O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
29.12.2018

JAMOATCHILIK QABULXONALARIDA KUTILGAN NATIJALARGA ERISHILYAPTIMI?

O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi Milliy matbuot markazida partiya Jamoatchilik qabulxonalari faoliyatining joriy yil yakunlariga bagishlangan matbuot anjumani otkazdi.

— Partiyamiz Jamoatchilik qabulxonalari aholi muammolarini organishning samarali mexanizmiga aylana oldi, deb oylayman, dedi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim mudiri Boymurod Yusupov. Joriy yilning ozida qabulxonalarga 15 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi va 10 mingga yaqin fuqaroning uzoq vaqtdan beri hal bolmayotgan muammolari yechim topdi. Aholi murojaatlarining asosiy qismi ijtimoiy masalalarga togri keladi. Xususan, ularning 2893 tasi kommunal soha, 2291 tasi ish bilan ta’minlash, 1762 tasi ijtimoiy masalalar va sogliqni saqlash tizimiga oiddir.

Chekka hududlarda istiqomat qilayotgan aholining dardini eshitish, yuzma-yuz muloqotlar davomida joylardagi muammolarga yechim topish maqsadida sayyor qabullar ham tashkil etildi. Shunday uchrashuvlarda 2800 dan ortiq murojaat tushdi. Uning 1815 tasi joyida hal etilgan bolsa, 971 tasi mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga, qolgan qismi viloyat tashkilotlariga yuborildi.

Jami murojaatlarning 73 foizi hal etilganini ijobiy natija deyishimiz mumkin, dedi Ozbekiston XDP Markaziy Kengashi raisi orinbosari Maqsuda Vorisova. Bu korsatkich Qoraqalpogiston Respublikasida 85, Sirdaryoda 81, Andijonda 81, Jizzax viloyatiga 75 foizga togri kelmoqda. Afsuski, koplab hududlarda Jamoatchilik qabulxonalari nomiga tashkil etilib, murojaatlar yechimi boyicha amaliy choralar korilmagan. Buning oqibatida joylarda qabulxonalarga ishonch susayganini ham korish mumkin. Qoniqarsiz faoliyat yuritayotgan qabulxonalarga amaliy komak beryapmiz. Namunali qabulxonalar tajribasini ommalashtirish hamda ragbatlantirish choralarini korishni rejalashtirganmiz.

Takidlash kerakki, partiya Markaziy Kengashiga ham koplab murojaatlar bolmoqda. Xususan, joriy yilda 136 murojaat kelib tushdi. Ularning 119 tasi, yani 90 foizi ijobiy hal etilgan, 17 tasining ijrosi nazoratga olingan.

Murojaatlar tahlili Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiyamiz fraksiyasi faoliyatini kuchaytirishda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Fraksiyamiz tashabbusi bilan 1 ta Parlament sorovi yuborilishi, 2 ta parlament eshituvi, 2 ta «Hukumat soati» amalga oshirilishida murojaatlarda kotarilgan masalalar asos boldi.

Tadbirda, shuningdek, partiya tashkilotlari tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, yol qoyilayotgan kamchiliklar yuzasidan fikr almashildi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: