O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
25.12.2018

FAOLLIK, FIDOYILIK BOR JOYDA OSISH, TARAQQIYOT BOLADI

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 21 dekabr kuni o‘tkazilgan navbatdan tashqari sessiyasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bilan bogliq dolzarb masalalar korib chiqildi. Ushbu sessiyada Prezidentimiz nutq sozlab, poytaxtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishi, erishilgan yutuqlar, muammolar va ularni hal etish yollari, kelgusidagi asosiy vazifalarga e’tibor qaratdi.

Davlatimiz rahbari poytaxtda amalga oshirilgan ishlar haqida gapirar ekan, 2017 yili yalpi hududiy mahsulot 5 foizga osgani, joriy yilda bu korsatkich 8,1 foizni tashkil etishi kutilayotgani, shuningdek, joriy yil yakuni boyicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 9,2 foiz, qurilish ishlari 11,6 foiz, xizmat korsatish 10,5 foizga osishini takidlab otdi. Poytaxtni yirik ishbilarmonlik va moliya markaziga aylantirish boyicha strategiya ishlab chiqish zarurligiga alohida etibor qaratildi.

Chindan ham, bugungi davrda iqtisodiyotga investitsiyalarni faol jalb etib, biznes uchun qulay sharoit yaratilgan shaharlar jadal rivojlanib bormoqda. Shundan kelib chiqib, kelgusida Toshkentni yuqori texnologik sanoat mahsulotlari ishlab chiqariladigan, bank, moliya, sugurta va boshqa zamonaviy xizmatlar korsatiladigan yirik xalqaro markazga aylantirish borasida fikrlar bildirildi.

Takidlash kerakki, bugun hayotga togri kelmaydigan baland-baland marralar qoyish davri otdi. Bugun barchani birdek harakatga keltirish, poytaxtda faol tadbirkorlik muhitini shakllantirish talab etiladi. Shahar ichini innovatsion hududga, atrofini sanoat zonalariga aylantirish, yangi-yangi loyihalarni amalga oshirish ana shu talabga mos ish boladi.

Shuningdek, sessiyada ijtimoiy soha, qurilish, kommunal tarmoqni rivojlantirish, aholi va sayyohlar uchun qulayliklar yaratish boyicha istiqboldagi vazifalar belgilab olindi.

Poytaxtda ijtimoiy muhitni yaxshilash, aholi turmush farovonligini taminlashga qaratilgan fikrlarni eshitar ekanman, nogironligi bolgan shaxslar, kam taminlangan oilalar, ogir turmush sharoitidagi xotin-qizlar va yoshlarni qollab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar bilan birgalikda hali yechimini kutayotgan qator masalalar borligini ich-ichimdan his etdim.

Otgan davr mobaynida nogironligi bolgan shaxslar, kam taminlangan oilalar vakillarining muammolarini organish, deputatlik nazoratini amalga oshirish jarayonida ularni uy-joy bilan taminlash borasidagi ijtimoiy muammolarga guvoh boldik. Hattoki, ayrim uylarning na kanalizatsiyasi, na boshqa sharoiti bor. Hech qanday sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitda yashayotgan koplab fuqarolarga amaliy yordam korsatildi. Biroq buning ozi yetarli emas. Zimmamizda turgan masuliyatli vazifalar oldida qilingan ishlar bir uchqun degan xulosaga keldim.

Sessiya davomida Davlatimiz rahbari mazkur yonalishdagi olib borilgan ishlardan qoniqmasligini aytib, tanqidiy fikrlarini bildirdi. Kelgusida amalga oshirilishi lozim bolgan vazifalarga alohida toxtalib otdi.

Oylaymanki, Toshkent shahrida allaqachon vazifasini otab bolgan eski turar-joylar orniga qulay sharoitga ega, xarid qilishda yengilroq shartlar qoyiladigan yangi uylar barpo etiladi. Ana shunda yana koplab bolalar munosib turmush muhitida kamolga yetadi. Xotin-qizlar esa rozgor tashvishlaridan ortib, oziga koproq vaqt ajratadi. Faol odamlar qancha kop bolsa, osish, taraqqiyot shuncha yuksaladi.

Haydar BOBOXONOV,

Ozbekiston XDP Toshkent shahar kengashi raisi, Toshkent shahar Kengashidagi partiya guruhi rahbari.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: