O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
27.12.2018

OZBEKISTONNING IBRATLI TASHABBUSLARI

2018 yil 12 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan «Ma’rifat va diniy bagrikenglik» togrisidagi rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi. Bu goyani BMT Bosh Assambleyasining 2017 yil sentabr oyida bolib otgan 72-sessiyasida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taklif etgan edi.

Rezolyutsiyaning asosiy maqsadi fuqarolarning talim olish huquqini taminlash orqali dunyoda savodsizlik va jaholatga barham berish, bagrikenglik, ozaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni, etiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yol qoymaslikka komaklashish kabi fundamental umuminsoniy tamoyillarning dunyoviy ustuvorligiga erishishga qaratilgan. Ushbu xalqaro aktning mazmun-mohiyati BMT doirasida qabul qilingan eng muhim hujjatlar, jumladan, BMT Nizomi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Din yoki etiqodlar zamiridagi murosasizlik va kamsitishlarning barcha shakllarini bartaraf etish togrisidagi deklaratsiya kabi xalqaro hujjatlarga toliq hamohangdir.

Ozbekiston tashabbusi BMT azolari tomonidan mutlaq yakdillik bilan qollab-quvvatlangani quvonchli hol, albatta. Masalaning yana bir etiborli jihati shundaki, ellikdan ortiq davlatlar, jumladan, islom dinining ona diyori — Saudiya Arabistoni ham mamlakatimiz taklif etgan hujjatga hammuallif bolish istagini bildirdi. Tarixdan xabardor kishilar bunday voqea oxirgi yuz yilliklar davomida ilk bor kuzatilayotganini yaxshi tushunadilar. Demak, Ozbekiston tashabbusi bilan qabul qilingan hujjatning olamshumul ahamiyati yanada oydinlashadi.

Takidlash lozimki, bugungi ziddiyatlarga tola tahlikali zamonda biron-bir masalada xalqaro hamjamiyatning mutlaq yakdilligiga erishish deyarli imkonsiz bolib qoldi. Din bilan bogliq masalalarda esa bu jihat undan-da qiyinroq. Bunga koplab misollar keltirish mumkin. Pravoslav xristianlar dunyosida sodir bolayotgan va tobora chuqurlashib borayotgan bolinish, shuningdek, musulmon dunyosida ham kuzatilayotgan ayrim ixtilofli vaziyatlar bu fikrni tasdiqlab turibdi. Ana shunday sharoitlarda diniy qadriyatlarga bevosita daxldor masala boyicha Ozbekiston tomonidan taklif etilgan hujjatning xalqaro miqyosda mutlaq yakdillik bilan qollab-quvvatlangani ibratlidir.

Ozbekiston rahbari tashabbusining xalqaro hamjamiyat tomonidan qizgin qollab-quvvatlangani tasodifiy hol emas, albatta. Bunday hamfikrlikni taminlagan bir necha jihatlarni izohlash orinli. Birinchidan, rezolyutsiyada bugungi dunyo uchun eng muhim bolgan hayotiy masalalardan bir-biriga uzviy bogliq bolgan ikkitasi marifatni rivojlantirish zarurati hamda turfa dinlar va millatlardan iborat xalqaro hamjamiyatda bagrikenglik qadriyatlar barcha mamlakatlar manfaatlariga mos tarzda oz ifodasini topishi. Ikkinchidan, ushbu masalaning, bugungi zamon taqozo etayotgan bir vaqtda, xalqaro hamjamiyat etiboriga havola qilingani. Uchinchidan, mazkur hassos hayotiy goya xalqaro hamjamiyat azolari etiroziga sabab bolmaydigan shaklda rasmiylashtirilganidir.

Fursatdan foydalanib, yana bir masalaga diqqatni jalb etishni istar edik. Marifat va diniy bagrikenglik rezolyutsiyasi oxirgi bir yil davomida Ozbekiston tashabbusi bilan BMT tomonidan qabul qilingan ikkinchi xalqaro hujjatdir. Bundan oldinroq, yani 2018 yilning 22 iyun kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi majlisida Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni taminlash boyicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash rezolyutsiyasi qabul qilingan edi. Uning loyihasi Ozbekiston tomonidan Markaziy Osiyodagi qoshni mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgani yaxshi malum. Ushbu hujjat ham BMTga azo barcha davlatlar tomonidan bir ovozdan qollab-quvvatlandi. Aytish orinliki, bu tashabbus ham Ozbekiston rahbarining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan. Mazkur goya keyinchalik BMT shafeligida 2017 yilning noyabrida Samarqandda otkazilgan Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yolidagi hamkorlik mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi Prezidentimiz nutqida yanada chuqurroq asoslantirilgani yaxshi malum. Mintaqa davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokidagi mazkur konferensiya yakunlari boyicha BMTning yuqorida zikr etilgan Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligini taminlash va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash borasidagi say-harakatlarni qollab-quvvatlashga doir maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklif etilgani barchamizga malumdir, ehtimol. Oshanda Ozbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari nomidan BMTga kiritilgan rezolyutsiya loyihasi qisqa muddat ichida tolaqonli xalqaro huquqiy hujjatga aylandi.

Takidlash joizki, keyingi ikki yil davomida Ozbekistonda diniy-manaviy sohada sodir bolayotgan tub ozgarishlar xalqaro hamjamiyatning etiborini jalb qilib, uning etirofiga sazovor bolmoqda. Pirovardida, Ozbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabat tubdan ijobiy tomonga ozgarmoqda. Qisqa muddat ichida Prezident Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan bir emas, ikkita tashabbusning BMT tomonidan qollab-quvvatlangani buning yaqqol isbotidir.

Bayon etilganlardan chiqadigan mantiqiy xulosa shuki, davlatimiz rahbarining faol tashabbuskorligi har bir fuqaro uchun ibrat maktabi bolishi kerak. Modomiki, Prezidentimiz say-harakatlari tufayli xalqaro hamjamiyatning Ozbekistonga bolgan munosabati jadal ozgarib borayotgan ekan, biz barchamiz bu kabi hayotbaxsh jarayonlardan tashqarida qolishimiz mumkin emas.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tasis etilgan Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi ham mamlakatimizda kechayotgan tub ozgarishlar, ayniqsa, diniy-manaviy jarayonlarning faol ishtirokchilari qatorida bolishga intilmoqda. Bunda dunyomiz taraqqiyotining oziga xos jihatlaridan biri izchil kengayib borayotgan globallashuv fenomeni diniy-manaviy hayotni ham qamrab olayotgani muntazam etiborimizda bolishi shart. Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi zimmasiga yuklangan masuliyatli vazifalarning sifatli ijrosi xalqaro ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantirish bilan uzviy bogliq ekanini yaxshi idrok etamiz. Shunga muvofiq, akademiya faoliyati boshlangan paytdan buyon otgan qisqa davrda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan qator diqqatga sazovor ishlar amalga oshirildi. Jumladan, Misrning Al-Azhar, Ayn Shams universitetlari, Hivor ilmiy-tahliliy markazi, Turkiyaning Zaym, Saljuq, Ibn Xaldun va Kastamonu, Indoneziyaning Sulton Sharif Qosim va Sahid, Malayziyaning Islom fanlari universitetlari, Saudiya Arabistoni Podshohligi, BAA, AQSh, Germaniya, Xitoy, Avstraliya, Rossiya va Qozogiston kabi mamlakatlarning turdosh oliy talim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda yetakchi islomshunoslari bilan hamkorlik yolga qoyildi.

Joriy yilning oktabr oyida Misr Bosh imomi, Al-Azhar majmuasi rahbari, shayx Ahmad Muhammad Tayyib boshchiligidagi delegatsiya Ozbekiston xalqaro islom akademiyasida boldi. Uchrashuvda ozaro hamkorlik yonalishlari belgilab olindi. Mazkur hamkorlik doirasida misrlik mutaxassislar ozbekistonlik talabalarga arab tilidan dars bermoqda.

Akademiya jamoasi 2019 yilda ham xalqaro hamkorlikni kengaytirishga alohida etibor qaratishni rejalashtirmoqda. Jumladan, Misr Arab Respublikasiga borishi rejalashtirilayotgan Ozbekiston delegatsiyasi tarkibiga akademiya vakillari ham kiritilgan. Bolajak ziyorat davomida Misrning yana bir qator nufuzli oliy talim, manaviy-marifiy va ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yolga qoyish maqsad qilingan.

Zahidullo MUNAVVAROV,

Ozbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedra mudiri,

siyosiy fanlar doktori, professor.

OzA


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: