O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Mart 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
24 25 26 27 28 29 1
2 3 4 5 6 7 8
9 10 11 12 13 14 15
16 17 18 19 20 21 22
23 24 25 26 27 28 29
30 31 1 2 3 4 5
29.12.2018

HAYOTBAXSH ISLOHOTLAR BARDAVOM BOLADI

Hotamjon KETMONOV, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasi rahbari, partiya Markaziy Kengashi raisi:

— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev parlament vakillariga yollagan Murojaatnomada yakuniga yetayotgan 2018 yilda amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, kelgusi 2019 yilda mamlakatimizni taraqqiy ettirish, xalqimizning turmush farovonligini yanada oshirish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Ma’ruzada 2030 yilgacha «Raqamli Ozbekiston 2030» dasturini amalga oshirish taklif etildi. Bu iqtisodiyotda va hayotning boshqa sohalarida ilgor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini faol joriy etishga, korrupsiyaga qarshi samarali kurashishga yordam beradi.

Bugungi kunda mamlakat taraqqiyoti yolidagi muhim masala eksportga yonaltirilgan iqtisodiyotga otish, ichki bozorda raqobat muhitini shakllantirish zarurligi xususida korsatmalar berildi. Transport-logistika tizimini takomillashtirish jarayonida ham turli tosiqlar mavjud. Masalan, mamlakatimiz dengizga chiqish imkoniyati cheklangani uchun mahsulotni eksport qilishda koplab qiyinchiliklar paydo bolmoqda. Shu bois, Ozbekistan Eyrveys va Ozbekiston temir yollari kompaniyalari tovarlarimizni eksport qilish boyicha zamonaviy logistika yonalishlarini yaratishlari zarurligiga urgu berildi.

Keyingi yillarda mamlakatda xalqning turmush darajasi va sifatini oshirish, farovonlik, tinchlik va totuvlikni taminlash kabi ulugvor ishlarni amalga oshirish maqsadida bir qancha davlat dasturlari hayotga tatbiq etildi. Har bir oila tadbirkor, Yoshlar kelajagimiz kabi dasturlar doirasida joylarda 2600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirilgan. Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari natijasida 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega bolgan. Yangi yilda Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari ijrosi uchun 4 trillion somdan ziyod mablag ajratish kozda tutilmoqda. Demak, kelayotgan yangi yilda yurtimizdagi koplab qishlogu mahallalar yanada chiroy ochib, turmush tarziga yangicha mazmun baxsh etiladi.

Partiyamizning saylovoldi dasturida aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, farovonligini oshirish vazifalari ustuvor etib belgilangan. Murojaatnomada mazkur yonalishda qamrovi keng, mohiyatan yuksak ishlar amalga oshirilishi aytib otildi. Xususan, kelgusi yilda ham qishloq joylarda ehtiyojmand kishilar, yani partiyamiz elektorati uchun arzon, namunaviy uy-joylar qurish dasturlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish, eng kam ish haqini belgilash tizimini qayta korib chiqish, soliq va boshqa majburiy tolovlarni eng kam ish haqiga boglab qoyishga barham berish lozimligi takidlandi. Shuningdek, pensiya tolovining eng yuqori miqdori boyicha cheklov ham kelajakda olib tashlanishi rejalashtirilgan.

Etibor bering, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritilishi natijasida birinchi navbatda bandlik masalasiga yechim topiladi. Qolaversa, ichki bozor arzon va sifatli mahsulotlar bilan taminlanadi. Bugungi kunda jahon bozori konyunkturasi keskin ozgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgan sharoitda davlatimizni yanada barqaror va jadal suratlar bilan rivojlantirish judayam muhim.

Murojaatnomada kelayotgan yilda partiyamiz elektorati manfaatlarini taminlashga qaratilgan qator ustuvor vazifalar xususida soz yuritilgani alohida etiborga molik. Xususan, umrini nogiron farzandi parvarishiga bagishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turini joriy etish taklifi minglab oilalarga quvonch baxsh etdi. Saylovchilar bilan uchrashuvlar chogida mazkur masala yuzasidan yuzlab murojaatlar bolgan. Tizimning ichiga kirib organganimizda, nogironligi bolgan ayollarga nafaqa tayinlash boyicha qonunchilikda bir qator muammolar borligiga amin bolganmiz. Endi shu masaladagi ezgu tashabbusni amalga oshirish uchun astoydil intilishimiz zarur.

Ochigi, hududlarda bundan bir necha on yillar avval barpo qilingan uylar yoki xizmat korsatish obektlari ham mavjud. Ular qishlogu mahallalarimizning korkini buzib turganligi bor haqiqat. Prezidentimiz ushbu muammolarning yechimiga qaratilgan Renovatsiya dasturini ishlab chiqish taklifini berdi. Mazkur dasturda eskirib qolgan uylar orniga zamonaviy uylar qurish loyihasini ishga tushirish, odamlarni tugilib osgan, kindik qoni tokilgan joydan uzoqlashtirmaslik nazarda tutilyapti.

Davlatimiz rahbari har bir maruzasida rahbar talabchan bolish bilan birga, mudom xalq dardi, odamlar tashvishi bilan yashashi kerakligi, haqiqiy rahbar, haqiqiy yetakchi odamlarning bardoshini sinash uchun emas, balki ularga munosib shart-sharoit yaratib berish, ogirini yengil qilish uchun rahbar etib tayinlanishini bot-bot takidlaydi. Barcha bogindagi rahbarlar ozining odob-axloqi va madaniyati bilan hammaga ornak va namuna bolishi kerakligini uqtiradi. Murojaatnomada yana bir bor rahbarlik masuliyatiga etibor qaratildi, rahbarlar vaqt talablariga toliq javob berishi, sohaga ozgarishlar kirita olishi, deputatlarga tolaqonli hisobot berishlari kerakligi takidlandi.

Murojaatnomadan dastlabki xulosa shuki, parlament vakili va siyosiy partiya yetakchisi sifatida oldimizda katta vazifalar turganini yanada chuqurroq his etdik. Faoliyatimizni olib borishda tanqidiy tahlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik kundalik qoidamizga aylanishi lozim. Shulardan kelib chiqqan holda, parlamentdagi partiya fraksiyasi va mintaqaviy partiya tashkilotlarimiz aholi, xususan, partiyamiz elektorti bolgan ijtimoiy yordamga muhtoj kishilar uchun munosib hayot sharoitini taminlash, ushbu jarayonda kamchiliklardan koz yummay, ularni samarali hal qilish boyicha puxta takliflar ustida ishlashimiz, muhimi, qatiyat va talabchanlik korsatishimiz zarur.



Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: