O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.12.2018

ANIQ AMALIY ISHLAR BOSHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida bolib otgan Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi ta’sischi davlatlar rahbarlari majlisidagi nutqidan:

— Orol dengizining qurishi muammosi bizning mintaqaviy faoliyatimiz kun tartibida alohida orin tutadi bu bizning umumiy fojiamizdir. Uning salbiy oqibatlari, afsuski, tobora chuqurlashmoqda... Biz umumiy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda, ushbu fojia oqibatlarini bartaraf etish va Orolboyidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, mintaqaning suv va ekologiya bilan bogliq muammolariga yechim topish boyicha barcha say-harakatlarimizni birlashtirishimiz lozim.

Bu yil Qoraqalpogiston ahlini quvontiradigan voqealar kop boldi. Kuni kecha Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish maqsadida suvi qurigan maydonlarda himoya ormonzorlarini barpo etish ishlariga kirishildi. Yana bir xayrli tashabbus royobga chiqa boshladi.

Otgan yillar davomida Orolning qurib qolgan hududida saksovul va shorxoklikka chidamli boshqa osimliklardan iborat 490 ming gektarga yaqin butazorlar barpo etildi. Ushbu ishlarning keng kolamli davomi sifatida Orol dengizi tubidagi suvi qurigan maydonlarda shamol tasirida yuzaga keladigan kuchli qum, tuz va chang boronlarini kamaytirish, qum kochishini bartaraf etish, mintaqada ekologik holatni yaxshilash maqsadida 2019-2021 yillarda jami 500 ming gektar, shundan 2019 yilda 100 ming, 2020 yilda 160 ming, 2021 yilda 240 ming gektar «Yashil qoplamalar» himoya ormonzorlarini barpo etish belgilangan.

Hozirda ushbu keng qamrovli tadbirga saksovul osimligini ekish uchun 200 taga yaqin har xil turdagi texnika, transport va mexanizmlar, shuningdek, 2000 nafarga yaqin ormon xojaligi va boshqa ixtisoslashgan xodimlar jalb etilmoqda.

Mazkur tadbirlar Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 15-16 noyabr kunlari Qoraqalpogiston Respublikasiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari asosida amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda ekologik muvozanatning buzilishi insoniyat hayotiga jiddiy xavf tugdirayotgani, turli transchegaraviy muammolarni keltirib chiqarayotgani kopchilikka malum. Shu manoda tabiatga munosabatimizni jiddiy tartibga keltirish, ekologiya va atrof-muhit musaffoligini taminlash maqsadida tizimli say-harakatlar olib borish zamonning otkir talabiga aylandi.

Oddiy bir misol: bugungi kunda yer yuzidagi 8 milliardga yaqin aholining 1,5 milliard nafari toza ichimlik suviga muhtoj, 2,3 milliard nafar odam sanitariya holati talab darajasiga javob bermaydigan suvdan foydalanishga majbur bolmoqda. Yana bir muammo, dunyo aholisining har 10 nafaridan 4 nafari toza ichimlik suvi yetishmaydigan hududlarda yashamoqda.

Malumotlarga qaraganda, transchegaraviy daryolarning 155 tasi ikki, 100 dan ortiqrogi esa uch yoki undan koproq davlatlar hududidan otadi. Shu orinda transchegaraviy havzalar Yer yuzasining 45,3 foizini qamraganini, bunday hududlarda sayyoramiz aholisining qariyb 40 foizi istiqomat qilishini alohida takidlash orinlidir.

Joriy yil 24 avgustda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Turkmanistonning Turkmanboshi shahrida bolib otgan Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi tasischi davlatlar rahbarlari majlisida qoygan masalalari katta ahamiyatga ega boldi. Ushbu keng qamrovli nutqda bugungi kunda Markaziy Osiy davlatlari hududidagi global ekologik muammo va bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijalari tahlil qilindi, kelgusi yillar uchun eng muhim chora-tadbirlarni belgilab olish dolzarb vazifa ekani alohida korsatib berildi.

Alohida takidlash joizki, bugungi kunda Markaziy Osiyo mamlakatlari Prezidentlari bir-birlari bilan juda yaxshi munosabatda bolib, ushbu yaqinlik Markaziy Osiyo davlatlaridagi transchegaraviy suv bilan bogliq muammolarni ijobiy hal etishga katta turtki bolmoqda.

Prezidentimiz Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi asoschilari bolgan davlatlar rahbarlarining qariyb on yillik tanaffusdan keyin otgan tarixiy majlisi mazkur tashkilot faoliyatida yangi sahifa ochayotgani, Markaziy Osiyo mintaqasidagi ozaro hamkorlik yangi bosqichga kotarilganini alohida etirof etgan edi.

Yuqoridagi fikr va goyalarga tayanadigan bolsak, qoraqalpogistonlik yurtdoshlarimizni quvontiradigan, ularning turmush sharoitidagi qiyinchiliklarni yengillashtiradigan, kelajakka umidni mustahkamlashga undaydigan quvonchli voqealar kelgusi yillarda yanada kopayadi, deb oylayman. Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish boyicha Ozbekiston ilgari surayotgan taklif va tashabbuslar, shu bilan birga, aniq amaliy ishlar Orol hududida ekologik holatni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishi muqarrar.

Jumanazar XOLMOMINOV,

Toshkent davlat yuridik universiteti Ekologiya va agrar huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlari doktori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: