O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
29.12.2018

OZBEKISTON PREZIDENTINING TOJIKISTON PREZIDENTI BILAN TELEFON ORQALI MULOQOTI TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, ezgu tilaklar bildirdilar.

Kop qirrali sheriklikni mustahkamlashning istiqbolli yonalishlari va aniq loyihalari, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar korib chiqildi.

Ozbekiston – Tojikiston munosabatlari rivoji goyat jadal sur’at kasb etgani hamda strategik sheriklik darajasiga kotarilgani alohida qayd etildi.

Bunga, avvalo, Ozbekiston va Tojikiston rahbarlarining joriy yilda bolib otgan tarixiy davlat tashriflari yakunlarida erishilgan kelishuvlar asos boldi.

Ozaro vizasiz tartib joriy etildi, davlat chegaralaridagi barcha otish punktlari faoliyati qayta tiklandi. Chegaradosh hududlar ortasida muntazam almashuvlar yolga qoyildi.

Bosh vazirlar raisligida qoshma Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda.

Davlat rahbarlari ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi sezilarli oshganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. Elektr energiyasi va tabiiy gazni barqaror yetkazib berish borasida ozaro manfaatli hamkorlik amalga oshirilmoqda, ozaro avtomobil qatnovi va aviaparvozlar muntazam yolga qoyildi.

Prezidentlar madaniy-gumanitar muloqot izchil kengayib borayotgani, Ozbekiston va Tojikistonda otkazilayotgan turli tadbirlarda mamlakatlarimiz ijodiy jamoalarining muntazam ishtirok etayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Toshkent va Dushanbeda «Dostlik kechalari» muvaffaqiyatli otkazilgani mamlakatlarimiz va xalqlarimiz madaniy va manaviy yaqinligining yorqin ifodasi boldi. Dushanbe va Samarqandda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari ornatildi.

Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon mamlakatlarimiz ortasidagi kop asrlik dostlik, yaxshi qoshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini Ozbekiston va Tojikiston xalqlari farovonligi yolida bundan buyon ham kengaytirish va mustahkamlash borasida intilishlari qatiy ekanini takidladilar.

Muloqot songgida Prezidentlar yana bir bor bir-birini tabriklab, Yangi yilda qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: