O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
25.12.2018

BITTA ODAMNING ISHLI BOLISHI ONTA MUAMMONING OLDINI OLADI

Boymurod YUSUPOV, O‘zbekiston XDP Markaziy Kengashi bolim boshligi:

— Mamlakatimiz Prezidenti Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasida aholi bandligini taminlash va ishsizlikni kamaytirish boyicha kechiktirib bolmaydigan zarur choralar korishimiz lozimligiga alohida etibor qaratdi. Bugungi kunda mehnat bozorini organish, Oliy va orta maxsus talim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birga iqtisodiyotning real sektoridagi talabni 10-15 yil oldin prognoz qilib, shunga qarab mutaxassis tayyorlash choralarini korish zarurligi takidlandi.

Maruzada mehnat bozorini organish, haqiqiy ishsizlar sonini aniqlash, iqtisodiyotning norasmiy sektorida aholi bandligini organish, xorijga ish qidirib ketganlarni sonini aniqlash kabi haqli va adolatli savollar ortaga tashlandi.

Malumki, partiyamizning Saylovoldi dasturida mehnatga layoqatli aholining munosib haq tolanadigan ish topishga intilishini qollab-quvvatlash, ularning shaxsiy tashabbuskorligi va tadbirkorligini ragbatlantirish, mustaqil hayotga kirib kelayotgan yoshlarga, ularning ijtimoiy kelib chiqishidan qati nazar, kasb tanlash, talim olish va oquv muassasalarini bitirgach, albatta birinchi ish orinlariga ega bolishlari uchun adolatli, teng va ijtimoiy jihatdan maqbul shart-sharoitlarni yaratish belgilangan.

Ozbekiston Xalq demokratik partiyasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyati ustidan samarali parlament va deputatlik nazoratini yolga qoyish maqsadida hamkorlikda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Shunga muvofiq tarzda amaliy Harakat dasturida Ozbekiston XDP fraksiyasi tomonidan 2015-2019 yillarda nazorat-tahlil faoliyati doirasida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Ish orinlarini tashkil etish va aholi bandligini taminlash dasturi bajarilishi togrisidagi axborotini eshitish yolga qoyildi.

Bu jarayonda mehnat bozorida vaziyat murakkab bolgan tuman va shaharlar royxatini aniqlash, xizmatlar sohasini rivojlantirish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun «start-ap» loyihalarini amalga oshirish, Har bir oila tadbirkor hamda Yoshlar kelajagimiz davlat dasturlari doirasida sezilarli ishlar amalga oshirilishiga etibor qaratildi. Partiyaning mahalliy Kengashlaridagi guruhlari aholi bandligini taminlash hamda tijorat banklari tomonidan fuqarolarga oz ishini yolga qoyish uchun mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish borasidagi ishlarning ahvolini organdi. Shu asosda partiyamiz guruhlari tashabbusi bilan 37 ta masala maxalliy Kengashlarning sessiyalarida muhokama qilindi va mutasaddilarning 20 dan ortiq hisobotlari eshitildi.

Ammo, bu ishlarning aksariyati Kengashlar ish rejasida oldindan mavjud bolgan masalalardir. Elektorat manfaatlariga daxldor masalalarni vakillik organlari muhokamalariga olib chiqishda partiya guruhlarining tashabbuskorligi sezilmayapti.

Bu boradagi ishlar yetarli darajada muvofiqlashtirilmaganligi natijasida mamlakatimiz fuqarolarining chet elga norasmiy ravishda ish qidirib chiqib ketish holatlari davom etib, bugungi kunda yurtdoshlarimizning 1,3 millionga yaqini Rossiya Federatsiyasi, Qozogiston, Turkiya va boshqa mamlakatlarda norasmiy mehnat faoliyatini yuritishmoqda.

Norasmiy mehnat migratsiyasi, Ozbekiston bilan boshqa mamlakatlar ortasida kelishuvning yoqligi, fuqarolarimizning xorijiy davlatlarda huquqlari buzilishi, jumladan, ish haqini ololmasligi, zarur vaqtda tibbiy xizmatdan foydalana olmaslik, yashash sharoitlari va xavfsizligi taminlanmasligiga sabab bolmoqda. Bu yonalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, mehnat migrantlarining huquqlari kafolatini taminlash, mehnat migratsiyasiga doir xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida Harakatlar strategiyasiga muvofiq Xususiy bandlik agentliklari togrisidagi qonun qabul qilindi. Qonunga kora, fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish boyicha faoliyat bilan endilikda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan bir qatorda xususiy bandlik agentliklari ham shugullanishi mumkin. Qonunda ish qidirayotgan shaxslarni chet elda ishga joylashtirish boyicha xususiy bandlik agentliklari faoliyatini tartibga soluvchi meyorlar belgilandi.

Bundan tashqari, mehnat migrantlarining huquqlari kafolatini taminlash, mehnat migratsiyasiga doir xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida Koreya, Yaponiya, Polsha, Qozogiston va boshqa mamlakatlar bilan aloqalar ornatish boyicha kelishuv bitimlari tuzilmoqda.

Shu bilan birga, bandlik sohasidagi muammolarni hal etishda haligacha eskirgan ish shakllari va uslublaridan foydalanilmoqda. Mehnat bozoridagi haqiqiy vaziyatni buzib korsatish hollari saqlanib qolmoqda. Oliy va orta maxsus, kasb-hunar talimi muassasalarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishga yuzaki yondashuv holatlari uchramoqda.

Kasb-hunar kollejlari kasblar boyicha quruq diplom beradigan dargohga aylanib qolganligi ayni haqiqatdir.

Respublikaning mehnat bozoridagi vaziyat murakkab bolgan tumanlarda ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Kvotalangan ish orinlariga ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bolmagan fuqarolarni zahiralangan ish orinlariga toliq ishga joylashtirilishini taminlashda muammolar mavjud. Jumladan, aholi bandligini taminlash masalalarida joylarda mahalliy ijro hokimiyati organlari, davlat va xojalik boshqaruvi organlari, talim muassasalari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari va keng jamoatchilik ortasida ozaro hamkorlik va javobgarlik mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti.

Prezidentimizning 2017 yil 6 maydagi PQ-2960 sonli qaroriga muvofiq aholini ish bilan taminlash jarayonining samaradorligini oshirish uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy masuliyati oshirilishi belgilangan edi. Ammo kuzatishlar shundan guvohlik bermoqdaki, bugungi kunda bu tizim samarali ishlamayapti. Misol uchun, yangi tashkil etilgan barqaror ish orinlari sonining mehnat bozori talablariga mos kelmasligi muvozanat buzilishiga, respublikamizning ayrim mintaqalarida ishsizlik darajasining oshib ketishiga, noqonuniy mehnat migratsiyasi va norasmiy bandlikning osishiga olib kelmoqda.

Bu muammolarni bartaraf etish uchun nima qilishimiz kerak?

Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish, band bolmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirish boyicha chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, mehnat huquqlarini himoya qilish va mehnat muhofazasini kuchaytirish, davlat va xojalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining masuliyatini tubdan kuchaytirish talab etiladi. Buning uchun birinchi navbatda mahalliy Kengashlardagi partiyamiz guruhlari ish samaradorligini tubdan ozgartirishimiz lozim boladi.

Mehnat organlariga murojaat qilgan ishsizlarni ishga joylashtirishni taminlash, aholini mavsumiy ishlarga jalb etish ishlari yetarli darajada olib borilmayapti. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bolgan Jamoat ishlari jamgarmasi tashkil etilgan bolib, uning asosiy vazifasi vaqtinchalik band bolmagan aholining mavsumiy ishlarda ishtirok etishini moliyalashtirish hisoblanadi. Ammo bu borada amalga oshirilayotgan ishlar kutilganidek emasligi joylardagi organishlarda ayon bolmoqda.

Xulosa ornida shuni aytish kerakki, ishsizlar huquqlarini himoya qilish, ularga munosib turmush sharoitlari yaratish ota dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Bu ishga jiddiy yondashishimiz, ertaga muammolar yanada kopaymasligi uchun bugun astoydil harakat qilishimiz zarur.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: