuliyat tuygusini qayerdan oladi? Vatanimiz boy tarixidan, Amir Temur kabi buyuk ajdodlarimiz jasoratidan oladi. Oz oilasi, mehribon ota-onasi hamda el-yurtimizning ishonchi, gamxorligi va etiboridan oladi. Yoshlarga hamisha ornak va namuna bolib kelayotgan siz kabi chinakam fidoyi harbiylardan oladi, dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari sohada qilinadigan ishlar hali kopligini, harbiy-mamuriy sektorlar ishini takomillashtirish ustuvor vazifa bolib qolishini qayd etdi. Barcha bogindagi hokimiyat va boshqaruv idoralari, mahalla, yoshlar, xotin-qizlar, nuroniylar, talim-tarbiya muassasalari, keng jamoatchilik vakillari bilan amaliy hamkorlikni yanada faollashtirish zarurligini takidladi.

Milliy armiya va harbiylarimiz xalqimizga qancha yaqin, bir tanu bir jon bolsa, shuncha qudratli boladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Marosimda Qurolli Kuchlar safida va huquqni muhofaza qilish idoralarida kop yillardan buyon munosib xizmat qilib kelayotgan harbiylar va rahbar xodimlarning bir guruhiga general unvonlari berilishi malum qilindi.

General bolish har bir harbiy xizmatchining orzusi. Sizlarni ana shunday yuksak unvonga erishganingiz bilan chin qalbimdan tabriklayman. Lekin shuni doim yodda tutishimiz kerakki, harbiy xizmatda va davlat boshqaruvida bundan ham yuqori martaba, bundan ham oliy unvon bor. Bu xalqimiz, Vatanimizning ishonchiga, oz muqaddas burchiga doimo sodiq va munosib bolishdir, dedi davlatimiz rahbari.

Prezidentimiz bir guruh harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga unvonlar, orden va medallarni tantanali ravishda topshirdi.

Mukofotlanganlar yuksak etibori, harbiylar va ularning oila azolarini qollab-quvvatlayotgani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: