O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.12.2018

AYOLLARNI EZOZLAGAN YURT ALBATTA BUYUK BOLADI

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini barchamiz katta hayajon va zo‘r qiziqish bilan tingladik. 2019 yilning Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, deb e’lon qilinishi esa oldimizda turgan ulkan vazifalarni amalga oshirishda, albatta, muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbari Murojaatnomada ayni vaqtda nogironligi bolgan bolalar va ularning oila azolarini, 16 yoshgacha boquvchisini yoqotganlarni ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo etiborda turishi lozimligini qayd etdi. Umrini nogiron farzand parvarishiga bagishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turi joriy etilishi haqidagi taklif esa, chin manoda katta voqea boldi. Aslida shuning ozi ham inson omili va ijtimoiy himoyasiga bolgan yuksak gamxorlik namunasidir.

Shuningdek, xotin-qizlarni ish bilan taminlash, ogir vaziyatga tushib qolgan ayollarga yordam berish, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish masalalariga alohida etibor qaratildi.

Viloyatimizda otgan vaqt mobaynida ogir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 5 ming 325 nafar xotin-qiz maxsus dastur asosida ish bilan taminlandi. 154 nafar ayolga Xotin-qizlarni va oilani qollab-quvvatlash jamoat fondi va viloyat hokimligi tomonidan namunaviy loyihadagi arzon uylarning dastlabki tolovi tolab berildi. Xotin-qizlar bandligini taminlash, mehnat sharoitini yaxshilash, qishloq joylarda yashovchi xotin-qizlarni xususiy tadbirkorlikka yonaltirish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning otgan davrida 42 mingdan ziyod xotin-qiz ishga joylashtirildi. 2 ming 316 nafar xotin-qizga 133 milliard 780 million som miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratildi.

Darhaqiqat, bugun ozbek ayollari davlat va jamiyat ardogida, etiborida. Hozirgi kunda onalik va bolalikni muhofaza qilish, opa-singillarimizning ogirini yanada yengillashtirish, ularning qobiliyat va imkoniyatini royobga chiqarish, londa qilib aytganda, ayollik baxtini berish boyicha keng kolamli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, tibbiy xizmat sifatini oshirish borasidagi ishlar ham barchamizni mamnun etmoqda.

Albatta, 2019 yilda bu boradagi ishlar yangi bosqichga kotariladi. Prezidentimizning Murojaati hayotimizda tom manoda tarixiy burilish yasaydi, yurtimizda demokratiya va erkinlik goyalarining mustahkam qaror topishiga, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish va Vatanimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Dilafroz QOSIMOVA,

Fargona viloyati hokimi orinbosari, viloyat xotin-qizlar qomitasi raisi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: