O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
01.01.2019

XALQNING QALB XARITASI

Zamin o‘z-ozidan obod bolib qolmaydi, yer yuzidagi hech bir xalq oz-ozidan buyuk yartatuvchiga aylanavermaydi, hech bir davlat oz-ozidan qudratli bolmaydi, hech bir Vatan jahon maydonida oz-ozidan e’tirof va ehtiromga sazovor bolmaydi, degan sozlarni yana bir karra yurakdan otkazdim. Beixtiyor Sohibqiron Amir Temurning «Millatning dardlariga darmon bolmoq vazifangizdir, adolat va ozodlik — dasturingiz bolsin» sozlari yodimga keldi.



Shoirlar sevinsa, xalq baxti, farovonligidan sevinadi, okinsa, xalqning dardi, iztirobidan okinadi. Bugun butun dunyo Ozbekistonning Vatan, xalq baxti-saodati, yurt tinchligi deb urib turgan yurak sadosini eshitdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi, unda aytilgan har bir fikr, har bir goya, har bir tashabbus, ogriqli muammolar, dolzarb vazifalar millionlab yuraklarga kochdi. Haq soz hamisha uygotuvchi kuchga ega boladi. Prezident har sohani haqqoniy tahlil qilib, umrini otab bolgan, bugun yaroqsiz, samarasiz holga kelib qolgan tizimlarni yangilash, birinchi navbatda xalqqa xizmat qiluvchi tizimga aylantirish boyicha muhim masalalarni ortaga qoydi. Murojaatnomada qilingan ishlar bilan birga qilinajak ishlarning togdek zalvor va kolamini his qildik.

Otgan yillar davomida qanday murakkab, tahlikali, yengil bolmagan yollardan otdik. Har qanday yol yurakdan boshlanadi, har qanday minora ham yerdan tiklanadi. Xalq dardi, tashvishi, muammolari, orzu-umidlariga hamohang siyosat odamlarni ham qudratli tolqinga, yaratuvchi kuchga aylantiradi.

Bugun yurtdoshlarimiz chin manodagi xalqchil siyosatni qollab-quvvatlamoqda. Ijtimoiy fikr jamoatchilik markazi otkazgan tadqiqotda 87,4 foiz respondentlarning Ozbekistonda iqtisodiy faollik sifati osishining yangi davri boshlangan deb hisoblashi, 95,6 foizi olib borilayotgan siyosatni maqullayotgani bejiz emas.

Bugun Ozbekistonning har bir yurak urishi, qalb haroratini, otashin nafasini dunyo ahli his qilib, kuzatib turibdi. Bu xalqchil siyosatni jahon jamoatchiligi etirof etmoqda, namuna va ibrat qilib korsatmoqda.

Shtab kvartirasi Seulda joylashgan Osiyo jurnalistlari assotsiatsiyasi Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Yil odami deb elon qilishi, Turkiyadagi nufuzli Turcomoney nashrining yillik reytingida mamlakatimiz rahbari ushbu davlatda Yilning xorijiy davlat arbobi deb tan olinishi, Ispaniyaning mashhur Diario arbat nashrida chop qilingan maqolada Ozbekiston Prezidenti Tinch inqilob siyosatiga amal qilib, aniq bir maqsad yolida olga intilayotgani takidlandi. Bu inqilob mehr va etiborga tashna kongillarni obod qilishdan, roziligiga erishishdan boshlandi. Zero, har qanday inqilob avvalo qalbning yangilanishi, qalbdagi ozgarishlar demakdir. Qalbdagi ozgarishlar ijtimoiy muhitni tozartirib, jamiyatni ozgartiradi.

Jahonning yetakchi va nufuzli nashrlari Yurtboshimiz tomonidan amalga oshirilayotgan tub islohotlar, nafaqat Ozbekistonga, balki butun mintaqaga ulugvor ijobiy yangilanishlar olib kirganligini takidlamoqda. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyati faollashgani, siyosiy raqobat va fikrlar xilma-xilligi qollab-quvvatlanayotgani, aholining yillar davomida foydalanilmagan imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga katta etibor berilayotgani etirof etilmoqda. Ozbekistonda faol va ochiq iqtisodiyotga otilayotgani, xalqning yaratuvchanligi, turmush tarzi, farovonligi ozgarayotgani, muammolar yashirilmay ochiq-oydin gapirilib, ularga yechim topilayotgani, tashqi va ichki siyosatida hech qachon kuzatilmagan islohotlar amalga oshirilayotgani, Ozbekiston dunyoga oz ochiqligini namoyon etayotgani, barcha sohalardagi islohotlar tizimli va samarali xususiyati bilan ajralib turayotgani yozilmoqda.

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini tinglar ekanman, otgan yildagi muhim ozgarishlar bir-bir koz ongimdan otdi. Yangi ish orinlari yaratish, xalqning eng ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy qolab-quvvatlash, jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan fuqarolarni ishga joylashtirish, ular tezroq hayotda oz orinlarini topishiga komaklashish, jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga yangicha yondashuvlar oz samarasini berdi. Birgina misol, mamlakatimizdagi mavjud 9015 fuqarolar yiginining 3205 tasida birorta jinoyat sodir etilmadi, Toshkent shahrining ozida jinoyatlar 48 foizga kamaydi.

Kongillardan boshlangan obodlik qishloqlarimizga, shaharlarimizga kochmoqda, ichki kochalar tamirlanmoqda. Murojaatnomada aytilganidek, Yangi yilda ham Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari ijrosi uchun 4 trillion somdan ziyod mablag ajratilishini xalqimiz juda katta mamnunlik bilan kutib oldi.

Bir umr suyagi mehnatda qotgan, el-yurt obodligi yolida soch-soqoli oqargan otalarimiz, mushtipar onalarimiz haqiqiy ehtirom va ezozga loyiq. Ular jamgargan katta tajribalarning ozi bir maktabdir. Prezident farmoni bilan 2019 yil 1 yanvardan boshlab ishlaydigan barcha pensionerlarga pensiyalar toliq miqdorda tolanishi belgilangani, Murojaatnomada eng kam oylik ish haqi miqdori, pensiya tizimi qayta korib chiqilishi togrisidagi xushxabarlar chin manoda faxriylarimizni yanada yoshartirdi.

Oz xalqini sevgan buyuk qalbli insonlar dunyodagi boshqa xalqlarni ham ana shunday muhabbat bilan sevadi. Qarangki, qatiy iroda bolsa, azmi shijoat, ochiqlik, dostona munosabat bilan har qanday qaltis masalarni ham yechish mumkin ekan.

Ozbek xalqi hech qachon qoshnisinikidagi notinchlikka beparvo qarab otiradigan xalq emas. Ana shu manoda jafokash afgon xalqiga tinchlik soginish barobarida davlatimiz rahbarining say-harakatlari jahon jamoatchiligi tomonidan keng qollab-quvvatlanmoqda.

Murojaatnomada davlatimiz rahbari madaniyat va istirohat boglarida sport maydonchalari, amfiteatrlar qurilishi hamda kitobxonlikka ham alohida etibor qaratdi. Madaniyat va istirohat boglarini tashkil etish, ularni haqiqiy zamonaviy marifiy-manaviy maskanlarga aylantirish, kutubxona, Kitob kafelari bolishi lozimligini takidladi.

Shuningdek, 2019-2025 yillarda Turizmni rivojlantirish milliy konsepsiyasini ishlab chiqish boyicha muhim topshiriq berilishi, shu asosda 2025 yilda yurtimizga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar soni 7 million nafarga yetishiga, turizm eksportidan keladigan daromadni esa 2 milliard dollardan ziyod bolishiga erishish lozimligi takidlandi.

Bir paytlar Ozbekiston Qahramoni, xalq shoiri, ustoz Abdulla Oripov boshchiligida Amir Temur maqbarasi, Shohi-zinda majmuasi, Registon maydonida sayr qilib yurgan ozbek yoshlariga qarata aytgan sozlari hech qachon yodimdan chiqmaydi. Oshanda ustoz yoshlarga qarata: Bu yerlarga mungayib kirsang, gerdayib chiqasan!, degandilar. Bu kimligingni anglab, qaddingni kotarib, qadamingni ham buyuk ajdodlaringga mos qilib tashlaysan, degani edi.

Prezidentimizning Ozbekistonning shonli tarixini yangitdan, mukammal organish uchun ommaviy axborot vositalari, internet resurslaridan keng foydalanish, MTRK kompaniyasi tarkibida Ozbekiston tarixi kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish, Vatanimiz tarixidan lavhalar turkumida muntazam ravishda ilmiy va ilmiy-ommabop kitoblar nashr etib borish borasidagi takliflari barchamizni quvontirdi.

Hech shubhasiz, Yangi yilda mamlakatimizda taraqqiyot va yuksalish sari muhim qadamlar qoyiladi. Murojaatnomadagi har bir goya, taklif, tashabbus Vatanimizni yanada obod, xalqimiz hayotining farovon bolishiga xizmat qiladi. Fuqarolarimizni faollikka, tashabbuskorlikka, azmu shijoatga undaydi.

Yoshlar talim va tarbiyasi haqida gap ketganda, bu kelajakka qoyilgan investitsiya, degan ibora qollanildi. Tabir joiz bolsa, bu ulug ishlarga bor kuch-quvvatimizin sarf etishimiz, fidoyiligimiz, yurtga sadoqat va mehrimiz har birimizning Vatan taraqqiyotiga qoshajak eng katta investitsiyamiz bolajak.

Davlatimiz rahbarining murojaatnomasi Ozbekiston uchun 2019 yildagi muhim vazifalar aks etgan oziga xos Yol xaritasidir. Bu chinakam manoda ottiz uch millionli xalqimizning qalbiga borib tutashadigan xalq xaritasi, Vatan istiqbolini yorituvchi qalblar xaritasidir.



Minhojiddin MIRZO,

Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi orinbosari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: