O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Aprel 2020   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 31 1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30 1 2 3
20.12.2018

JONINI QIYNAMAGAN DEPUTAT SOXTA OBROGA ALDANIB YURAVERADI

Deputat, deganda boshqalarning tashvishi bilan yashaydigan jonkuyar, adolatni hamma narsadan ustun qo‘yadigan shaxs koz oldimizga keladi. Ammo bugun aholi orasida deputatlarga nisbatan ishonchsizlik kayfiyati bilan qarayotganlar oz emas.

Nega shunday boldi? Xalqimiz tomonidan bildirilayotgan e’tirozlarga qaramasdan, jamiyat yoki muayyan hudud miqyosidagi muammolarni hal etishga qodir bolgan tashabbuslar nega yaqqol kozga tashlanmayapti?

Fikr hamda soz erkinligi keng quloch yozyapti. Shunday muhim paytda deputatlar orasida jim yurganlari oz emas. Ularning yangi fikr, yangicha dunyoqarash bilan ishlashi uchun nima tosqinlik qilmoqda? Qishloqdagi maktab oqituvchisi, korxonada ishlovchi injener, bogchadagi qorovul, yuzi chogdek qizargan novvoy, nafaqasini kutayotgan nuroniy, umuman olganda, har bir soha vakilining hayoti chin manoda ozgarishi, chinakam obod mahalla va obod qishloqlar barpo etilishi uchun deputatdan ortiq kim koproq tashabbus korsata oladi? Bugun oddiy xalq shaxsiy fikrini bayon qilish, oz hududi, oilasi yoki jamoasidagi kamchiliklarni aytishni burch, deb hisoblamoqda. Chunki muammolarni yashirgan bilan ularga yechim topilmaydi. Aksincha, vaqt otgani sayin hal etilishi qiyinlashadi.

Mahalliy Kengashlarga saylangan xalq vakili oziga ishonch bildirgan kishilar bilan bir hududda, bir mahallada qoshni bolib yashaydi. Har kuni kocha-koyda, turli davralarda uchrashadi, koz-kozga tushadi. Ishlayotgan, tashabbus korsatayotgan, eng kami bir kishining mushkulini oson qilgan xalq vakili boshini baland kotarib yurishi mumkin. Chunki sodda va tanti odamlarimiz kichik bir yaxshilikni ham umrbod yoddan chiqarmaydi. Har korganda rahmat aytib, ogirini yengil qilgan insonga yaxshilik ilinadi. Biroq ayrimlarni kopchilik bilmaydi.

Mahalliy Kengashlarga Ozbekiston Xalq demokratik partiyasidan 1882 nafar deputat saylangan. Bandlik, tibbiy va kommunal xizmatlar, pensiya taminoti, yoshlar va xotin-qizlar muammolarini organish, ularga yechim topish, xullas, eng ogir yukni kotarishga bel boglagan inson ushbu partiyadan saylangan deputat bolishi kerak, aslida.

Mahalliy Kengashlardagi ayrim deputatlar «och qornim — tinch qulogim» qabilida ish tutib, hududiy rahbarlarning gapini maqullash, qabul qilinayotgan qarorlarni qol kotarib tasdiqlash bilan cheklanmoqda. Qaror qabul qilish oson, lekin uning ijrosini taminlash masalasi qiyin. Kop hollarda qaror ijrosi esdan chiqib qoladi. Oqibatda muammo muammoligicha, murojaat murojaatligicha qolib ketmoqda.

Masuliyatsiz, ishyoqmas deputatlarga har doim bahona topiladi, hokim biladi, hokim buyuradiga otib oladi.

Masalan, xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashidagi Ozbekiston XDP guruhi tashabbusi bilan aholiga korsatilayotgan kommunal xizmatlarning ahvoli va kommunal xizmat korsatuvchi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boyicha olib borilayotgan ishlar organildi. Masala sessiyaga kiritilib, u yerda qabul qilingan qaror asosida hududdagi maktabgacha talim muassasalari suyultirilgan gaz bilan taminlandi. Tumandagi Changaron, Anjirbog, Paxtakor, Xolvagaron mahalla fuqarolar yiginlaridagi aholini toza ichimlik suvi bilan taminlash masalasi Obod qishloq dasturiga kiritilib, amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Ishlasa, natija bolishi haqida bu birgina misol. Bunday misollarni yana koplab keltirish mumkin.

Bizga berilgan malumotlarga kora, Buxoro viloyati, tuman va shahar Kengashlariga Ozbekiston XDPdan saylangan faol deputatlar 63, faoliyati orta deputatlar 32 nafarni tashkil qiladi. Qoniqarsiz ishlayotganlari esa 8 nafar. Jumladan, Peshku tumanidan Halim Fattoyev, Olot tumanidan Zokir Ollokov kabi deputatlar hatto ozi yashaydigan hudud, korxona, tashkilot azolarining turmush tarzi bilan ham qiziqmagan. Biror marta deputatlik sorovi yuborib, aholi murojaati bilan ishlash uchun ularda vaqt yetishmagan yoki xohish yoq.

Surxondaryo viloyatida 17 nafar deputat qoniqarsiz ishlayotganini aytishdi. Xususan, viloyat Kengashi deputati Xolmamat Normurodov, Husan Bozorov, Angor tuman Kengashi deputati Shodi Muhammadiyev, Denov tuman Kengashidan Toxtamurod Ganiyev, Oltinsoy tuman Kengashidan Komil Norqobilov va yana bir guruh xalq vakillari sustkashlikka yol qoyayotgan ekan.

Aholini oylantirayotgan muammolarni hal qilishga shoshmayotgan deputatlar haqida har bir hududdan misol keltirish mumkin. Lekin bu bilan vaziyat ozgarib qolmaydi.

Kimningdir faoliyatini baholash, aql orgatib, maslahat berish fikridan yiroqmiz. Asosiy maqsadimiz deputatlar saylovchilari oldida masul ekanini yana bir eslatib qoyish. Deputat faolligi, haqiqatgoyligi, kurashuvchanligi bilan odamlarga ornak korsatishi, bolaveradi, foydasi yoq, kunim otsa, boldi kabi qarashlarni bartaraf etish choralarini izlashi kerak. Qachonki, aholi saylangan deputatidan yaxshilik korsa, uning shijoatiga ishonadi, ortidan ergashadi.

Madaniyati, manaviyati, odamlarga gamxorligi bilan namuna bola oladigan, ularning olqishi va etirofiga sazovor rahbarlar safi kengayishi uchun kim koproq tashabbus korsatishi kerak? Hamma qonun asosida va qonun doirasida ishlab, yashashi kimlarga bogliq? Ochiq-oshkora demokratik jamiyat yaratish uchun hammadan koproq kim masul? Shu kabi savollar haqida oylaganimiz sari deputatlar, deputatlar, degan soz xayolga qayta-qayta kelaveradi.

Zilola UBAYDULLAYEVA,

Ozbekiston ovozi muxbiri.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: