O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.12.2018

JAMIYAT TARAQQIYOTIDA YANA BIR MUHIM QADAM

Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi bilan batafsil tanishib, 30 yildan ziyod shahar va viloyat kengashlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida faoliyat korsatgan sobiq deputat, senator sifatida mamlakatimiz taraqqiyotining bosh dasturilamali bolgan ushbu hujjatda siyosiy boshqaruv tizimida amalga oshirilishi belgilangan yangiliklarga oz munosabatimni bildirishni lozim topdim.

Prezidentimiz Murojaatnomada bayon qilgan har bir ustuvor yonalish boyicha amalga oshirilgan ishlar haqida Bosh vazir hukumat a’zolari bilan birga Senat va Qonunchilik palatasi oldida hisobot berib borishini belgilab berdi. Yana bir muhim ozgarish — 2019 yilda viloyat, shahar, tuman hokimlarining ayni vaqtda xalq deputatlari kengashi raisi sifatida faoliyat korsatishiga doir tartib bekor qilinishini malum qildi.

Aniq va londa belgilab berilgan bu ozgarishlarni joriy etish bir qarashda unchalik qiyin emasdek, bitta qonun yoki qonunga kiritilgan ozgartish bilan amalga oshiriladigandek tuyulishi mumkin. Ammo amalda bunday emas. Bu masala avvalgi yillarda ham kotarilgan, lekin hal etilmayotgan edi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirishda bosib otilgan yolni xolisona baholash va erishilgan natijalarni tahlil etish keyingi taraqqiyot yolimizni belgilab olishga xizmat qilayotir. Jamiyatimizda konstitutsiyaviy prinsiplarning hayotga izchil tatbiq etilishi, markazda va joylarda qonun chiqaruvchi va vakillik hokimiyati ortasida muvozanat saqlanishi boshqaruvning samarali tizimi yaratilishiga olib keladi.

Prezident bu masalaning yechimini orttirilgan tajriba va bugungi zamon boshqaruvi talablaridan kelib chiqib belgilab berayotir. Hukumatning saylovda golib chiqqan partiyalar tomonidan shakllantirilishi, parlament oldida hisobdorligi demokratik davlatlarda allaqachon sinovdan otgan tajriba. Prezidentimiz bu xalqchil tamoyil faqat qogozda emas, amalda bajarilishini uzoqqa chozmasdan, kelasi yil vazifasi sifatida belgilab berishi mamlakatimizda demokratik tamoyillarni mustahkamlash sari qoyilgan muhim qadam boldi.

Viloyat, shahar, tuman hokimlarini xalq deputatlari mahalliy kengashlari raisligidan xolos qilish masalasi Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlarda ota muhim bosqichni tashkil qiladi. Chunki ijroiya hokimiyat rahbari qonun chiqaruvchi organga ham rahbarlik qilayotgani amalda kengashning vakolati cheklanishiga olib kelayotgan edi.

Bu ozgarishlar mamlakatimiz tanlagan demokratik taraqqiyot yolidan dadil borayotganimizning isboti hamdir. Bu, avvalo, jamiyatni yanada demokratlashtirish, davlat boshqaruvida jamoatchilikning rolini oshirishga oid xulosalarda yaqqol kozga tashlanadi.

Shuning uchun Murojaatnomada aholining faollashuvida katta orin tutgan siyosiy partiyalar rolini yanada oshirishga, Oliy Majlis faoliyatini takomillashtirish, qonun ustuvorligiga berilgan etibor, shubhasiz, mamlakatimizning birorta fuqarosini befarq qoldirmaydi.

Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar nafaqat yurtdoshlarimiz, balki jahon hamjamiyatining ham etiborini tortishi shubhasiz. Haqiqatan ham, Murojaatnoma mamlakatimiz istiqbolini belgilovchi dasturilamal boldi.

Bahrom MAMAJONOV,

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati, Jizzax davlat pedagogika instituti oliy matematika fakulteti dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: