O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.12.2018

OLIY TALIM: SIFAT VA SAMARA

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash, bilimli yoshlarni strategik sohalarga jalb etish masalalariga bagishlab otkazilgan yigilishda alohida takidlanganidek, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlar tayyorlashimiz kerak. Kelajagimiz, ertangi kunimiz bu masalani bugun qanday hal qilishimizga bogliq...

Bu yuksak vazifa oz-ozidan mamlakatimizdagi oliy talim muassasalari va ularda faoliyat korsatayotgan professor-oqituvchilar zimmasiga yuklatiladi.

Bugun son emas, sifat soralayotgan, aniqrogi, talab qilinayotgan bir paytda oliy oquv yurtlari ilmiy salohiyati bosh masalaga aylandi. Chunki faqat ilm-fan rivoji vositasida bugun hayot oldimizga qoyayotgan muammolarni bartaraf etish mumkin.

Buning uchun avvalo xalqaro tajribalarni organish va tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, chet tilini bilish, tor qobiqlardan chiqib, jahon talim va fan tizimiga integratsiyalashish zarur.

Dunyo ilm-fani yutuqlaridan xabardorlik, xalqaro talab va standartlarni qabul qilish, ilm-fan rivojlangan markazlarda yoshlarni oqitish, tayyorlash, hamkorlikda ilmiy loyihalarda ishtirok etish, jahon miqyosida tan olingan olimlarni Ozbekistonga taklif etish, ularning ilmiy imkoniyatlaridan foydalanish, xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar elon qilish kabi dolzarb masalalar ustida ishlashimiz, tezroq natijaga erishishimiz kerak.

Bu borada bugun Fargona davlat universitetida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Shuni alohida takidlash orinliki, universitetimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasining Fargona mintaqaviy filiali hamda «Latviyaning Axborot tizimlari menejmenti Oliy maktabining Fargona shahridagi filialini tashkil etish togrisida»gi qarori bilan ushbu oliy talim muassasasi filialining ochilishi Fargona davlat universitetining nufuzini yanada yuksaltirdi.

Bu boradagi ishlar natijasida universitet tashkiliy tuzilmasiga tegishli ozgarishlar kiritilib, fakultetlar soni 9 tadan 11 taga, kafedralar soni 27 tadan 36 taga yetkazildi, 2018-2019 oquv yilidan 37 bakalavriat talim yonalishi hamda 21 magistratura mutaxassisliklari boyicha kadrlar tayyorlanishi yolga qoyildi.

Pedagogika-psixologiya, musiqa talimi, maktabgacha talim, zootexnika (asalarichilik), amaliy matematika va informatika, agronomiya (anorchilik) kabi 6 yangi yonalish ochilib, maktabgacha va boshlangich talim hamda zootexnika fakultetlari tashkil etildi.

Joriy yilda universitetimizning 20 nafar tadqiqotchisi fanlar boyicha falsafa doktori (PhD), 3 nafari fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga erishdi.

Shuningdek, universitet huzurida 2 (filologiya, kimyo) falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyat olib borib, ularda 40 dan ortiq falsafa fanlari boyicha doktorlik dissertatsiyalari (PhD) himoya qilindi. 2018 yil sentabr oyidan boshlab filologiya fanlari boyicha Ilmiy kengash falsafa fanlari boyicha doktorlik (PhD) hamda fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish vakolatiga ega boldi.

Universitet iqtidorli talabalaridan 4 nafari nomdor Davlat stipendiyalari, jumladan, 3 nafari Alisher Navoiy va 1 nafari Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori boldi.

Prezidentimiz qaroriga muvofiq, 2018-2019 oquv yili uchun universitetdagi 34 talim yonalishiga 2050 qabul kvotasi ajratildi. Joriy oquv yili qabulida universitetimizga 33762 nafar abituriyent hujjat topshirib, 1oringa ortacha 11 kishi davogarlik qildi. Mazkur korsatkichlar boyicha Fargona davlat universiteti respublika oliy oquv yurtlari ichida oldingi orinlarni band etdi.

Shuni ham alohida takidlash zarurki, universitetimizda ijodiy imtihonlarni ota-onalar va jamoatchilik yordamida adolatli, shaffof otkazishga jiddiy etibor qaratildi. Natijada birgina musiqa yonalishiga 40 nafar iqtidorli talaba qabul qilindi. Hozirda ushbu talabalardan iborat universitet ansambli tashkil etildi. Shuningdek, jismoniy madaniyat yonalishiga 120 nafar (ulardan 20 nafari Ozbekiston, Osiyo va jahon chempionlari) talaba qabul qilindi.

Bundan tashqari, universitetda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan akademiklar, oz sohasi boyicha ilm-fan rivojiga munosib hissa qoshgan, ilmiy maktab yaratgan taniqli olimlarning yorqin va porloq xotirasini abadiylashtirish, ilmiy meroslarini targib qilish, iqtidorli talaba-yoshlar ortasida ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy maktablar ananalarini munosib davom ettirish maqsadida stipendiyalar tasis etildi.

Universitet ilmiy kengashi qaroriga muvofiq, 6 nafar iqtidorli talabamiz akademik Avliyoxon Muhammadiyev, akademik Ganijon Abdurahmonov, Ozbekiston qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidov, Ozbekiston xalq artisti Tavakkal Qodirov hamda yurtimiz sarhadlarini himoya qilishda mardlik va jasurlik korsatgan Bobur Ganiyev nomidagi universitet stipendiyalariga sazovor boldilar.

Fargona davlat universiteti xorijdagi 36 oliy talim muassasasi bilan hamkorlik boyicha shartnoma va memorandumlar imzolagan.

Universitetning oquv, ilmiy jarayonlariga 25 mamlakatdan professor-oqituvchilar jalb qilindi hamda universitetimizning 18 nafar professor-oqituvchisi malaka oshirish, 2 nafari magistraturaga xorijga yuborildi. Bu hamkorliklar universitetda talim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Ravshan MAQSUDOV,

Fargona davlat universiteti rektori.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: