O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.01.2019

BARCHA EZGU ISHLAR NIYATGA BOGLIQ

Guliston ANNAQILICHEVA, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorgi Kengesi deputati, Oliy Majlis Senati a’zosi:

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini tinglar ekanman, insonning hamisha umid bilan yashashida juda katta hikmat bor ekaniga ishonchim ortdi.

Prezidentimiz «Buyuk Imom Buxoriy hazratlarining Al-Jome as-Sahih» asari Barcha ezgu amallar niyatga bogliq, har bir kishiga faqat niyat qilgan narsasi beriladi, degan hadis bilan boshlanishida albatta juda chuqur mano bor, deb takidlab otdi. Shunda yurtimizdagi yangilanish va bunyodkorliklar eng avval xalqimizning niyati yaxshi ekanidan, deb oyladim.

Biz otgan 2018 yilda nafaqat muvafaqqiyatlarga erishdik, balki jahon hamjamiyatidagi ornimiz yana bir pogona osganligini his qildik. Aholi turmush farovonligi oshgani, dasturxonlarimiz tokin-sochinligi, har bir oiladagi tinchlik-osoyishtalik, yurtimizdagi hayot tarzi osganligidan behad quvonmoqdamiz.

Inson hamisha hayotdan mojizalar kutib yashaydi. Ayniqsa, Yangi yilda yangi orzu-istaklar ulgayadi. Yurtimizda bunday mojizalar roy berishini Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida tilga olingan vazifalarda his qila oldik.

Murojaatnomadan angladikki, xalqimiz endi bundan ham katta marralarni oladi. 2019 yil Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, deb belgilandi. Yangi yilga bunday nom berilishi barcha sohadagi islohotlarda keskin ijobiy burilishlar bolishini korsatmoqda. Bu ishlarga albatta bugundan boshlab kirishiladi. Ularning muvaffaqiyatli bajarilishiga har birimiz masul bolishimiz kerak.

Murojaatnomadan angladimki, iqtisodiyotda bundan keyin davlat aralashuvini kamaytirish erkin raqobatga yol ochadi. Bu barqaror rivojlanish uchun juda muhimdir.

Aholi ortasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish lozim, pensiya va nafaqalarni tayinlash va tolash tartibini qayta korib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarur, dedi Prezidentimiz.

Prezidentimiz bu sohadagi tahlillarga toxtalar ekanlar, respublikamizda 13 mingdan ziyod xotin-qiz yomon sharoitda yashab, ish bilan taminlanmaganini korsatib otdi. Shunday oilalarni arzon turar-joylar, ish bilan taminlash vazifalari qoyildi.

Oilasida nogiron farzandlari bor onalar ham etibordan minnatdor bolmoqda. Nogironligi bolgan bolalarning, ularning oila azolarining, boquvchisini yoqotganlarning ijtimoiy himoyaga olinayotgani inson zotini uluglashning oliy korinishidir. Ayniqsa, umr boyi nogiron farzandini parvarish qilayotgan, hayotini shu farzandiga bagishlagan onalarga alohida ijtimoiy nafaqa belgilanishi ham yurtimizdagi bagrikenglik, mehr-oqibatning aziz tutilganidan, deb bilaman.

Maktabgacha talimga tarbiyaning bosh bogini sifatida qaralayotgani, maktab bitiruvchilarining 20 foizi oliy talimga qamrab olinishi yuzasidan belgilanayotgan vazifalar ham har bir oilaga Yangi yil xushxabari sifatida kirib keldi.

Ortda qolgan yilda biz, qoraqalpogistonliklarni quvontiradigan voqealar kop boldi. Yaxshi xabarlar Yangi yilda yanada kopayadi, deb ishonamiz. Prezidentimiz oz Murojaatnomasida Orol masalasiga alohida etibor qaratdi:

Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga kora, Orol dengizining suvsiz hududida kelgusi yilda yana 500 ming gektar ormonzor barpo etiladi. Aholining hayot sharoitini yaxshilash maqsadida Qoraqalpogiston Respublikasi shahar va qishloqlarida yangi qurilishlar amalga oshiriladi. Xususan, Moynoq tumanida barcha zarur infratuzilmalarga ega bolgan zamonaviy shaharcha bunyod etiladi. Bu sozlarni xalqimiz yod olmoqda. Bugun faxr bilan aytamizki, Qoraqalpogistonda, Moynoqda boshlangan ishlar qizgin davom etmoqda.

Dunyo inson mehr nurin sovga ayladi Moynoqqa.

Jahon yuzin burgan yoqqa – keling, dostlar, Moynoq yoqqa...

deb barchani yaratuvchilik, yangilanish va bunyodkorliklarni korishga chaqirmoqdamiz.

Murojaatnoma Yangi yil uchun yangi qanot, ruhimizga katta madad bolmoqda. 2019 yil barcha yurtdoshlarimizga fayzli, barakali yil bolishini tilayman.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: