O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
20.12.2018

BAHONING BEBAHO BAHOSI

Rustam XOLMURODOV, Samarqand davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor:

— Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mamlakatimizda zamonaviy kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash, bilimli yoshlarni strategik sohalarga jalb etish masalalariga bagishlab otkazilgan yigilish haqida matbuotda oqib, mutaxassis sifatida meni va hamkasblarimni oylantirib kelayotgan oliy talimdagi bazi bir masalalar haqida fikr yuritdim.

Oliy talim tizimida olib borilayotgan talim-tarbiya ishlarining samaradorligi mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijadorligini taminlaydigan asosiy omillardandir.

Keyingi ikki yilda oliy talim tizimida bizning konglimizni togdek kotaradigan bir qator ishlar boshlandi. Hech shubhasiz, qabul qilinayotgan qarorlar, farmonlar va ishlab chiqilayotgan nizomlar oliy talimning sifatini taminlashga qaratilgan.

Prezidentimizning «Oliy talim muassasalarida talim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taminlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisida»gi qarorida ham talim sifatini tizimli ravishda yaxshilab borishni taminlaydigan aniq vazifalar belgilab berilgan.

Oliy talimdagi islohotlar, ayniqsa, keyingi ikki yil ichida qabul qilingan yol xaritalari, talim sifatini kotarishga qaratilgan qator chora-tadbirlar oliy talimni oyoqqa turgazishga asos bolmoqda. Xususan, oquv rejalarini tubdan takomillashtirish, fan dasturlarini istemolchilar va mukammallashib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohalar talabiga tola muvofiqlashtirish zaruriyati paydo bolmoqda. Ayniqsa, oquv jarayonining adabiyotlar bilan qay darajada taminlanganligi va bunda xorijning yetakchi oliy talim muassasalari tajribasini inobatga olish, talimning innovatsion usullarini organish va amalda tatbiq etish, professor-oqituvchilarning xorijda malaka oshirish va turli muddatlardagi stajirovkasini taminlash, xorijning yetakchi professorlarini universitetlarimizga taklif qilib, mahorat darslari tashkil etish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni shaklan va mazmunan kengaytirish kabi masalalar dolzarb vazifalar etib belgilandi.

2018-2019 oquv yili uchun talabalar qabul qilishning yangi tartibi amalga oshirilayotgani islohotlarning tashkiliy va sifat jihatidan juda katta, zalvorli qadami boldi. Takidlash kerakki, yangi oquv yili boshlanishi bilan, birinchi darslardayoq otgan davrda qabul qilingan talabalar bilan bu yilgisining farqi yaqqol kozga tashlandi.

Yaqinda elon qilingan Oliy talim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi togrisidagi Nizom har jihatdan mukammal meyoriy hujjat bolib, uning tolaqonli ijrosi taminlansa, oliy talim sifatini jiddiy kotarish imkoniyati yaratiladi.

Biroq, amalga oshirilayotgan ishlar, korilayotgan chora-tadbirlar qatorida yana bir muhim omil borki, mening nazarimda, uni etiborga olmasdan mavjud muammoni hal etish amrimahol. Mamlakatga bugungi kunda va yaqin kelajakda oliy talimning sifatli natijasi zarur. Prezidentimiz kuni kecha mamlakatimizda zamonaviy kadrlarga ehtiyojni taminlash, bilimli yoshlarni strategik sohalarga jalb etish masalalariga bagishlangan yigilishda alohida takidlaganidek, zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlar tarbiyalashimiz kerak. Kelajagimiz, ertangi kunimiz bu masalani bugun qanday hal qilishimizga bogliq.

Davlat rahbari tomonidan vazifa aniq qoyilmoqda. Endi bosh masala bu yoldagi muammolarni bartaraf etishdan iborat.

Bu masalani men bahoning bahosi deb nomlagan bolardim. Bu muammoni tushunib yetish uchun oliy talim tarixiga nazar solmay ilojimiz yoq. Muammoning ildizlari shunchalik uzoqqa borib taqaladiki, uni tahlil qilmay, tegishli xulosalar chiqarmay, zaruriy yechimni topib bolmaydi. Ochiqroq aytadigan bolsak, gap oquvchiga, talabaga, uning mehnatiga, bilimiga nomuvofiq, oshirib baho qoyish haqida boryapti. Uzoq yillardan buyon (bir necha on yillar davomida) oquvchi va talabaning bilim darajasini oshirib baholash talim muassasasining ozlashtirish korsatkichini haqiqatdan uzoqlashtirdi. Sobiq shorolar davrida hatto kontingentni saqlab qolish degan bir yaramas tushuncha bor edi. Vazirlik kollegiyalarida oliy talim muassasalari rahbarlarining bunday korsatkich boyicha hisobotlari eshitilib, ayrim oliy talim muassasalari rahbarlariga jazo berilgan vaqtlar ham bolgan. Otgan asrning 70-80 yillarida boshlangan bunday notogri siyosat oqituvchilarni talabalar bilimini obektiv baholashdan uzoqlashtiribgina qolmasdan, oliy talim muassasalari mamuriyati bilan oqituvchilar ortasida malum ziddiyatlarga ham sabab boldi. U davrlarda oliy talim muassasasi oqituvchisi ancha prinsipial va talabchan edi. Lekin uzoq yillar davomida yuqoridan ? baho qoyilmasin, degan talab asta-sekinlik bilan oqituvchilarning prinsipial va talabchanligini sindirdi, ularning bunday holatga konikishlarini shakllantirdi. Talim muassasalarida haqiqatdan yiroq, puch va yolgon bolgan yuqori ozlashtirish korsatkichi berish odatga aylanib bordi va talimning qoshib yozish varianti paydo boldi. Bu illatning jamiyatga zarari iqtisodiy qoshib yozishdan ham uzoqroqqa boradigan yashirin shaklga kirdi va undan qutilish qiyin kechmoqda.

1990 yillarga kelib, oliy talim muassasalarida qabul rejalari qisqara boshladi. Bu esa, oz navbatida, oqituvchilarni ozlarining kontingentini saqlab qolishga undadi, chunki talabalar sonining qisqarishi oqituvchilarni toliqsiz shtat birliklariga tushib qolishiga olib keladi va ularning moddiy ahvoliga jiddiy tasir korsatadi.

Ikki baho qoymaslik va boshqa bir qator vaziyatlar oxir-oqibat yakuniy imtihonlarda ayrim oqituvchilarning talabalardan tamagirlik qilishlariga olib keldi. 2000 yillar boshlarida qabul rejasida muayyan osish boshlanishiga qaramay, otgan on yilliklarda talaba bilimini baholashdagi bu jiddiy kamchilik saqlanib qoldi va endi bu usul qabuldagi kamchiliklarni xasposhlash mexanizmiga aylandi. Shunday qilib, oliy talim muassasalarida otgan 35-40 yil davomida shakllangan talabalar bilimini baholashdagi nomutanosiblik ularni mustaqil bilim olishdan sovitdi, kitobga, kutubxonaga murojaat qilishdan qaytardi. Talaba qol uchida, yengil-elpi, nomigagina oqishga moslashdi. Bunday vaziyatga muayyan darajada oqituvchi ham konikdi. Muallim uchun umumiy bilim darajasi sayoz talabalar guruhida jiddiy tayyorlanib dars otish ehtiyoji oz ahamiyatini yoqota boshladi. Ayrim professor-oqituvchilar oz ustida umuman ishlamay qoydi.

Xullas, bugunga kelib talabaning joriy bilimi bahosi obektivlikdan yiroq bolib, bahoning asl bahosi pastlashib ketdi. Bunday salbiy muhit iqtidorli talabalarning ham tolaqonli talim olib, mamlakatning kadrlar elitasini toldirishlariga jiddiy tosqinlik qildi.

Prezidentimizning Oliy talim muassasalarida talim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taminlash boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi qarori ijrosi asosida qabul qilingan yangi Oliy talim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi togrisidagi nizom aynan shu kamchilikni bartaraf etishga qaratilgan bolib, uni oliy talim sifatini kotarishda muhim qadam, deb hisoblayman.

Yakuniy baholashning dars otgan muallim ishtirokisiz otkazilishi asta-sekinlik bilan talaba bilimi darajasini baholashning obektivligini taminlaydi. Nizom, tom manoda, oqituvchi faoliyatiga nisbatan talabni oshirish mexanizmini yaratadi va shu tariqa uning pedagogik masuliyatini ham oshiradi.

Talaba bilimini obektiv baholashni tarixan buzilgan holatidan bugungi talab va meyorga tolaqonli qaytarish oliy talim islohotining hal qiluvchi omili boladi. Lekin bu islohot omillari ichida talaba bilimini baholash eng ogriqlisi va jiddiy qarshilikka uchraydigani bolgani uchun uni birgalashib yengmasdan turib, talim sifatini oshirish, oquv rejalarini mukammallashtirish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, xorijlik professorlarni taklif etish va boshqa omillar samaradorligiga erishib bolmaydi. Zaxiradagi bu muhim omilni ham ishga sola olsak, Prezidentimiz say-harakatlarining natijalaridan biri sifatida nisbatan qisqa muddatda oliy talim sifatini yuqori darajaga kotarib, biz havas bilan qaraydigan xorijiy yetakchi universitetlar qatoridan munosib joy olishimizga ishonchim komil.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: