O'zb  
 
29.12.2018

OZBEKISTON PREZIDENTINING QIRGIZISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Qirgiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, ezgu tilaklar bildirdilar.

Prezidentlar ozaro manfaatli hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi hamda mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Songgi bir yilda Ozbekiston – Qirgiziston munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga kotarilib, aniq amaliy mazmun bilan boyigani qayd etildi.

Hamkorlik barcha yonalishlarda faollashdi. Mamlakatlarimiz Bosh vazirlari raisligida joriy yil mart va dekabr oylarida Fargona va Osh shaharlarida Ozbekiston va Qirgiziston chegaradosh hududlari rahbarlari kengashining majlislari otkazildi. May oyida Parlamentlararo hamkorlik boyicha komissiyaning birinchi uchrashuvi bolib otdi.

Ozaro savdo hajmi ortib, elektrotexnika, qurilish materiallari sanoati va boshqa sohalarda qoshma kooperatsiya loyihalari amalga oshirildi.

Andijon-Osh-Irkishtom-Qoshgar xalqaro avtotransport yolagi faoliyat yuritmoqda, Ozbekiston-Qirgiziston-Xitoy temir yol liniyasini qurish loyihasi birgalikda tayyorlanmoqda.

Toshkent va Samarqandda Qirgiziston madaniyati va san’ati kunlari muvaffaqiyatli otkazildi. Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini nishonlash doirasida mamlakatimiz hududlarida tantanali tadbirlar tashkil etilmoqda.

Osh shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy nomidagi maktab joriy yil kuzida ilk oquvchilarini oz bagriga olgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Muloqot songgida davlat rahbarlari mamlakatlarimiz ortasida dostlik, yaxshi qoshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, kop qirrali ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish borasida intilishlari qatiy ekanini takidladilar.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: