O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
08.01.2019

UYAT YOKI TURIZM TIRIKCHILIKMI, TADBIRKORLIKMI?

Butun dunyoda turistlar ko‘p keladigan hududlarda mahalliy xalq tirikchilik va tadbirkorlik bilan shugullanadi. Bu ayb emas va hech kim bunga qarshi ham emas. Lekin turistlar konglini xira qilish, kayfiyatini buzish, bezdirish kerak emas.

Yaqinda Toshkent viloyatining Chotqol tog tizmasida joylashgan, jannatmakon Chimyon dam olish maskaniga bordik. Mashinani yol chetida toxtatdim. Bir yigit kelib, bu yerga mashina qoyish mumkin emas, deb mehmon oldida baqira ketdi. Men turist bilan oilamni kanat (osma) yol kassasigacha kuzatib qoydim. Bilet ancha qimmat. Hammayoq qor bilan qoplangan, havo sovuq bolsa-da, osma yol orindiqlarida (ikki kishilik) nam taxta va yarim metr zanjirdan boshqa hech qanday himoya vositasi yoq.

Qaytib kelib mashinamni toxtatish joyiga olib kirdim. U tosh bilan oralgan maydon. Unda bor yogi 10 tacha mashina bor xolos. Na darvoza bor, na mashina toxtatish joyini bildiruvchi yozuv. Uning ichida 10 ta mashinadan tashqari 15-20 ot va 10-15 ta chet eldan keltirilgan kattagina mototsikl u yoqdan bu yoqqa borib kelib turibdi. Shuningdek, 10-15 it sangib yuribdi...

Darvoza oldida ovqat va somsa bor ekan. Otirish uchun turistlarga taxtadan yasalgan 2 ta stol va skameykalar mavjud. Idish-tovoqlar chelakdagi suvga chayiladi. Oshpazning kiyimiga qarab bolmaydi. Bu joylarda hech qanday sanitariya-gigiyena talablari haqida gap bolishi mumkin emas. «Dokon»larni aylandim. Dokon deb atashga tiling bormaydi. Ulardagi narxlarni gapirmasa ham boladi.

Qaytib kelib mashinaga otirayotganda hojatxonaga kozim tushdi. Unga uch-tort taxta zina orqali chiqilar ekan. Temirdan yasalgan ikkita xonacha, birining eshigi yoq, ikkinchisida eshikning yarmi qolgan, ikkalasi ham yaxshi yopilmaydi. Qol yuvishga suv yoq. Pastga tushib ulgurmasimdan, bir yigit paydo boladi. Narx — 1000 som ekan.

Mashina toxtatish joyiga ikkita avtobus kirib keldi. Ularda Malayziya va Tailanddan kelgan turistlar bor ekan. Avtobus eshiklari ochilishi bilan 5-6 ot va mototsikllar paydo boldi. Bechora turistlar avtobusdan tushishga yol topolmay, qiynalib qolishdi. Keyin avtobus oldiga kamida 10 tadan qop kotargan isiriq, dorivor otlar, mahalliy shirinliklar sotuvchilar kelib ketishdi. Turistlar bir soatdan song jonab ketdi. Mashina toxtash joyidan chiqayotganimizda bir yigit bizni toxtatib, Siz bu yerda bir soatdan kop turdingiz, bir soat turish 5000 som, deb 10 ming som soradi. Chorvoqqa kelib mashinamni 10000 somga yuvdirdim.

Yuqorida keltirilgan holatlarni oquvchi mayda-chuyda narsalar, deb oylashi mumkin. Bu togri. Lekin, hammaga ma’lumki, birinchidan har qanday qurilma (tuzilma) ham mayda unsurlardan tashkil topadi, ikkinchidan mayda-chuyda deb hisoblangan omillar ayrim payt hal qiluvchi rolni bajarishi ham mumkin.

Tirikchilik, tadbirkorlik qilaman, deb yurtimizga kelgan chet ellik va ichki turistlarga sifatsiz xizmat korsatish, yulgichlik qilish, aldash salbiy oqibatlarga olib keladi, turistlar soni kamayib ketishi ham mumkin. Iqtisodiyotni yangi bosqichga olib chiqishning eng muhim omillaridan biri turizm bolsa, yuqoridagi noxush mayda-chuyda holatlarni yaxshi tomonga ozgartirish lozim boladi.

Hamid SHODIYEV,

professor.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: