O'zb  
 

Oxirgi sonda



Ko'p o'qilgan maqolalar



Dolzarb mavzu



Maqolalar arxivi

«    Oktabr 2019   
Du Se Cho Pa Ju Sha Ya
30 1 2 3 4 5 6
7 8 9 10 11 12 13
14 15 16 17 18 19 20
21 22 23 24 25 26 27
28 29 30 31 1 2 3
18.12.2018

TINCHLIK VA BAGRIKENGLIK ULUGLANGAN TASHABBUSNI BMTGA AZO 193 DAVLAT BIR OVOZDAN QOLLAB-QUVVATLADI

BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan «Ma’rifat va diniy bagrikenglik» nomli maxsus rezolyutsiya qabul qilindi.

2017-2021 yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha Harakatlar strategiyasining beshinchi yonalishi diniy bagrikenglik va millatlararo totuvlikni taminlash masalasiga bagishlangani mamlakat Prezidenti va hukumatining xalqaro hujjatlarda belgilangan umuminsoniy vazifalarga yuksak etibor qaratayotganining namunasi hamdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 19 sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Marifat va diniy bagrikenglik deb nomlangan maxsus rezolyutsiya qabul qilish tashabbusi bilan chiqqani jahon hamjamiyatining diqqatini tortgan edi. Mazkur hujjat barchaning talim olish huquqini taminlash, savodsizlik va jaholatga barham berishga komaklashish, eng muhimi, bagrikenglik va ozaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taminlashga qaratilgani bilan etiborga molikdir.

Ushbu global chaqiriq, chorlov yangraganiga bir yildan sal koproq vaqt otdi. Shu muddat ichida bu ezgu tashabbusning nechogli dolzarb ekani, u ona sayyoramiz istiqboli uchun naqadar muhim ahamiyat kasb etishini butun dunyo xalqlari anglab yetishdi. Natijada joriy yilning 12 dekabr kuni BMT Bosh Assambleyasining yalpi sessiyasida Ozbekiston tomonidan taklif etilgan mazkur rezolyutsiya BMTga azo 193 ta davlat tomonidan bir ovozdan qollab-quvvatlandi. Nafaqat qollab-quvvatlandi, balki barcha qitalarning 50 dan ziyod mamlakati bilan hammualliflikda qabul qilindi. Bu — yuksak etirof.

Rezolyutsiyada marifatparvarlik goyasini ilgari surishga alohida etibor qaratilib, sayyoramizda xavfsizlik va tinchlikni mustahkamlash yolidagi integratsiya, ozaro hurmat, inson huquqlari himoyasi, murosa va ozaro anglashuvning nechogli muhimligi etirof etildi.

Ushbu hujjat barcha azo davlatlarning fikr, vijdon, din yoki etiqod erkinligini himoya qilish va ragbatlantirishga doir say-harakatlarini faollashtirishga undagani bilan ham ahamiyatlidir. Unda talim, ilm-fan, madaniyat vositasida millatlararo hamkorlikni kengaytirish orqali YuNESKOning dunyoda tinchlik va xavfsizlik ornatishdagi muhim roli etirof etiladi.

Bu hujjat bagrikenglik va ozaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni taminlash, etiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yol qoymaslikni taminlashga qaratilgan.

Esingizda bolsa, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari boyicha kengashining din va etiqod erkinligi masalasi boyicha maxsus maruzachisi Ahmad Shahid mamlakatimizda bolib, Ozbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, bagrikenglik va vijdon erkinligini taminlash, dinga etiqod qiluvchilarning huquqlarini himoya qilish boyicha amalga oshirilayotgan ozgarish va islohotlarni yuksak baholadi.

Yaqinda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 70 yilligiga bagishlab Inson huquqlari boyicha Osiyo forumining Samarqand shahrida otkazilgani ham mamlakatimizda din va vijdon erkinligi tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolatdir.

Yurtimizda keng qamrovli xalqchil islohotlar davri kechmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan barcha say-harakatlar asl mohiyati har bir Ozbekiston fuqarosining hayotdan rozi bolib yashashiga qaratilgan. Inson qadr-qimmati va shani yuksak darajaga kotarilgan. Zero, muqaddas dinimizda ham yaxshi fazilatlar uluglangan, insonning mushkulini oson qilish, mashaqqatini ketkazish eng savobli amal, deya qayd etilgan.

Bularning barchasi Ozbekiston dunyoviy demokratik rivojlanish yolini tanlagan mamlakat ekanidan, oz navbatida, barcha din vakillariga birdek etibor qaratilayotganidan dalolat beradi.

Rezolyutsiyaning qabul qilinishi natijasida endi BMTga azo davlatlarning talim muassasalarida dinning insonparvarlik mohiyati keng targib etiladi. Shuningdek, davlatlar malum majburiyatlarni ham oz boyniga oladi. Bu majburiyatlar nimalardan iborat desak, avvalo, din hech qachon zoravonliklar bilan bir qatorga qoyilmaydi, ekstremizm, terrorizm sozlari din bilan boglanmaydi. Chunonchi, Prezidentimiz oz nutqida aniq va tiniq aytib otgan ediki, islom terrorizmni qoralaydi, uni terrorizm bilan boglash mumkin emas.

Bugun muqaddas dinimizni niqob qilib olgan qora kuchlar insoniyatga qarshi jinoyatlarni avj oldirayotgan bir sharoitda bu chaqiriq chuqur oylangan, shuning barobarida yaqin tarixda yol qoyilgan xatolardan jiddiy xulosa qilingan holda aytilgan taklif boldi. Bu taklifning aynan bizning davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilishi esa mamlakatimiz buyuk marifatparvarlar yurti ekani, xalqimiz mudom marifatga oshnoligining yana bir isbotidir.

Endilikda BMTga azo davlatlar rezolyutsiyadan kelib chiqib, milliy va xalqaro ommaviy axborot vositalari, jumladan, Internet tarmogida keng kolamli targibot ishlarini yolga qoyishadi, bagrikenglik, zoravonlikka barham berish hamda din va etiqod erkinligiga doir marifiy axborot tarqatish kabi tegishli kommunikatsion strategiyani joriy etishadi. Bu, oz navbatida, dinning, jumladan, islom dinining asl mohiyatini, uning tinchlikparvarlik va ezgulikka asoslanganini targib etishga qaratilgan. Zotan, togri talqin qilingan etiqod faqat tinchlikni, odamiylikni uluglaydi.

Abror POLATOV,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boyicha qomita matbuot kotibi.


Fikr va mulohazalar

Spam bot protection (CAPTCHA)

Songgi yangiliklar: